Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet2/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ

1-mavzu. AVTOMOBILNI BOSHQARISH TEXNIKASI

Avtomobilni xavfsiz boshqarishda haydovchining ish o‘rniga qanday o‘tirganligi juda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, haydovchi ish o‘rnida shunday joylashishi kerakki, u barcha boshqarish organlarini bemalol boshqara olishi, yo‘lni yaxshi kurashi va tezda charchamasligi lozim. Haydovchining ish o‘rnida to‘g‘ri joylashgani 1-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, haydovchining orqasi suyanchiqda vertikal holatda tekis tegib turishi, rul chambaragini tutib turgan qo‘llari esa biroz tirsakdan egilgan, qo‘l barmoqlari rul gardishini tashqi tomondan qurshab olgan bo‘lishi kerak.


Oyoqlarning to‘g‘ri joylashganida tizza osti bo‘shliq o‘rindiq pastki chetidan 3-5 sm masofada oyoq biroz oldinga cho‘zilgan va hech qachon rul chambaragiga tegmasligi kerak. Ushbu rasmda ko‘rsatilganidek, haydovchining o‘z ish o‘rnida joylashuvi uch tayanch nuqtasi bilan ta’minlanadi. I – orqa, II – bel, III – oyoq va haydovchi ko‘zining yo‘nalishi oldinda uzoqqa qaratilgan bo‘lishi lozim.


1-rasm. Rul chambaragida haydovchining to‘g‘ri joylashuvi.




  1. rasm. Tashqi va ichki ko‘zgularni yengil va yuk avtomobillarda to‘g‘ri o‘rnatish tartibi.

Chap tashqi ko‘zgu to‘g‘ri o‘rnatilganda uning pastki o‘ng burchagida avtomobil g‘ildiragi va yukxonaning oxirgi qismi ko‘rinishi kerak. O‘ng tashqi ko‘zguni o‘rnatish ham shunday bo‘ladi. Ichki ko‘zgu avtomobilning orqasidagi harakat bo‘laklarini va yo‘l chetlarini ko‘rsatishi kerak.


a)


b) v)


3-rasm.

Haydovchining to‘g‘ri joylashuvi uning oyoq kaftidan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. 3-rasmda ko‘rsatilganidek, oyoq kaftini shartli uch qismga bo‘lish mumkin:



    1. ishlashish muftasining harakatlanish chizmasi;

    2. oyoq kaftining tepkilardagi to‘g‘ri joylashish chizmasi;

v) bir oyoq bilan tormoz va gaz tepkilarini to‘g‘ri bosish chizmasi.
I qism (oldingi) – sezgir va egiluvchan. Bu qism bilan yoqilg‘i uzatishni boshqarish tepkisini ishlatish qulay. Bunda oyoqning poshna qismi, albatta, kabina tagligiga suyanishi kerak.
II qism (o‘rta) – kuchli va egiluvchan qism. Bu qism bilan ilashish mexanizmi va tormoz tepkilari ishga solinadi.
III qism (poshna) – eng kuchli, ammo sezgir emas. Bu qism bilan ishlash qulay emas, shuning uchun u tayanch vazifasini bajaradi.
Chap oyoq bilan ilashish mexanizmi tepkisi, o‘ng oyoq bilan tormoz va yoqilg‘i uzatish tepkilari boshqariladi.
4-a rasmda o‘rindiqni oldinga va orqa surish, o‘rindiq suyanchig‘i va boshtiragichni hamda xavfsizlik tasmasini sozlash richaglari ko‘rsatilgan. 4-b rasmda haydovchi o‘rindiq suyanchig‘ini qanday sozlab orqa va belining tekis tegib turishini ta’minlash holati, boshtiragichni to‘g‘ri o‘rnatish holati (bunda boshtiragichning yuqori qismi bilan barobar bo‘lishi kerak) hamda rul chambaragining o‘ziga moslab olish holati
ko‘rsatilgan.
4-v rasmda haydovchining o‘z o‘rnida to‘g‘ri joylashganligini tekshirish, ya’ni u gavdasini suyanchiqdan uzmasdan o‘zidan uzoqda
joylashgan uzatmalarni almashtirish dastagini bemalol ishga solishi va bunda chap qo‘li rul chambaragida cho‘zilgan bo‘lishi kerakligini, shuningdek haydovchi rulda to‘g‘ri joylashganda xavfsizlik tasmasini sozlash holati ko‘rsatilgan (buni tekshirishda o‘ng qo‘l kafti ko‘krak qafasi maydonida tasma ostiga zo‘rg‘a kirishi kerak).




4-rasm. Haydovchi o‘rindig‘ini sozlash.
Avtomobilni boshqarish xavfsizligi nafaqat insonning psixofizologik xususiyatlariga, balki haydovchining boshqarish joyi sharoitlariga ham bog‘liq. Shu bois, uchun haydovchi ish joyini to‘g‘ri tanlashi kerak. Haydovchining ish joyi bu avtomobilning kabinasidir. Haydovchining o‘z ish joyini noto‘g‘ri tanlashi, avtomobilni boshqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Haydovchining ish joyiga to‘g‘ri o‘tirishi deb, haydovchi gavdasi orqa qismining o‘rindiqqa to‘laligicha jipslanishi, oyoqlarining bemalol tepki (pedal)larga yetishi, rul chambaragini ushlaganda qo‘llarning tirsaklari biroz bukilgan bo‘lishi kerak. Bu holat haydovchi toliqishining oldini oladi.
Haydovchi asosiy axborotni yo‘l sharoitini kuzatish orqali oladi va avtomobil salonida o‘rnatilgan har xil o‘lchov asboblari yordamida olinadigan axborotlar uning uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
Axborotlarning xarakteri va hajmi juda tez o‘zgaruvchan bo‘lib, u doimo haydovchidan muntazam ravishda yo‘ldagi harakat sharoitini katta diqqat-e’tibor berib kuzatishni taqozo qiladi. Haydovchining ish-faoliyati juda murakkab jarayon hisoblanadi.
Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rayotganda kiyim qulay bo‘lishi zarur. Qishki yuqori kiyimlarni yechib qo‘ygan ma’qul. Ayollarga boshlang‘ich amaliy mashg‘ulotlarda baland poshnali oyoq kiyim kiymaganlari ma’qul, taqinchoqlari boshqarishga xalaqit beradigan holatda ularni yechib qo‘yishi lozim.
Qoidaga ko‘ra tinglovchi avtomobilni amaliy boshqarishni o‘rgatadigan avtomobil markasini oldindan bilishi va bunda avtomobilni boshqarishdan oldin uning boshqaruv organlari va ularning avtomobil salonida joylashuvini diqqat bilan o‘rganib chiqishi lozim. Boshqaruv organlarining salonda joylashishi hamda ulardan foydalanish tartibini quyidagi rasmda ko‘rib chiqamiz.


5-rasm. Avtomobil boshqaruv organlarining namunasi (Nexia-2 misolida):



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling