Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Yuk tashish jarayonida foydalanish xizmatining vazifalari


Download 109.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana26.06.2023
Hajmi109.28 Kb.
#1655545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1936-сон 06.04.2009. Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

2-§. Yuk tashish jarayonida foydalanish xizmatining vazifalari
7. Yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati
quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) avtomobilda tashuvchi xizmat ko‘rsatuvchi hududda mavjud yuk tashish aylanmasi
hamda yuklarning mavjudligi, ularni tashish yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib
chiqadi, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilar bo‘yicha tashish rejalarini ishlab chiqadi;
b) tashishlar uchun buyurtma va arizalar qabul qiladi, tashish bo‘yicha shartnomalar
tuzadi, shartnomaviy tariflarni kelishib oladi, tashish shartlari, shuningdek, alohida hollarda,
ortish-tushirish ishlarining ham bajarilishini tashkillashtiradi;
v) yukni jo‘natish va qabul qilish manzillarini o‘rganib chiqadi, ularning avtotransport
vositasini qabul qilishga hamda ortish-tushirish ishlarini amalga oshirishga tayyorgarligini
aniqlaydi, kirish yo‘llari, yoritilish darajasi, tarozxonasi, ortish va tushirish maydonining holatini,
yuklovchilar hamda ortish-tushirish mexanizmlari bilan ta’minlanganlik darajasini tekshiradi
hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi;
g) tashuvlarning oraliq masofasini tekshiradi, yuk beruvchining vakillari hamkorligida
ularni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiradi, oraliq masofalarning ro‘yxatini tuzadi;
d) avtotransport vositasining yo‘nalishga chiqish hamda korxonaga qaytish jadvalini
tuzadi;
e) avtomobilning yuksiz qatnovi imkon qadar kam bo‘lishini va tashish samaradorligini
inobatga olgan holda, yuk tashish bo‘yicha harakat jadvali va yo‘nalishini ishlab chiqadi;
j) zarur hollarda, bir kecha-kunduzlik tezkor tashuvlar rejasini tuzadi hamda ana shu reja
asosida har bir avtomobil uchun tezkor topshiriqni nazarda tutuvchi yo‘l varaqalarini yozib
beradi va bajarish uchun haydovchilarga topshiradi;
z) avtotransport vositasining yo‘nalishdagi ishini dispetcherlik xizmati orqali boshqaradi
va nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, har bir yo‘nalishga texnik yordam
avtomobillarining yetkazib berilishini tashkillashtiradi;
i) haydovchilar ustidan ma’muriy boshqaruvni (ishga jalb qilish, avtomobillarga
biriktirish) amalga oshiradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
k) xalqaro tashuvlarni amalga oshirish uchun haydovchilarning ruxsatnoma blankalari
bilan ta’minlanishlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amaliy yordam
ko‘rsatadi;
(7-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-
mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
l) yuk tashish avtotransportining uzluksiz ishlashini ta’minlovchi boshqa ishlarni amalga
oshiradi.

Download 109.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling