Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Motor moylarining ekspluatatsion sifatini bildiruvchi


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
10-11 мавзу

 
5.1.3. Motor moylarining ekspluatatsion sifatini bildiruvchi
fizik - kimyoviy xossalari 
Motor moylari, dvigatellarning belgilangan quvvat va 
tejamkorligini, sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qotmasdan, ishonchli va 


122 
uzoq vaqt ishlashini ta’minlashi uchun, ular standartlar va texnik 
shartlarda belgilangan talablarga javob berishi lozim. 
Motor moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’minlay 
olish xususiyatini xarakterlovchi muhim xossalaridan biri 
kinematik qovushqoqlikdir.
Ishqalanuvchi sirtlardagi moy pardasi qancha mustahkam 
bo‘lsa, silindrlardagi porshen halqalarining zichligi shuncha 
yaxshi va moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning qovushqoqligi 
harorat pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati 
qizigan dvigatel uzoq muddat ishlaganda ham past haroratlarda 
sovuq holatdagi dvigatelni ishga tushirganda ham suyuq 
ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo‘lishi kerak.
Тurli uzellarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni 
sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina yurgizib yuborish 
qovushqoqlikka bog‘liq bo‘ladi. Moy qatlamining mustahkamligi 
ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarning 
o‘zaro harakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning 
qovushqoqligi bilan belgalanadi.
Qovushqoqligi qancha yuqori bo‘lsa, moy pardasining 
ishonchliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi 
bilan moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko‘proq 
sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortadi, quvvat esa 
kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori haroratda dvigatelni 
oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega 
bo‘lishi kerak. Moylar tarkibidagi parafin uglevodorodlar kam 
qovushqoqlik xossasiga aromatik uglevodorodlar esa yuqori 
qovushqoqlik xossasiga ega. 
Motor moylari uchun faqat 100°C dagi qovushqoqlik qiymati 
berilmasdan 0°C dagi qovushqoqlik qiymati va qovushqoqlik 
indeksi ham keltiriladi. Qovushqoqlik indeksi o‘lchovsiz kattalik 
bo‘lib, etalon moyga nisbatan tekshirilayotgan moyning qovush-
qoqligini haroratga bog‘liq holda o‘zgarish darajasini ko‘rsatadi. 
Qovushqoqlik indeksini aniqlashda maxsus jadvallar va 


123 
nomogrammalardan foydalanib, quyidagi formula orqali aniqlash 
mumkin:
Q.I = 
50
/
100 
 
bunda 
50
– moyning 50°C haroratdagi qovushqoqligi; 

100 

moyning 100°C haroratdagi qovushqoqligi. 
Harorat o‘zgarishi bilan moyning qovushqoqligi qancha 
o‘zgarsa, moyning qovushqoqlik xossasi shuncha yomon va 
qovushqoqlik indeksi past bo‘ladi. Qovushqoqlik indeksi yuqori 
bo‘lgan moylar yuqori haroratda ishlayotgan detallarni ishonchli 
moylaydi, past haroratda esa dvigatelni yurgizib yuborishini 
osonlashtiradi. 
 
5.4-rasm. Motor moylari qovushqoqligining haroratga bog‘liqligi: 
1–qovushqoqlik indeksi-90; 2–qovushqoqlik indeksi-140. 
5.4-rasmda ko‘rsatilganidek, harorat pasayishi natijasida 
qovushqoqlik ortib, moy quyuqlashib boradi va uning harakat-
lanuvchanligi kamayadi. 
Motor moylari uchun 100°C dagi qovushqoqligi yettita 
kinematik qovushqoqlik sinfiga ega bo‘lishi mumkin: 4, 6, 8, 
10,12 , 14 va 16 mm
2

s.  


124 
5.1-jadval 
 

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling