Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Foydalanish xizmatining tashkiliy tuzilmasi


Download 109.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana26.06.2023
Hajmi109.28 Kb.
#1655545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

3-§. Foydalanish xizmatining tashkiliy tuzilmasi
8. Foydalanish xizmati quyidagilardan tashkil topadi:
dispetchyerlar guruhi (bosh dispetcher va navbatchi dispetchyerlar);
yo‘nalishdagi xodimlar (yo‘nalish dispetcheri va nazoratchilar);
chipta sotuvchi kassirlar (yo‘lovchilarni tashishda);
avtotransport vositalari guruhlari boshliqlari (avtotransport vositalari miqdori 150 tadan
ortiq bo‘lganda).
9. Dispetchyerlar guruhi (bosh dispetcher va navbatchi dispetchyerlar):
AVTOMOBILDA TAShUVChINING
FOYDALANISh XIZMATI VA TEXNIKA
XIZMATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI
TASDIQLASh HAQIDA
Avtomobilda tashuvchining
foydalanish xizmati va texnika
xizmati to‘g‘risida NIZOM
I. Asosiy tushunchalar
II. Umumiy qoidalar
III. Avtomobilda tashuvchining
foydalanish xizmati
1-§. Yo‘lovchilar tashish jarayonida
foydalanish xizmatining vazifalari
2-§. Yuk tashish jarayonida
foydalanish xizmatining vazifalari
3-§. Foydalanish xizmatining tashkiliy
tuzilmasi
IV. Avtomobilda tashuvchining
texnika xizmati
1-§. Texnika xizmatining vazifalari
2-§. Texnika xizmatining tashkiliy
tuzilmasi
3-§. Texnik xizmat vositalari
4-§. Avtotransport vositasini saqlash
va yo‘nalishga chiqarish
5-§. Yo‘nalishda texnik yordam
ko‘rsatish
6-§. Avtotransport vositasini
yo‘nalishdan qabul qilib olish
V. Yakuniy qoida


26.06.2023, 09:00
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1465567
4/6
a) yo‘lovchi tashishda — avtobus, mikroavtobus, taksi harakatini tashkillashtirish,
harakatlanish jadvali va tartibini ishlab chiqish, tashuvlarni tezkor ravishda rejalashtirish,
avtotransport vositasini yo‘nalishga chiqarish jadvalining bajarilishi ustidan nazorat olib borish,
yo‘l varaqalarini rasmiylashtirish, berish, qabul qilish va tahlil qilish, yo‘nalish dispetchyerlarini
boshqarish, texnik yordam avtomobillarini yuborish, tashkilotlardan yo‘lovchilarni tashish
bo‘yicha buyurtmalar olish va ularni bajarish;
b) yuk tashishda — shartnomalar tayyorlash, tashuvlarga buyurtmalar qabul qilish, ularni
bajarishni tezkor ravishda rejalashtirish, yo‘l varaqalari hamda tovar-transport yukxatlarini
rasmiylashtirish, berish, qabul qilish va tahlil qilish, avtotransport vositasining yo‘nalishdagi
ishini boshqarish, texnik yordam avtomobillarini yuborish bilan shug‘ullanadi.
10. Yo‘nalishdagi xodimlar (yo‘nalish dispetcheri va nazoratchilar):
a) yo‘lovchi tashishda — avtobus, mikroavtobus, taksilarning yo‘nalishdagi harakatini
tezkor ravishda boshqarish, harakatlanish jadvali va tartibiga rioya etilishini nazorat qilib
borish, yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish, harakatlanishni nazorat qilish jurnalini yuritish,
tushumning to‘liq yig‘ilishini nazorat qilish;
b) yuk tashishda — yuklarni tashishga tayyorlash hamda avtotransport vositalari harakati
uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligini nazorat qilish, bajarilgan ishlar qaydnomasini
yuritishni amalga oshiradi.
11. Avtotransport vositalari guruhlari boshliqlari o‘z navbatida xavfsiz saqlanishi ustidan
nazoratni ta’minlaydi, avtotransport vositasining jadval asosida va jamlangan holatda
yo‘nalishga chiqarilishini kuzatib boradi, haydovchilar, ularga biriktirilgan harakat vositalari
hamda ish tartibini belgilash ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Download 109.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling