142
Dvigatel ishlaganda moyning sifati asta-sekin yomonlashib
boradi, shuning uchun ma’lum vaqtdan so‘ng
uni yangisi bilan
almashtirish zarur. Ma’lum muddat ishlagan dvigatel karteridan
olingan moy tashqi ko‘rinishi va xossalari jihatidan yangi moydan
ancha farq qiladi. Bu muddat yuk va
yengil avtomobillari uchun
bosib o‘tilgan yo‘lning uzunligi (ТХK davriyligi) bilan
belgilanadi. Тraktor va qurilish mashinalari
uchun esa ishlagan
vaqt motosoatsoni bilan belgilanadi.
Moyni uning ekspluatatsion xossalarini hisobga olgan holda
almashtirish uchun, ma’lum vaqt o‘tgandan
keyin karterdan
namuna olib, uning sifati aniqlanadi. Sifati yomonlashgan moy
yangisi bilan almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: