Avtomobillar trafigi zichligiga qarab svetoforlarni boshqarish tizimini yaratish


Download 415.79 Kb.
bet10/11
Sana02.01.2023
Hajmi415.79 Kb.
#1075370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shurullayev D

Elektr tokining inson organizmiga ta`siri. Elektr tokidan inson organizmida termik (ya`ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta`sir kuzatiladi.
Elektr tokining termik ta`siri inson tanasining ba`zi uchastkalarida kuyish, qon va nerv tomirlari, hamda organizm hujayralarining qizishi sifatida kuzatiladi. elektrolitik ta`sir esa, qon yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o`zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy nerv sistemasi va yurak tizimini kesib o`tmasdan tananing ba`zi bir uchastkalarigagina ta`sir ko`rsatishi ro`y beradi.
Elektr tokining biologik ta`siri bu tirik organizm uchun xos bo`lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta`sir natijasida inson organizmidagi tirik hujayralar, muskullarning keskin qisqarishi natijasida to`lqinlanadi, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarning buzilishi natijasida ro`y beradi, ya`ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunga tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta`siri, bu biotoklar rejimini buzib yuboradi va buning natijasi sifatida inson organizimida tok urishi hodisasi vujudga keladi, ya`ni boshqarilmay qolgan organizmda xayot faoliyatining ba`zi bir funktsiyalari bajarilmay qoladi: nafas olish tizimlari ishlarining buzilishi, qon aylanish sistemasining ishlamay qolishi va h.k.
Elektr tokining inson organizmiga ta`sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, umuman elektr ta`sirini ikki gruppaga bo`lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta`siri va tok urishi.
Mahalliy elektr ta`siriga kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo`lishi, terining metallashib qolishi hollarini ko`rsatish mumkin.
Elektr urishi (yoki tok urishi deb ham yuritiladi) to`rt darajaga bo`lib qaraladi: 1-darajada muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta`siridan chiqib ketadi va hushini yo`qotmaydi; 2-darajada muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo`qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi; 3-darajada hushini yo`qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to`xtab qoladi; 4-darajada klinik o`lim holati-bunda insonda hech qanday hayot alomatlari ko`rinmay qoladi.
Klinik o`lim holati bu hayot bilan o`lim orasidagi. Klinik o`lim holati 7 daqiqagacha davom etadi. Hech qanday yordam bo`lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig`idagi hujayralar parchalanadi va klinik o`lim holati biologik o`lim holatiga o`tadi.
Biologik o`lim - qaytarib bo`lmaydigan jarayon bo`lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to`xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek organizmdagi oqsil strukturalari parchalanadi. Bu klinik o`lim vaqti tugagandan keyin ro`y beradi. Tokning inson organizmiga ta`siri bir necha omillarga bog`liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta`sirining davomliligi, yani odam tok ta`sirida qancha ko`p qolib ketsa, u shuncha ko`p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta rol o`ynaydi.
Kompyuter sinflarida yong`in xavfsizligi. Yong`inlar xalq xo`jaligiga katta moddiy zarar keltiradilar. Yong`in bir necha minut yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklarini yondirib, kulga aylantiradi. Yong`in vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid va gazlar ko`p miqdorda atmosferaga ko`tarilib, nafas olish uchun zarur bo`lgan havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, yong`indan tufayli ko`plab kishilar jarohatlanadi va hatto o`lishlari ham mumkin. Bularning hammasi, yong`inga qarshi kurash tadbirlarini, bu vaqtda paydo bo`ladigan ishlarni xavfsiz bajarish usullari va mehnat muhofazasi bilan birgalikda o`rganishga majbur qiladi [13].
Hozirgi paytda korxonalarda yonish xavfining kamayishi borasida birmuncha ishlar amalga oshirilgan, yong`in chiqish xavfi kamaytirilgan va butunlay xavfsiz ishlaydigan elektr uskunalari hamda o`t o`chirishning mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan sistemalari tobora kengroq qo`llanilmoqda. Korxonalar, bino va inshootlar tarkibidan yonuvchi qurilish materiallarini siqib chiqarilmoqda.
Lekin, yong`in chiqishining oldini olishda, o`t o`chirishda asosiy mas`uliyat kishilar zimmasiga tushishini va ularning yong`inni o`chirish texnikasining barcha talablarini to`liq bajarilishiga bog`liq ekanligini unutmasligimiz kerak. Korxona-larda bu tadbirlar yong`in texnikasi haqidagi nizom, yong`in xavfsizligi qoidalari, yo`riqnoma va boshqa xujjatlar asosida olib borilishi kerak.
Kompyuter sinflarida iqlim sharoitlarini tashkil etish. Ma’lumki, meteriologik sharoit deb, tegishli harorat, nisbiy namlik, havo tezligini va havodagi chang miqdori va boshqalar tushuniladi. Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlar kishilarni fiziologik holatiga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan kompyuter uskunalari va detallarining ishonchliligini ta’minlaydi. Bu kabi kichik iqlim ko’rsatkichlari har biri alohida va hamkorlikda ta’sir etishi mumkin.
Havo harorati asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, tenglik ko’rsatkichlarining issiqlik holatini belgilaydi. Ma’lumki, xonada issiqlik ajratuvchi uskunalarga: EHM; qo’shimcha uskunalar; yoritish moslamalari; insonlar; tashqi manbalar.
Eng ko’p issiqlik ajratuvchi moslama bu kompyuter hisoblanadi. Komyuterdan o’rtacha issiqlik ajratishi 100 Vt/m ni tashkil etadi. Boshqa uskunalar va yoritkichlarning issiqlik yig’indisi 35 Vt/m ga teng. Shu bilan birga xizmat xodimlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik bajarilayotgan ishlarning jadalligiga bog’liq.
Tashqi issiqlik manbalariga derazadan tushayotgan quyosh radiatsiyasi, turli o’rab turuvchi konstruksiyalardan tushayotgan issiqlikka bog’liq. Bularning kattaligi bino oriyentatsiyasiga, kun davomiyligi va yil fasliga bog’liq. Kompyuter xodimi uchun normal sharoit yaratish belgilangan me’yorlar orqali belgilanadi. Bu qiymatlarning optimal kattaligi ish unumdorligini oshirish, uni yuqori darajada saqlash imkonini beradi. Kichik iqlim sharoitining ruxsat etilgan ko’rsatkichlari va uning normal holati yuqorida qayd etilgan ijobiy ko’rsatkichlarga erishishni ta’minlaydi. Bu ko’rsatkichlarning yuqori va past qiymatlari binolarni isitish yoki shamollatishni taqozo etadi.

Xulosa
Yo'l harakati nazorati yo'l harakati qatnashchilari uchun eng muhim jamoat ob'ektlaridan biridir. Svetoforlar transportni boshqarishda muhim rol o'ynaydi shunga ko'ra transport vositalari va yo'lovchilarga qarab. Trafik kundan-kunga ko'payib borayotganligi sababli, transportni boshqarish kerak. Yo'l harakati xavfsizligi shunday bo'lishi kerak baxtsiz hodisalarni kamaytirish mumkin. Svetoforlar transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun transport vositalarini boshqarish uchun xavfsizlik choralaridan biridir yo'lni kesib o'tishda ham yo'lovchilar uchun foydali. Svetofor yordamida tirbandlikni boshqarishimiz mumkin, chunki ular juda qulay. In odatdagi transportni boshqarish tizimida ma'lum bir yo'l uchun signal nuri yonayotgan vaqt har doim doimiy bo'lishi kuzatilishi mumkin.
Ba'zan shunday bo'lishi mumkin: bitta yo'l boshqasidan ko'ra ko'proq olomon bo'lishi mumkin. Bunday hollarda odatdagi transportni boshqarish tizim og'ir tirbandlikka ustunlik berolmaydi. Ushbu tizimda biz trafikni ularning zichligi va oqimiga qarab boshqaramiz plc va datchiklardan foydalangan holda transport vositalari. Biz plc-ga mantiqiy operatsiyalar va dasturlarni beramiz, shunda berilgan dasturga muvofiq ishlaydi.
Datchiklardan foydalangan holda biz barcha yo'llarda transport vositalarining zichligi va oqimini hisoblashimiz mumkin. Avtotransport vositalarining zichligi va oqimiga ko'ra u buni ko'rsatadi.


Download 415.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling