Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Avtotransport vositasini saqlash va yo‘nalishga chiqarish


Download 109.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana26.06.2023
Hajmi109.28 Kb.
#1655545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

4-§. Avtotransport vositasini saqlash va yo‘nalishga chiqarish
19. Avtotransport vositasi usti yopiq bino ichida yoki avtotransport vositasining turishi
uchun maxsus ajratilgan ochiq maydonlarda saqlanishi mumkin.
Issiq turish joyiga birinchi navbatda yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalari joylanadi.
20. Avtotransport vositasi foydalanish xizmati va texnika xizmati o‘rtasidagi o‘zaro
kelishuv hamda korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida yo‘nalishga
chiqariladi.
21. Yo‘l varaqalari avtotransport vositasining texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi
ma’lumot olinganidan keyingina yozib beriladi.
5-§. Yo‘nalishda texnik yordam ko‘rsatish
22. Texnika xizmati yo‘nalishdagi nosoz avtomobillarga yordam ko‘rsatish maqsadida
texnik yordam ko‘rsatish avtomobilini jihozlaydi.
23. Texnik yordam ko‘rsatish avtomobili:
furgon tipidagi kuzov yoki soyabon bilan ta’minlangan bo‘lishi;
ichki chiroqlar hamda xodimlarga mo‘ljallangan o‘rindiqlarga ega bo‘lishi;
iskanjali ustachilik dastgohi bilan jihozlanishi, avtomobillarni yo‘nalishda ta’mirlash
uchun zarur asbob-uskunalar va moslamalar majmui, eng muhim ehtiyot qismlar,
shuningdek, xizmat ko‘rsatiluvchi avtomobillarni ko‘tarib turish imkonini beruvchi qurilmalar
bilan ta’minlangan bo‘lishi;
avtomobilni shatakka olib tortish uchun qattiq shatakka olish qurilmasi, tros, kerakli
asboblar hamda sirpanishga qarshi zanjirlar bilan ta’minlanishi;
yonilg‘i va moy quyish uchun qo‘shimcha baklar, shuningdek, yonilg‘i quyish uchun
jihozlarga ega bo‘lishi;
yong‘inga qarshi vositalar (o‘t o‘chirish asboblari, qum to‘ldirilgan qutilar), birinchi
yordam uchun dori qutisi hamda qorong‘ida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun qo‘shimcha
yoritish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
6-§. Avtotransport vositasini yo‘nalishdan qabul qilib olish
24. Avtotransport vositasini yo‘nalishdagi ish vaqti tugaganidan so‘ng qabul qilish
hamda korxonaga qaytarish jarayonida ularning butligi va raqam belgilari tekshiriladi hamda
nosozliklarni aniqlash maqsadida tashqi ko‘rikdan o‘tkaziladi. Avtotransport vositasini qabul
qilayotganda navbatchi mexanik yo‘l varaqasi va qayd etish daftariga spidometr
ko‘rsatkichlarini yozib qo‘yadi hamda qaytish vaqtini belgilaydi.
25. Tashqi ko‘rik navbatchi mexanik tomonidan haydovchi ishtirokida o‘tkaziladi.
Ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida:
a) zaruriy anjomlar, radiator ustki qoplami va kuzovning (kabina va platforma) tashqi
ko‘rinishi, ularning holati;
b) dvigatelning ishlashi;
v) moy, suv, tormoz suyuqligining oqib ketmayotganligi;
g) rul mexanizmining tortqilari va sharli birikmalar, tros, shlang va quvurlar, tormoz,
ramaning bo‘ylama to‘sinlari, ko‘ndalang to‘sin va ressoralar, shina, avtotirkamaning tirkash
moslamalari ahvoli tekshiriladi.
26. Ko‘rik natijalari asosida navbatchi mexanik zarurat tug‘ilganda, ta’mirlash ishlari
ro‘yxatini tuzib chiqadi. Avariya holatidagi shikastlanishlardan dalolat beruvchi nosozliklar
aniqlangan taqdirda, navbatchi mexanik dalolatnoma tuzadi.
27. Texnik nosozliklar tufayli avtotransport vositasi yo‘nalishdan vaqtidan oldin qaytsa,
navbatchi mexanik buning sababini aniqlashi, yo‘l varaqasining tegishli joyiga belgi qo‘yishi,
harakat tarkibining ta’mirdan o‘tkazilishini tashkillashtirib, uning yo‘nalishga qaytarilishini
ta’minlashi shart.

Download 109.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling