Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish markazlarida hayot faoliyati xavfsizligi va atrof muhit muhofazasini ta’minlash


Payvandlash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi


Download 42.68 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi42.68 Kb.
#1426740
1   2   3
Bog'liq
Azizbek

Payvandlash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi


Bu ishlarni bajarishda asosan shu mutaxassislik bo‘yicha o‘qigan, guvohnomasi bor va yoshi 18ga yetgan yigitlar jalb etiladi. Lekin ayrim davlatlarda yengilroq payvandlash ishlariga, ayollar ishlashi mumkin. Payvandlash xavfsizligini ta'minlashda xona va payvandlash apparatlariga alohida talablar belgilangan. Payvandlash xonasining maydoni 10m2 dan kam bo‘lmasligi, avtomobillarni payvandlashda chuqurli bokslardan (xonalardan) foydalaniladi. Xonalarning uzunlik o‘lchami 6,9,12 yoki 18 metr bo‘ladi. Payvandchi 3m2bo‘sh maydonchada ish jarayonini bajaradi.
Elektr payvandlashda yoritilganlik 50lk, gaz bilan payvandlashda 150lkdan kam bo‘lmasligi kerak. Payvandlash (bokslari) xonalari yong‘inga chidamli bo‘lishi shart. Payvandlash turlari elektr toki orqali (elektrodlar payvandlash metallni qalinligiga qarab tanlanadi) gaz yonilg‘isi bilan benzin, propan-butan, kerosin va xokazolar orqali kislorod yordamida amalga oshiriladi. Rangli metallar inert gazlari (reaksiyaga kirmaydigan gazlar, geliy) muhitda (alyuminiy, mis, ruh) payvandlanadi. Ayniqsa dvigatel bloki qismlari, maxovik korpusining stater qotiriladigan o‘rni, statorning oldi qopqog‘i va hokazolar kiradi.

Elektr payvandlash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi


Elektr payvandlash qurilmalariga texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Elektr dugalarni ta'mirlash faqat payvand transformatorlari, generatorlar yoki tokni o‘zgartiruvchi to‘g‘rilagichlar (o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiradi) orqali amalga oshirilishi kerak. Payvandlash apparatlarni kuchlanishi 500V dan ortiq bo‘lsa ularni ulash man etiladi. Elektr payvandlashda quyidagi xavflik omillari ta'sir etadi: yorug‘lik nurlari, elektr tokini o‘zi, erigan metall parchalari (okalina), elektrodlardan chiqadigan gazlar.
Avtokorxonalarda asosan 160...200A tok kuchli apparatlar qo‘llaniladi. Elektrodni ushlab turuvchi dastgoh elektrodni mustahkam ushlab turishi, yengil va qulay bo‘lishi,tok o‘tkazmasligi lozim. U dielektrik va issiqlik ximoyalovchi materiallardan tayyorlangan bo‘lishi lozim. Ikkilamchi kuchlanish barcha transformatorlarda salt yurishda kuchlanish 70V dan oshmasligi lozim, ularda duga uzilganda avtomatik ravishda 0,5 sekund uzadigan moslama bo‘lishi shart. Katta xajmdagi idishlarni (sisternalarni) quduqlarda, tunnellarda payvandlash ishlarini olib borish o‘ta xavfli xisoblanadi. Shuning uchun apparatlarda salt holatda avtomatik ravishda tokni uzib qo‘ygan yoki kuchlanishni 12V gacha pastga tushuruvchi moslamalar bilan jixozlangan bo‘lishi lozim. Bundagi salt yurish vaqti 0,5sekund bo‘lishi kerak. Agar kuchlanishni pasaytirib bo‘lmasa, unda payvandlash ishlarida 12V dan oshmagan kuchlanishli tok kuchi bilan bajariladi. Elektrodlardagi kuchlanish 42V dan oshmasligi shart. Apparat korpuslari, payvandlash stollari, plita va boshqa jixozlarga ulanadi. Texnologik jixozlarni yerga ulash tizimini tok qaytaruvchi sifatida foydalanish man etiladi. Payvandchini ximoyalash maqsadida unga ultrabinafsha nurlaridan saqlovchi hitlar, qo‘lqoplar, oyoq kiyimi va o‘tga chidaml (brezent) kostyumlar beriladi. Tashqaridagilarni ximoyalash maqsadida payvandlash ishlari alohida eng kamida 2x1,5 metrli kabinalarda olib borilishi lozim. Lekin avtokorxonalarda payvandlash ishi jarayoni maxsus ayvonli xonalarda yoki ochiq maydonlarda olib boriladi.
Elektr payvandlashda chang chiqadi. Elektrod simlarida marganets, kremniy, ftorli kalsiylardan iborat qoplamalar bo‘ladi. Bulardan tashqari azot, uglerod oksidi va zararli moddalar (okalina) chiqadi. Elektr payvandlash changi yuqori dispersiyali bo‘lib, uning 98...99% 1mk kichik zarrachalardan iborat bo‘lib, ular nafas olish organlari orqali o‘pkaga kirib uni jarohatlantiradi. Shuning uchun albatta shamollatish va maxalliy so‘rish ventilyatorlari qo‘llaniladi. Rubilnik ulangan paytda elektrosxemasini qayta ulash, uzoq muddat davomida tananing ochiq yerlarini nurlantirish man etiladi.

Download 42.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling