Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
10-11 мавзу



115 
5- BO‘LIM. 
AVTOMOBILLARDA ISHLAТILADIGAN
MOYLASH MAТERIALLARI 
 

 
Dvigatel detallarining ishqalanib ishlashi ularning yeylishiga 
va qizishiga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqala-
nuvchi detal yuzalariga uzluksiz ravishda moy yuborib turish 
zarur. Bu vazifani dvigatellarda moylash tizimi bajaradi. Mashina 
va mexanizmlarda o‘zaro ishqalanadigan juftlarni moylash uchun 
moylash materiallaridan foydalaniladi. 
Moylash tizimi dvigatel ishlayotganda uning ishqalanuvchi 
yuzalariga kerakli miqdorda moy yetkazib beradi, natijada 
ishqalanuvchi yuzalar qisman soviydi, yeylishi kamayadi va 
detallarning yeyilishishiga sababchi moyga yopishgan zarrachalar 
moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy keyin filtrlanadi. 
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan kombinatsiyalashgan 
moylash tizimi qo‘llaniladi. Bunday moylash tizimida zo‘riqib 
ishlaydigan detal yuzalariga moy bosim ostida majburiy 
yuboriladi. Qolgan ishqalanuvchi yuzalarga sachratish va tomchi 
usuli bilan yuboriladi.
Moylash materiallarining asosiy vazifasi ishqalanishni 
kamaytirish va yeyilish tezligini sekinlatish, qizigan detallarni 
qisman sovitish, ishqalanish natijasida hosil bo‘lgan qirindilarni 
yuvish va detallarni korroziyadan saqlashdan iborat. Ishqalanish 
deb, bir jismning ikkinchi jism sirti bo‘ylab surilishiga bo‘lgan 
qarshilikka aytiladi.
Moylash materiallari tashqi korinishiga qarab suyuq moylar 
va plastik moylarga bo‘linadi. Moylash materiallarning har ikkala 
turi ham mineral va organik bo‘lishi mumkin. Mineral moylarning 
asosiy qismi(90% dan ortig‘i) neftni qayta ishlab olinadi. O‘simlik 


116 
va hayvonot mahsulotlaridan olinadigan moylar organik moylar 
deyiladi. Organik moylar sof holda kam ishlatiladi, ular yuqori 
sifatli plastik moylar tayyorlashda ishlatiladi. 
Efir va spirt asosida olinadigan sun’iy moylar eng istiqbolli 
hisoblanadi. Sun’iy moylarining ekspluatatsion xossalari neft 
moylariga qaraganda yaxshiroqdir. Sun’iy moylar xususiyatini 
kompozitsion qo‘shilmani qo‘shish bilan oshirish mumkin. 
Kremniy organik birikmalar yaxshi xossalarga ega: ularning 
molekulalari uglevodorodlarnikiga o‘xshash, lekin uglerod atomi 
o‘rnini kremniy atomi egallagan. Ftor va xlor asosida ham 
moylash materiallari yaratilyapti. 
Ishlatilish sharoitiga qarab moylash materiallari quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 
- Motor moylari – IYOD da ishlatiladi; 
- Transmission moylar – avtomobil va traktor transmis-
siyasida ishlatiladi; 
- Industrial moylar – stanoklar uchun ishlatiladi; 
- Kompressor moylari – asbob va uskunalarni moylash 
uchun ishlatiladi. 
Тurli sharoitlarda ishlaydigan mashina va mexanizmlar 
uchun har xil moylar ishlatilishiga qaramasdan, barcha moylash 
materiallariga umumiy talablar qo‘yiladi: 
- har qanday moy ishqalanuvchi sirtlarning turli rejimlarida 
ishonchli ishlashini ta’minlovchi qovushqoqlikka hamda ishqala-
nuvchi qismlarning yeyilishini sekinlatish uchun yaxshi moylash 
xossalari ega bo‘lishi lozim; 
- barcha moylash materiallari sirtlarni korrozion yemirilish va 
zanglashda saqlashlari kerak; 
- moylar oksidlanmasligi, yuqori haroratli qirindilar hosil 
bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi zarur; 
- qishda manfiy haroratda dvigatelning oson yurgizib yu-
borilishini va ishqalanuvchi sirtlarga moy tez yetib borishini 
ta’minlashi zarur; 


117 
- yuqori haroratda puxta moy pardasining hosil bo‘lishini 
ta’minlash lozim. 

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling