Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, joriy ta’mirlash va diagnostika qilish postlarida ishlatiladigan jihozlar
Birinchi texnik xizmat ko’rsatishda
Download 453 Kb.
|
Amaliy mashg\'ulot 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi texnik xizmat ko’rsatishda
- Joriy tamirlash ishlari.
Birinchi texnik xizmat ko’rsatishda (TXK-1) bajariladigan ishlar. Avtomobilni umumiy nazoratdan o'tkazish, avtomobilni ko’zdan kechirib kabina, platformalar (kuzov), oynalar, orqani ko’rish ko’zgusi, old, orqa nomer belgilari holatini, eshik mexanizmlari, platforma bortlarini dvigatel va yukxona kapoti ilgichlarini hamda shataklovchi asboblar sozligini tekshirish. Oyna tozalagich, old oynani yuvish qurilmasi, shamollatish tizimi, qishgi mavsumda esa isitish tizimi va old oynani isitish va issiq havo bilan shamollashtish qurilmasini ishi tekshiriladi, zarurat bo’lsa almashtirish ishlari olib boriladi. TXK-1da yechish qotirish ishlarida foydalaniladigan jihozlar-kalitlar to‘lami, buragichlar (otvyorka), sath o‘lchagichlardan foydalaniladigan.
Ikkinchi texnik xizmat ko’rsatishda (TXK - 2) bajariladigan ishlar. TXK-1 da bajariladigan ishlar chuqurlashtirilgan tartibi bajariladi. Avtomobilni umumiy nazoratdan o'tkazish, bundan tashqari TXK-1, TXK-2 va MXK da asosan tozalash, yuvish, quritish, tekshiruv diagnostika, qotirish, sozlash, elektrotexnik, shina, akkumulyator, moylash, agregat, mexanizmlardagi moylarni me'yoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi. TXK – 2 ishlarida TXK-1 dagi jihozlarga qo’shimcha ravishda joriy ta’mirlash jihozlaridan foydalaniladi: kalitlar to‘lami, buragichlar (otvyorka), sath o‘lchagichlar, shinalarni bosimini tekshirish, moy va boshqa suyuqliklarni saqlash va to‘kish jihozlari, elektr jihozlarini tekshirish asboblaridan foydalaniladi. Joriy ta'mirlash ishlari. Joriy ta'mir harakatdagi tarkibni ish qobilyatini tiklash va saqlash uchun yo'naltirilgan. Joriy ta'mir ish vaqtida buzilganda, TXK jarayonida, diagnostika natijasiga ko’ra buzuqlik aniqlanganda va haydovchi buyurtmasi asosida o'tkaziladi. Joriy ta'mirlashga quyidagi ishlar xarakterlidir: qismlarga bo'lish, yig'ish, chilangarlik, payvandlash, nuqsonlarni aniqlash, bo'yash, detal va agregatlarni almashtirish. Joriy ta'mirlashda bazaviy detallardan tashqari chetki holatga yetgan detallarni almashtirish mumkin. Avtomobillarni joriy ta'mirlashda joriy yoki mukammal ta'mirlash talab qilinadigan alohida detallar, mexanizmlar va agregatlar almashtirilishi mumkin. Joriy ta’mir avtomobil va uning agregatlarida paydo bo'lgan buzuqliklarni bartaraf etish va qayta tiklashgacha bo'lgan me'yoriy davrni yurishini ta'minlash uchun bajariladi. JT da servis xizmatlarida foydalaniladigan barcha jihozlardan foydalanish mumkin. Bajariladigan ish hajmi, davriyligi, ish turlari, mo'ljallanganligi va TXK, JT texnologik jarayonida tutgan o'rniga qarab, diagnoz qo'yish ishlari D-1 va D-2 ga bo'linadi. D-1: dan asosiy maqsad harakat havfsizligini ta'minlovchi agregat va mexanizmlarni texnik holatini, (tormoz, boshqarish mexanizmi, oldingi g'ildiraklarni o'rnatish burchaklari, yoritish asboblari) chiqindi gazlar zararligini va yoqilg'i sarfini aniqlashdan iborat. Bunda tormoz tizimining tormozlanish xususiyatlarini-tormozlanish vaqti, tormozlanish yo‘li va tormoz kuchini o‘lchash. Rul boshqarmasi lyuftini aniqlash (lyuftometr), rul chambarakini buralish kuchini aniqlash jihozi, oldingi g'ildiraklarni o'rnatish burchaklarini o‘rnatish jiozlari, (razval, sxvajdeniya jihozlari), yoritish asboblari balandligi va to‘g‘riligini tekshirish, chiqindi gazlar tarkibini aniqlash (gazoanalizator), yoqilg‘i sarfini aniqlash asboblaridan foydalaniladi. D-2: dan asosiy maqsad avtomobilni tortish-iqtisodiy ko'rsatkichlari bo'yicha to'liq texnik holatini aniqlash va asosiy agregat, sistema va mexanizmlarning nosozligini aniqlashdan iboratdir. D-2, TX-2 dan avval o'tkazilib, ish hajmi aniqlab olinadi, hamda ishlar tugagach uning sifati nazorat qilinadi. D-2 buyurtma bo'yicha JT dan avval ish hajmini aniqlab olish uchun ham bajarilishi mumkin. D-2 da asosan dvigatel ko‘rsatkichlari va datchiklari tekshiriladi. Bunda dvigatelning aylanish chastotasi, bosimi, o‘rnatish burchaklarini tekshirish jihozlaridan foydalaniladi. Download 453 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling