Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


IV. Avtomobilda tashuvchining texnika xizmati


Download 109.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana26.06.2023
Hajmi109.28 Kb.
#1655545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

IV. Avtomobilda tashuvchining texnika xizmati
1-§. Texnika xizmatining vazifalari
12. Texnika xizmati quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
a) yangi va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etgan holda, avtotransport vositasiga texnik
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlarini tashkillashtiradi hamda ish faoliyati, ta’mirlash
ishlari va texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar, uzel va agregatlar
miqdorining kamaymasligini, shuningdek, avtotransport vositasini o‘z vaqtida texnik jihatdan
soz holatda yo‘nalishga chiqarish uchun tayyorlanishini ta’minlaydi;
b) yo‘nalishda avtotransport vositasidan texnik jihatdan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat
qiladi, yo‘nalishda ish vaqtining texnik sabablarga ko‘ra yo‘qotilishini bartaraf etish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
v) avtotransport vositasini yo‘nalishdan qabul qilib olishni hamda uning tegishli joyda
saqlanishini tashkil qiladi;
g) foydalanish anjomlari uchun ketadigan sarf-xarajatlarni qisqartirish tadbirlarini
amalga oshiradi, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlaydi;
d) texnika xizmati sohasida kadrlar tayyorlash hamda texnik xizmat ko‘rsatishda band
bo‘lgan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha texnik o‘quv
kurslarini yo‘lga qo‘yadi;
e) texnik xizmat ko‘rsatishda zarur bo‘lgan bino va inshootlar, shuningdek, asbob-
uskunalar va jihozlardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladi;
j) texnik xizmat ko‘rsatish jarayonidagi jarohatlanish sabablarini o‘rganadi, ularni bartaraf
etish choralarini ko‘radi, texnika xizmatiga oid hisobot ishlarini olib boradi;
z) xavfsiz faoliyat ko‘rsatish va texnik vositalar bilan ta’minlanishga oid boshqa ishlarni
amalga oshiradi.
2-§. Texnika xizmatining tashkiliy tuzilmasi
13. Texnika xizmatining tashkiliy tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
garaj boshliqlari;
ustaxona boshliqlari;
ta’minot boshliqlari;
bino, inshoot va texnika vositalaridan foydalanish bo‘yicha mexaniklar;
navbatchi mexaniklar;
ishlab chiqarish va yordamchi uchastkalar ustalari.

Download 109.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling