26.06.2023, 09:00
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1465567
3/6
z) yo‘l varaqalarini rasmiylashtirish, belgilangan
miqdorda texnik jihatdan soz, zaruriy
anjomlar bilan ta’minlangan avtotransport vositasini jadvallar asosida yo‘nalishga
yetkazib
turish, foydalanish xizmatiga oid hisob va hisobotni yuritish ishlari bo‘yicha dispetcherlik
xizmati faoliyati hamda chipta hisobchilari ishi ustidan nazorat olib boradi;
i) yo‘nalishlardagi chipta sotuvchilarni va haydovchilarni yo‘nalishga chiqishda chiptalar
bilan ta’minlanganliklarini hamda ish yakunida ular tomonidan tushumlarning topshirilishini
nazorat qiladi;
y) avtotransport vositasining yo‘nalishdagi ishini tezkor
dispetcherlik xizmati orqali
boshqaradi, shuningdek, yo‘nalishdagi nazoratni amalga oshiradi hamda yo‘nalishga
texnik
yordam avtomobillarining yetkazib berilishini tashkillashtiradi;
k) haydovchilar ustidan tegishlicha boshqaruvni (ishga jalb qilish,
avtomobillarga
biriktirish) amalga oshiradi hamda avtotransport vositasining ish jadvalidan kelib chiqqan
holda ularning ish tartibini belgilaydi;
l) yo‘nalishdagi bino va inshootlardan (avtoshohbekat, avtoboshbekat, to‘xtash joylari,
dispetcherlik punktlari) samarali foydalanishni ta’minlaydi, ularda shikoyat va takliflar
daftarlarining
mavjudligini nazorat qiladi, tushgan shikoyat va arizalarning qat’iy hisobini
yuritadi, shuningdek, ularni ko‘rib chiqib, tegishli muddatda javob qaytaradi;
m) yo‘lovchi tashish transportining uzluksiz ishlashini ta’minlovchi
boshqa turdagi
ishlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: