Avtomobili harakatlanish elementlarining nazariyasi yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlashish xossalari
Yong‘in o‘chirish avtomobillarining sirg‘alishga turg‘unligi
Download 108.25 Kb.
|
1-7 Yongir o\'chirish 2019. p65-fayllar.org
Yong‘in o‘chirish avtomobillarining sirg‘alishga turg‘unligi. Yong‘in o‘chirish avtomobilining sirg‘alishi qiyalikda harakatlanishda yoki burilishda harakat-
rasm. Yong‘in o‘chirish avtomobilining chegara tezligini aniqlash: a — burilishda; b — harakat yo‘lagini almashtirganda (aylanib o‘tishda); 1-2-to‘g‘ri chiziqli harakat c-v-const; 2—3-o‘tish qismi; 3—4-tezlik va boshqariladigan g‘ildiraklar burilish burchagi doimiy bo‘lganda harakat. lanishda P. inersiya kuchining ta’siri tufayli vazn (Gg) т kuchining ko‘ndalang tashkil etuvchisi ta’siri ostida sodir bo‘lishi mumkin. Yong‘in o‘chirish avtomobili g‘ildiraklarining sirg‘alishi (7.63) tengsizlik bajarilmaganida sodir bo‘ladi. Agar Rk=A=0, unda qiyalikda va burilishda g‘ildiraklarning yon tomonga sirg‘alishi sodir bo‘lmasligi uchun mos ravishda ikki shartning bajarilishi shart: (Gg) т J R. J rG. (7.66) va (7.66) formulalar o‘zgarganidan so‘ng (7.59), (7.60) va (7.61) formulalarni hisobga olib, sirg‘alishsiz harakat sharti quyidagi ko‘rinishda yoziladi. gP J r (7.67) U < JpRg . (7.68) va (7.67) formulalar va (7.63) va (7.68) formulalarning taqqoslanishi ko‘p holatlarda yong‘in o‘chirish avtomobilining sirg‘alishi uning ag‘darilishiga olib keladi degan xulosaga kelish imkonini beradi ((r < K). Shundan kelib chiqib, real holatlarda yong‘in o‘chirish avtomobilining ag‘darilishi ag‘darish stendi hamda «burilish» va «o‘rnini almashtirish» sinovlarida aniqlangan burchak va tezliklardan kichik qiymatlarda sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yong‘in o‘chirish avtomobili o‘tishiga ruxsat beriladigan qiyalik burchaki ikki barobar kamayadi, ya’ni |/J| < 0,5p. Bo‘ylama Xn kuchlar bo‘lganida (7.2-rasm) g‘ildirakning yon sirg‘alish ehtimoli oshadi, chunki Ri}n ilashish kuchining bir qismi Pk tortish kuchi yoki PT g‘ildirak tormozlashi tomonidan ishlatilgan. Shuning uchun yurituvchi g‘ildiraklarning sirg‘alishiga yoki tormozlashda g‘ildiraklarning bloklanishiga olib keladigan harakat rejimida yong‘in o‘chirish avtomobilining ko‘ndalang chidamliligining yo‘qolishi uchun yondan kichik kuch yetarli. Ko‘p yong‘in o‘chirish avtomobillarida orqa o‘q g‘ildiraklari yurituvchi hisoblanar ekan, unda burilish yoki tormozlashda yong‘in o‘chirish avtomobili orqa mosti sirg‘alishining oldini olish uchun yoqilg‘i berish pedalini qo‘yib yuborib yoki tormozlashni to‘xtatgan holda yurituvchi g‘ildiraklarda Xn reaksiyani kamaytirish va g‘ildiraklarni sirg‘alishi boshlangan tomonga burish kerak. R?n uzatmaning barcha kuchi Yn sirg‘alishning oldini olish uchun amalga oshadi sirg‘alish to‘xtaydi. Sirg‘alish to‘xtaganidan boshqa- riladigan g‘ildiraklarni neytral holatga burish lozim. Harakat trayektoriyasidan chiqish natijasida boshqaruv turg‘unligini yo‘qotish (7.11-a rasm) qoidaga ko‘ra, yong‘in o‘chirish avtomobilining vmax ga yaqin tezlikda harakatlanishida kuzatiladi. Boshqaruvning trayektoriyali turg‘unligi bo‘yicha chegara tezlik [vT] haydovchi undan oshgandan so‘ng to‘g‘ri yo‘lda yong‘in o‘chirish avtomobilining harakatini xavfsizlik yo‘lagida (harakat yo‘lagida belgi ichida) ta’minlay olmaydigan tezlik hisoblanadi. Ravon asfalt- beton qoplamali yo‘llarda barcha yong‘in o‘chirish avtomobillarining tuzilishi rma; < [vj ni ta’minlaydi. [vj < vmax faqat texnik nosoz yong‘in o‘chirish avtomobillarida yoki sisternasi qisman to‘ldirilgan yong‘in o‘chirish avtosisternalarida paydo bo‘lishi mumkin. [ vj kamayishining asosiy sabablari: yong‘in o‘chirish avtomobillari boshqariladigan g‘ildiraklarini noto‘g‘ri o‘rnatish, boshqariladigan g‘ildiraklarning noturg‘unligi, avtomobilning bir tomonida ressoralarning «o‘tirishi» tufayli yong‘in o‘chirish avtomobilining bir o‘qi sezilmas burilishi, bir o‘q g‘ildiraklar shinalari o‘rtasida farq (shinada bosim nominaldan kamayishi). Harakat yo‘nalishidan chetlashish natijasida boshqaruv turg‘unligining yo‘qolishi (7.12-b rasm) vmax ga yaqin tezlikda harakatlanishda va tormozlashda kuzatiladi. Boshqaruvning yo‘nalish turg‘unligi bo‘yicha chegara tezlik [vj oshgandan keyin haydovchi yong‘in o‘chirish avtomobilining xavfsizlik yo‘lagida harakatni ta’minlay olmaydigan tezlik hisoblanadi. Yong‘in o‘chirish avtomobilining uzunligi oshishi bilan boshqaruvning yo‘nalish turg‘unligiga talab kuchayadi, chunki avtomobil bir qismining xavfsizlik yo‘lagidan tashqariga chiqishi yo‘nalishdan kichik burchaklarda chetlashishda namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri ravon yo‘l bo‘yicha harakatlanishda boshqaruvning yo‘nalishli turg‘unligi yomonlashuvining sabablari [vT] niki kabi. Boshqaruvning yo‘nalishli turg‘unligini ta’minlashda asosiy e’tiborni tormoz tizimining sozligiga qaratish lozim. [vk] tezlikda yong‘in o‘chirish avtomobilining tormozlashiga g‘ildiraklarning tormoz kuchlari va tormozlar ishlashi ketma-ketligi o‘rtasidagi munosabat ta’sir ko‘rsatadi. Yong‘in o‘chirish avtomobillari bir o‘qi g‘ildiraklarining tormoz kuchi bir xil bo‘lishi, ularning ishlashi bir vaqtda bo‘lishi kerak. Yong‘in o‘chirish avtomobili old o‘qlari tormozlarining erta yoqilishi tormozlashda old g‘ildiraklarga yuklanish oshganida ulanishning maksimal kuchidan yaxshiroq foydalanish tufayli ST ni kamaytirish imkonini beradi, lekin [vk] ni kamaytiradi, ya’ni orqa o‘q sirg‘alish ehtimolini oshiradi, ayniqsa ф ulanishning kichik koeffitsientiga ega yo‘llarda. Yong‘in o‘chirish avtomobillaridan foydalanishda [vt] > vmax va [vk] > vmax ning ta’minlanishi shinalar, yurish qismi va rul boshqaruvining texnik holatini tizimli nazorat qilishga bog‘liq. Download 108.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling