Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 109.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana26.06.2023
Hajmi109.28 Kb.
#1655545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

xizmati to‘g‘risida NIZOM
I. Asosiy tushunchalar
II. Umumiy qoidalar
III. Avtomobilda tashuvchining
foydalanish xizmati
1-§. Yo‘lovchilar tashish jarayonida
foydalanish xizmatining vazifalari
2-§. Yuk tashish jarayonida
foydalanish xizmatining vazifalari
3-§. Foydalanish xizmatining tashkiliy
tuzilmasi
IV. Avtomobilda tashuvchining
texnika xizmati
1-§. Texnika xizmatining vazifalari
2-§. Texnika xizmatining tashkiliy
tuzilmasi
3-§. Texnik xizmat vositalari
4-§. Avtotransport vositasini saqlash
va yo‘nalishga chiqarish
5-§. Yo‘nalishda texnik yordam
ko‘rsatish
6-§. Avtotransport vositasini
yo‘nalishdan qabul qilib olish
V. Yakuniy qoida
Излаш



26.06.2023, 09:00
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1465567
2/6
javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kirituvchi tarkibiy
bo‘linma.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-
mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
II. Umumiy qoidalar
2. Foydalanish xizmati avtomobilda tashuvchi rahbariga bevosita bo‘ysunuvchi
foydalanish bo‘limi boshlig‘i tomonidan boshqariladi.
Avtotransport vositalari miqdori 150 tadan ortiq bo‘lgan taqdirda foydalanish xizmatini
avtomobilda tashuvchi rahbarining tashuvlarni tashkil etish va foydalanish bo‘yicha o‘rinbosari
boshqaradi. Korxona rahbari shtat tarkibiga alohida foydalanish bo‘limi boshlig‘i lavozimini
kiritish huquqiga ega.
3. Texnika xizmati avtomobilda tashuvchi rahbariga bevosita bo‘ysunuvchi ishlab
chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i tomonidan boshqariladi.
Avtotransport vositalari miqdori 150 tadan ortiq bo‘lgan taqdirda texnika xizmati rahbar
o‘rinbosari (bosh muhandis va ayni vaqtda ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i) tomonidan
boshqariladi. Korxona rahbari shtat tarkibiga alohida ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i
lavozimini kiritish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan
ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini
ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni
muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli
tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish
xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy
etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos
xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(4-band O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2016-yil 13-
dekabrdagi 48-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 1936-1, 16.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son,
576-modda)
5. Yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkor foydalanish xizmati va texnika xizmatini
foydalanish xizmati va texnika xizmati mavjud bo‘lgan korxonalar bilan shartnoma asosida
amalga oshiradi.

Download 109.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling