Avtomobili harakatlanish elementlarining nazariyasi yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlashish xossalari


Download 108.25 Kb.
bet1/19
Sana08.11.2023
Hajmi108.25 Kb.
#1755174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-7 Yongir o\'chirish 2019. p65-fayllar.org


1-7 Yongir o'chirish 2019. p65


AVTOMOBILI HARAKATLANISH
ELEMENTLARINING NAZARIYASI

Yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlashish
xossalari

Yong‘in o‘chirish avtomobilining harakatlanish nazariyasi yong‘in xavfsizligi bo‘linmasining chaqiruv joyiga borish vaqtini aniqlaydigan omillarni ko‘rib chiqadi. Yong‘in o‘chirish avtomobili harakatlanish nazariyasining asosi sifatida avtomobil transport vositalaridan foydalanish xossalari nazariyasi olingan.
Yong‘in o‘chirish avtomobili tuzilishining xossalarini va uning chaqiruv joyiga o‘z vaqtida yetib borish qobiliyatini baholash uchun quyidagi foydalanish xossalarining tahlili zarur: tortish-tezlik, tormoz, harakat turg‘unligi, boshqaruv- chanlik, buriluvchanlik, yurish ravonligi.
Yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlashish xossalari uning yurituvchi g‘ildiraklarning ko‘ndalang kuchi ta’siri ostida harakatlanish qobiliyati bilan aniqlanadi (g‘ildiraklar, agar unga transmissiya orqali avtomobil transport vositalari dvigatelidan aylanish momenti berilsa yurituvchi deb ataladi).
Xossalarning bu guruhi yong‘in o‘chirish avtomobiliga nishabliklarni bosib o‘tish va tirkamalarni tortish imkonini beruvchi tortish xossalari va yong‘in o‘chirish avtomobiliga yuqori tezlikda harakatlanish, joyidan qo‘zg‘alish va inersiya bo‘yicha harakatlanishni amalga oshirish imkonini beruvchi tezlashish xossalaridan tashkil topgan.
Tortish-tezlashish xossalarini oldindan baholash uchun yong‘in o‘chirish avtomobilining N solishtirma quvvatidan foydalaniladi, ya’ni dvigatel quvvatining N, kVt, avtomobilning to‘liq massasiga nisbati M, kg. Me’yoriy-texnik hujjatlar talablari bo‘yicha yong‘in o‘chirish avtomobilining solishtirma quvvati 11 kVt dan kam bo‘lmasligi lozim.
Seriyali yong‘in o‘chirish avtomobilining N sini ularga katta quvvatli dvigatel o‘rnatib yoki bazaviy shassining yuk ko‘tarish qobiliyatidan to‘liq foydalanmasdan oshirish mumkin.
Solishtirma quvvat bo‘yicha yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlik xossalarini baholash faqat dastlabki bo‘lishi mumkin, chunki ko‘pincha bir xil N li avtomobil transport vositalari turli maksimal tezlik va tezlanishga ega bo‘ladi.
Normativ hujjat va texnik adabiyotlarda avtomobil transport vositalarining tortish-tezlik xossalarining baholash ko‘rsatkichlarida (o‘lchov) yagonalik yo‘q. Taklif qilinayotgan baholash ko‘rsatkichlarining umumiy soni o‘n beshtadan ortiq.
Foydalanish va harakatning o‘ziga xosligi (qizdirilmagan dvigatel bilan to‘satdan yurish, ko‘p tezlanish va tormoz berish bilan intensiv harakat, erkin yurishdan kamdan-kam foydalanish) yong‘in o‘chirish avtomobilining tortish-tezlik xossalarini baholash uchun to‘rt asosiy ko‘rsatkichni ajratish imkonini beradi:
  • maksimal tezlik υmax;


  • birinchi uzatmada doimiy tezlik bilan o‘tiladigan maksimal tezlanish (burchak amax yoki qiyalik imax);


  • berilgan tezlikkacha tezlanish vaqti t;


  • minimal turg‘un tezlik υmin.


υmax, amax, t va υmin ko‘rsatkichlar tahliliy va tajribaviy aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarni tahliliy aniqlash uchun yo‘lning profil va planida to‘g‘ri chiziqli harakat holati uchun yong‘in o‘chirish avtomobil harakatining differensial tenglamasini yechish lozim:


Bu yerda M — yong‘in o‘chirish avtomobilining massasi, kg; μ>1 — yong‘in o‘chirish avtomobili g‘ildiragining ishqalanish koeffitsiyenti;  — yong‘in o‘chirish avtomobili yurituvchi g‘ildiraklarining umumiy tortish kuchi, N;  - harakat qarshiligining umumiy kuchi, N;  — yong‘in o‘chirish avtomobili g‘ildiraklarining chayqalishiga qarshilik kuchi, N;  — yong‘in o‘chirish avtomobilining nishablikka qarshilik kuchi, N;  — havoning qarshilik kuchi, N.

tenglamani umumiy ko‘rinishda yechish murakkab, chunki asosiy kuchlarni ( ) avtomobil transport vositalari tezligi bilan bog‘lovchi aniq funksional bog‘liqliklar ma’lum emas. Shuning uchun tenglamani, odatda, son metodlari bilan yechiladi (EXM da yoki grafik).



h.
i

1-rasm. Yong‘in o‘chirish avtomobiliga ta’sir qiluvchi kuchlar
Avtomobil transport vositalarining tortish-tezlashish xossalarini aniqlashda son metodlari bilan kuch turg‘unligi, quvvat turg‘unligi va dinamik tavsifi metodlaridan ko‘p foydalaniladi. Bu metodlardan foydalanish uchun harakatda avtomobil transport vositalariga ta’sir kiluvchi kuchlarni bilish kerak.



Download 108.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling