26.06.2023, 09:00
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1465567
4/6
a) yo‘lovchi tashishda — avtobus, mikroavtobus, taksi harakatini tashkillashtirish,
harakatlanish jadvali
va tartibini ishlab chiqish, tashuvlarni tezkor ravishda rejalashtirish,
avtotransport vositasini yo‘nalishga chiqarish jadvalining bajarilishi ustidan nazorat olib borish,
yo‘l varaqalarini rasmiylashtirish, berish, qabul qilish va tahlil qilish, yo‘nalish dispetchyerlarini
boshqarish, texnik yordam avtomobillarini yuborish, tashkilotlardan yo‘lovchilarni
tashish
bo‘yicha buyurtmalar olish va ularni bajarish;
b) yuk tashishda — shartnomalar tayyorlash, tashuvlarga buyurtmalar qabul qilish, ularni
bajarishni tezkor ravishda rejalashtirish, yo‘l varaqalari hamda tovar-transport yukxatlarini
rasmiylashtirish, berish,
qabul qilish va tahlil qilish, avtotransport vositasining yo‘nalishdagi
ishini boshqarish, texnik yordam avtomobillarini yuborish bilan shug‘ullanadi.
10. Yo‘nalishdagi xodimlar (yo‘nalish dispetcheri va nazoratchilar):
a) yo‘lovchi tashishda — avtobus, mikroavtobus, taksilarning yo‘nalishdagi harakatini
tezkor
ravishda boshqarish, harakatlanish jadvali va tartibiga rioya etilishini nazorat qilib
borish, yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish, harakatlanishni nazorat
qilish jurnalini yuritish,
tushumning to‘liq yig‘ilishini nazorat qilish;
b) yuk tashishda — yuklarni tashishga tayyorlash hamda avtotransport vositalari harakati
uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligini nazorat qilish, bajarilgan ishlar qaydnomasini
yuritishni amalga oshiradi.
11. Avtotransport vositalari guruhlari boshliqlari o‘z navbatida
xavfsiz saqlanishi ustidan
nazoratni ta’minlaydi, avtotransport vositasining jadval asosida va jamlangan holatda
yo‘nalishga chiqarilishini kuzatib boradi,
haydovchilar, ularga biriktirilgan harakat vositalari
hamda ish tartibini belgilash ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: