Avtomobillarda ishlaтiladigan moylash maтeriallari


Motor moylarining (ГОСТ 17479.1-85)bo‘yicha qovushqoqlik sinfi


Download 479.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana07.03.2023
Hajmi479.78 Kb.
#1244253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
10-11 мавзу

Motor moylarining (ГОСТ 17479.1-85)bo‘yicha qovushqoqlik sinfi 
 
Kinematik qovushqoqligi, mm
2
/s 
 
Qovushqoqlik sinfi 
100°C da 
-18°C, da 
4
Z
l4,1 
2600 
6
Z
l5,6 
10400 

5,6 dan 7,0 gacha 

7,0 dan 9,3 gacha 

10 
9,3 dan 11,5 gacha 

12 
11,5 dan 12,5 gacha 

14 
12,5 dan 14,5 gacha 

16 
14,5 dan 16,3 gacha 

3
Z
/8 
7,0 dan 9,3 gacha 
1250 
4

/6 
5,6 dan 7,0 gacha 
2600 
4
Z
/8 
7,0 dan 9,3 gacha 
2600 
4
Z
/10 
9,3 dan 11,5 gacha 
2600 
5
Z
/10 
9,3 dan 11,5 gacha 
6000 
5
Z
/12 
11,5 dan 12,5 gacha 
6000 
5
Z
/14 
12,5 dan 14,5 gacha 
6000 
6
Z
/10 
9,3 dan 11,5 gacha 
10400 
6
Z
/14 
12,5 dan 14,5 gacha 
10400 
6
Z
/16 
14,5 dan 16,3 gacha 
10400 
Qovushqoqligi past bo‘lgan motor moylari 4, 6, 8-qish i 
moylar hisoblanadi va bu moylar ob-havo sovuq vaqtida ishla-
tiladi; qovushqoqligi yuqori bo‘lgan motor moylari 10,12,14 va 
16 -yozgi moylar hisoblanadi. 
Moylarning harorat ta’siriga chidamlilik xossalari.
Zararli omillarning moyga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab 2 xil 
rejim farq qiladi: 
- yuqori haroratli (130°C–150°C) 
- past haroratli (30°C–40°C). 
k


125 
Moy baland haroratli ish rejimida ishlatilganda silindrlar 
guruhiga mansub qismlarni qurum bosadi, koks (moydagi qattiq 
zarralar) va lok pardasi qoplaydi, lok pardasi yupqa va juda pishiq 
bo‘lib, porshen halqalari zonasi va porshenning yo‘naltiruvchi 
yuzasini qoplab, porshen halqalarining kuyib qorayishiga sabab 
bo‘ladi. 
 Normal sharoitlarida mineral moylar uzoq muddat oksid-
lanmaydi. Lekin 50–60°C haroratdan boshlab oksidlanish jarayoni 
keskin kechadi. Dvigatelning yuqori haroratli zonalarida 
oksidlanishi va termik parchalanishi natijasida moylar tarkibida 
avval uchramagan kislotalar, smolalar, asfalt moddalari hosil 
bo‘ladi. Moylar tarkibidagi parafin uglevodorodlar oson oksidla-
nish xossasiga aromatik uglevodorodlar esa qiyin oksidlanish 
xossasiga ega. 
Bunda moyning tashqi ko‘rinishi xiralashibgina qolmasdan, 
uning fizik-kimyoviy xossalari ham o‘zgaradi, natijada porshen va 
halqalarida lok-qurum hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Oksidlanish jarayoni boshlanishida moyda erigan holatdagi 
birikmalar (smolalar, kislotalar) hosil bo‘ladi. Keyinchalik ular 
erimaydigan moddalarga aylanadi. Moyning oksidlanish max-
sullari va iflosliklarini erimagan holatda tutib, dvigatel detalla-
rining kerakli tozaligini ta’minlash qobiliyati uning yuvish 
xossalari deb ataladi.
Moy ko‘p fraksiyali suyuqlik bo‘lganligi sababli muayyan 
haroratda suv kabi muzlamaydi, balki sekin-asta quyuqlashadi. 
Moyning harakatlanish qobiliyati yoqolishiga olib keladigan 
harorat qotish harorati deyiladi. Qotish harorati moyning sifatini 
bildiruvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanib, dvigatelni yurgizib 
yuborish xossalarini baholaydi. 
Bu ko‘rsatkich ma’lum darajada moyning haydaluvchanligini 
va dvigatelni ishga tushirish xossalarini, uning ta’sirini 
xarakterlaydi. Yozgi moylarda qotish harorati minus 15°C dan 
minus 20°C gacha, qishki moylarniki minus 25 dan minus 30°C 


126 
gacha, barcha mavsumda foydalaniladigan moylarning qotish 
harorati minus 45°C gacha yetadi.
Moy past haroratli rejimda ham yomon ishlaydi, chunki sovuq 
dvigatelda yonilg‘ining yonish jarayoni yomonlashadi, chala 
yonish mahsullari (yonilg‘ining og‘ir fraksiyalari) miqdori 
ko‘payadi. Suvning kristalli birikmalari paydo bo‘lib, natijada 
moyning ifloslanishi tezlashadi. Moyga aralashgan suv moydagi 
iflosliklarni yuvib, quyqa holida cho‘kishiga imkon yaratadi. 

Download 479.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling