3.1. Moylarning alangalanish haroratini ochiq
tigelda aniqlash usuli
Ishni bajarish tartibi
1. Ichki tigel benzin bilan yuvilib gazli yondirgichda isitilib
sovitiladi va qizdirilgan qum bilan to‘ldirilgan tashqi tigelga
qo‘yiladi. Bunda qum ichki tigel qirrasidan 12 mm balandlikda
bo‘lsin. Ichki tigel tagi bilan tashqi tigel orasida 5–8 mm
qalinlikda qum bo‘lishi kerak (5.6-rasm ).
2. Sinalayotgan moy ichki tigelga shunday quyiladiki, bunda
moy sathi ichki tigel qirrasidan 12 mm pastda bo‘lishi kerak.
Quyishda ichki tigel devorlariga sachratish va kerakli sathdan
ko‘proq quyish ruxsat etilmaydi.
3. Tigel shtativ halqasiga o‘rnatiladi va ichki tigelga
termometr qo‘yiladi. Termometr tigel markasida vertikal holatda
shtativga mahkamlanib qo‘yiladi. Uning simobli uchi tigel tagidan
va moy sathidan ham deyarli bir xil joyda turishi kerak.
4. Sinalayotgan moy solingandan so‘ng uni gaz yondirgichi
bilan shunday qizdirilishi kerakki, bunda oldin moy harorati
1 minutda 10°C ko‘tarilsin. Alangalanish harorati 40°C ga
yetgandan so‘ng, har bir minutda 4°C ko‘tarilib borilsin.
5. Kutilayotgan alangalanish haroratiga 10°C qolganda tigel
qirrasidan moy sathidan 10–14 mm balandlikka yondirish
qurilmasi bilan alanga olib o‘tiladi. Alanga balandligi 4 mm
bo‘lishi kerak va alangali tigelni bir tarafi bilan ikkinchi tarafiga
2–3 sekund oralig‘ida harakatlantirish kerak.
6. Bunday sinov har 2°C ko‘tarilganda bajarilishi kerak.
Yuzasi ustida darhol yo‘q bo‘ladigan alanga paydo bo‘lgan
harorat termometrdan yozib olinadi va moyning alangalanish
harorati deb qabul qilinadi.
7. Sinalgan moyning alangalanish harorati standartga mosligi
tekshiriladi.
131
5.6- rasm. Moylarning alangalanish haroratini ochiq
Do'stlaringiz bilan baham: |