Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet34/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ

Aholi yashaydigan joylardagi yo‘llar. Haydovchi aholi yashash joylaridagi yo‘llarda harakatlanganda boshqa yo‘llarga qaraganda doimo ogoh bo‘lib harakatlanishi kerak. Aholi yashaydigan joylarda transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Tezlikning bunday cheklanishi faqat kirish 5.22, chiqish 5.23 yo‘l belgilari bilan belgilangan aholi yashash joylariga tegishlidir.
Aholi yashaydigan joylarda yo‘l yoqasi bo‘lmaganligi sababli yo‘l chekkasida to‘xtab turgan avtomobillarni uchratish mumkin. Bu esa o‘ng tomondan birinchi bo‘lak bo‘ylab harakatlanishga xalaqit qiladi.
Bir yo‘nalishda uch va undan ortiq bo‘lakli har qanday yo‘llarda chetki chap qatorga quyidagi hollarda chiqish mumkin:

  • harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa bo‘laklar band bo‘lganida;

  • quvib o‘tish uchun;

  • chapga burilish uchun;

  • qayrilish uchun;

  • ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga chapga burilish yoki qayrilish uchun. Boshqa hollarda bu yuk avtomobillariga chetki chap bo‘lakka chiqish taqiqlanadi.

Bir tomonlama harakatlanish joriy etilgan yo‘llarda ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari yo‘lning chetki chap bo‘lagiga yuk ortish yoki tushirish uchun chiqishlari mumkin. Boshqa sabablar bilan chetki chap bo‘lakni band qilmasliklari kerak. Aholi yashaydigan joylarda chapga burilish va orqaga qayrilish kabi manyovrlar tez-tez uchrab turishi bois, haydovchilar harakatlanish xavfsizligi talablariga asosan mo‘ljallangan manyovrni bajarish uchun o‘ziga tegishli yo‘l bo‘lagini egallashlari lozim.



  1. rasm.

Qishloq joylaridagi yo‘llar. Qishloq joylaridagi yo‘llar (3-rasm) V toifali yo‘llar tarkibiga kirib, ushbu yo‘llarda harakatlanish boshqa toifa yo‘llarda harakatlanishga nisbatan ancha qiyin. Bu yo‘llarda qoplama tuproq yoki shag‘al bo‘lganligi sababli qor va yog‘ingarchilik vaqtda yo‘llar sirpanchiq va loy bo‘ladi. Buning natijasida avtomobilning boshqaruvchanligi yo‘qoladi, tezlik pasayadi, avtomobillar sirg‘anishi ortadi, past-balandlik yo‘llarda avtomobilning tortishi pasayadi, ayrim joylardan o‘ta olmasligi va loygarchilik vaqtlarda transport vositalari botib qoladi.
Qishloq joylaridagi yo‘llarda sekin harakatlanayotgan transport vositasini quvib o‘tish qiyin bo‘lgan hollarda uning haydovchisi ushbu
transport vositasini iloji boricha yo‘lning o‘ng tomoniga olishi, zarur bo‘lganda esa, orqasida to‘planib qolgan transport vositalarini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtashi kerak. Tepalikka ko‘tarilishning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan boshqa joylarda qarama-qarshi harakatlanish yo‘nalishiga chiqishi taqiqlanadi.
Sutkaning qorong‘i vaqtida qishloq joylarida yo‘llarni ustunlarga o‘rnatilgan chiroqlar bilan yoritish ko‘zda tutilmagan. Yo‘l chetidagi bordyurlarga tik chiziqlar chizish va ular nur qaytargichlar bilan jihozlash lozim. Bunday yo‘llarda gabarit chiroqlarsiz yo‘lda to‘xtab turgan transport vositalari ko‘rinmaydi yoki to‘siqqa aylanib qoladi.
Avtomagistral yo‘llari – transport vositalarining yuqori tezlik va xavfsiz harakatlanishlarini ta’minlovchi, uning ikki chekkasi o‘ralgan, hech qanday chorraha va boshqa yo‘llar bilan kesishmaydigan yo‘l bo‘lib, unga kirish – 5.1, chiqish – 5.2 belgilari bilan belgilanadi. Agar bu belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday yo‘llar avtomagistral hisoblanmaydi.



  1. rasm.

Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:

  • piyodalarning harakatlanishi;

  • uy hayvonlarini olib o‘tish;

  • ot-aravalarning harakatlanishi;

  • velosipedlarning harakatlanishi;

  • mopedlarning harakatlanishi;

  • traktorlar va o‘ziyurar mashinalarning harakatlanishi;

  • texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi;

  • ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomo- billarining birinchi va ikkinchi bo‘laklardan boshqa bo‘laklarda harakatlanishi;

  • maxsus “to‘xtab turish joyi” yo‘l belgisi va “dam olish joyi” yo‘l belgilari bilan belgilanmagan boshqa joylarda to‘xtash;

  • texnologik sabablarga ko‘ra, ajratuvchi bo‘laklarning uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;

  • orqaga harakatlanish;

  • transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish.

Avtomagistrallarda yuqori tezlikni ta’minlash uchun sekin yurib harakatga to‘sqinlik qiladigan transport vositalarining harakatlanishi va transport oqimining tezligiga salbiy ta’sir etuvchi ba’zi manyovr va harakatlar taqiqlanadi. Qatnov qismida majburan to‘xtagan haydovchi transport vositasini yo‘l harakati qoidalarning 9-bobi talablariga muvofiq belgilangan va bunday holatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling