Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet36/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ

mavzu. YO‘L-TRANSPORT HODISALARI

Inson transport vositasini boshqarishi bilan «haydovchi»ga aylanadi, demak unga yuksak mas’uliyat yuklanadi, chunki uning arzimas xatosi nafaqat o‘ziga, balki olib ketayotgan yo‘lovchi, hatto piyodalarning hayotiga yoki sog‘ligiga jiddiy xavf solishi mumkin. Haydovchilarni boshqa harakat ishtirokchilardan farqi shundaki, ular transport vositalarini boshqarish uchun qo‘yilgan talablarga to‘la javob berishi kerak.


Lekin transport vositalarining haydovchilariga qo‘yiladigan talab qanchalik qattiq bo‘lishiga qaramasdan, o‘zini murakkab yo‘l vaziyatida to‘g‘ri tuta olmaydigan haydovchilar, afsuski, uchrab turadi. Transport oqimining yuqori jadalligi va zichligi sharoitida haydovchidan yo‘llarda harakatlanish qoidalarini va boshqarish ko‘nikmalarini mukammal o‘zlashtirish kamlik qiladi, haydovchi yuqori ma’naviy va jismoniy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday xususiyatlarni haydovchilarni tayyorlash vaqtida, qisqa muddatda shakllantirish amalda mumkin emas. Shuning uchun haydovchilarni o‘qitishga yo‘naltirishdan oldin ularni malaka-kasb tanlovi ko‘rigidan o‘tkazish lozim.
Yo‘llarda harakatlanish deganda harakatdagi transport vositalari majmui bilan piyodalar va yo‘lovchilarning o‘zaro munosabatlari tushu- niladi. Hozirgi zamonda yo‘llarda harakatlanish qatnashchilarining katta tezlikda harakati xarakterlidir. Transport vositalarining yuqori quvvatga ega bo‘lgan dvigatellar bilan jihozlanganligi ularning yuqori tezlikda harakatlanishi imkonini beradi. Katta tezlik va og‘irlikka ega bo‘lgan transport vositalari atrofdagilar uchun yuqori xavf manbaiga aylanadi. Shu sababli transport vositalari va ularni boshqaradigan haydovchilarga, yo‘lovchi va piyodalarga bir qator talablar qo‘yiladiki, bu talablarning birortasi bajarilmasligi harakatlanish ritmining buzilishiga va natijada yo‘l- transport hodisasining sodir etilishiga olib keladi.
Demak, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash harakatni tartibga solishning asosiy omillardan biri. Haydovchi, piyoda, va yo‘lovchilar- ning harakat tizimida intizomi, o‘z vazifalariga amal qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Yo‘l-transport hodisasi deb avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va maydonlarida transport vositalarining normal harakat rejimi buzilishi oqibatida insonlarning halok bo‘lishiga, tan jarohati olishiga, shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga, yo‘ldagi sun’iy inshoatlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy zararlar yetkazilishiga sababchi bo‘luvchi halokatlarga aytiladi.
Yo‘l-transport hodisalari uchun quyidagi 3 holat xarakterli:

  • hodisada loaqal bitta transport vositasi ishtirok etadi. Yo‘lda sodir bo‘ladigan har qanday qayg‘uli hodisa, transport vositasi ishtirok etmasa, u yo‘l-transport hodisasi deb aytilmaydi;

  • yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositasi albatta ha- rakatda bo‘lishi kerak. Masalan, to‘xtab turgan joyida, ta’mirlash ishlari natijasida avtomobil yonib ketsa, bu yo‘l-transport hodisasiga kirmaydi;

  • hodisa oqibatida odamlar o‘lgan, jarohatlangan yoki moddiy zarar yetkazilgan bo‘ladi.

Amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi quyidagi 9 turdan iborat:

  1. to‘qnashuv;

  2. ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish;

  3. turgan transport vositasini urib ketish;

  4. to‘siqlarga urilish;

  5. piyodalarni bosib (urib) ketish;

  6. velosipedchini bosib (urib) ketish;

  7. aravani bosib (urib) ketish;

  8. hayvonlarni urib (bosib) ketish;

  9. boshqa (qolgan) yo‘l-transport hodisalari.

To‘qnashuv. Bunga transport vositalarining qarama-qarshi tomonidan, bir yo‘nalishda yoki yon tomondan harakatlanayotgan vaqtdagi to‘qnashuvi, temir yo‘l transporti bilan avtomobil transportining to‘qna- shuvi, to‘satdan to‘xtagan transport vositasi bilan to‘qnashish kabilar.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling