Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet6/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ

Avtomobilning konstruktiv xavfsizligini kompleks baholash. Avtomobilni aniq bir sharoitda qo‘llash va uning konstruksiyasi talablariga mos kelishi undan foydalanish xususiyatlari orqali aniqlanadi. Alohida foydalanish xususiyatlarini baholash uchun kompleks o‘lchamlar va ko‘rsatkichlar xizmat qiladi.
O‘lcham – avtomobilning ma’lum bir foydalanish xususiyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir. Masalan, avtomobilning dinamik (harakat- lanuvchanlik) o‘lchamlari bo‘lib tezlik va tezlanish xizmat qiladi. O‘lcham foydalanish xususiyatlarini sifat jihatidan xarakterlaydi. Ba’zan u yoki bu xususiyatni to‘liq baholash uchun bir nechta o‘lchamlar zarur.
Ko‘rsatkich – o‘lcham kattaligining miqdoriy jihatini xarakterlovchi son. Ko‘rsatkich avtomobilning ekspluatatsion qobiliya- tini ma’lum ishlash sharoitida baholash imkonini beradi. Avtomobilning tortish dinamik ko‘rsatkichlaridan biri uning yaxshi qoplamaga ega bo‘lgan yo‘lning gorizontal qismida erishgan eng yuqori tezligi hisoblanadi.
Avtomobil sifati deganda o‘zining belgilangan vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarini mos ravishda qondirilishi mumkin bo‘lgan qobiliyatlar yig‘indisi tushuniladi. Avtomobilning sifatiga qo‘yilgan talablar avtomobil sanoati majmuasida keltirilgan.
Konstruktiv xavfsizlik avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari majmuidan biri hisoblanadi. Uning miqdoriy xarakteristikasi uchun boshqa foydalanish xususiyatlari qatori, eng kam tormoz yo‘li, maksimal sekinlashish, sirg‘alib ketish hamda ag‘darilishga qarshilik qobiliyati kiradi. Shu bilan birga, kritik tezlik kabi xavfsizlikning faqat alohida aspektlariga avtomobilning umumiy parametrlari, agregatlarning chiqish xarakteristikalari va ularning texnik holati ham kiradi.
Umuman, avtomobil hamisha, har qanday ob-havo va yo‘l sharoitida xavfsiz bo‘lishi lozim. Shuning uchun avtomobil transportining har bir xodimi avtomobilning konstruktiv xavfsizligini baholay olishi va asosiy turdagi avtomobillarning konstruktiv imkoniyatlarini bilishi zarur.
Avtomobillashtirish jamiyatining iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish katta ahamiyat kasb etadi. Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab kishilarning halok bo‘lishlari yoki tan jarohatlari olishlari, shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasidagi ko‘plab yetkazilayotgan moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan o‘tadigan yo‘llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo basseynlarining ifloslantirilishi, ko‘chalarning to‘xtab turuvchi avtomobillar tomonidan to‘sib qo‘yilishi va nihoyat, transportlarning ushlanib qolishi va harakat tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir.
Avtomobil transport tizimida yuklarni tashish jarayonida respublika va boshqa davlatlarning yo‘llaridan foydalaniladi. Bu yo‘llardan foydalanishda avtokorxona boshqa transport tizimida tashilgandagiga nisbatan arzon tushadi va tashilgan yuklarning tannarxini arzonlashtiradi. Boshqa davlatlarning yo‘llaridan foydalanishda har ikki davlat kelishuviga asosan yo‘l fondiga o‘rnatilgan miqdordagi to‘lovlar to‘lanadi hamda ekologik xavfsizlik uchun to‘lov ekologik sertifikat oladi. Bu sertifikatni olishdan maqsad shuki, har bir transport vositasi harakat davomida yurgizgichi ishlashi natijasida atrof-muhitga zaharli moddalarni ishlab chiqaradi. Bu to‘lovdan tushgan mablag‘lar hisobiga respublikadagi avtomagistrallar, katta yo‘llar va xalqaro yo‘llar
chekkasiga daraxtlar ekilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.
Avtomobil sanoati kengaygan sari yonilg‘iga talab ham ko‘payadi. Dunyo bo‘yicha barcha avtomobillar kuniga o‘rtacha 15 litrdan yonilg‘i sarflar ekan. Bu degani atmosferaga qanchadan- qancha zaharli gazlar ishlab chiqarilmoqda. Ushbu maqsadda ekologik buzilishning oldini olish uchun, yuqorida aytganimizdek, kislorod ishlab chiqaruvchi daraxtlar va qo‘shimcha sun’iy o‘rmonlar tashkil etilmoqda.
Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan avtomobillar harakatining quyidagi o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatish mumkin:

    • avtomobil transportining talablariga javob beradigan yo‘llar bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi;

    • avtomobillar harakati yo‘l harakatining boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalar harakatlanish madaniyatining pastligi;

    • haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali, kam ko‘nikmaga ega bo‘lgan havaskor haydovchilarning ko‘pligi hamda yo‘l harakat qoidalariga rioya qilmaydigan haydovchilarning mavjudligi;

    • foydalanuvdagi transport vositalarining ko‘plab texnik nosozliklari.

Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga faol kirib borishi transport kommunikatsiyalarining a’lo darajada rivojlantirish- ni talab etadi. Bu esa, birinchi navbatda, avtomobil yo‘llarining ustuvor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi.
O‘zbekiston jahon bozoriga chiqish uchun transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha maqsadli tadbirlar o‘tkazilmoqda hamda respublika va chet el yaqin-uzoq mamlakatlari avtomobil yo‘llari integratsiyasi va hamkorlik bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga quyidagi transport yo‘llarini misol qilib ko‘rsatish mumkin:

  • Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkishtim – Qashqar – Lyanyungan – Shanxay;

  • Toshkent – Samarqand – Buxoro – Chorjuy – Ashgabat – Mashxad

  • Bender – Abbos;

    • Termez – Shibirg‘on – Moymona – Hirot – Qondoxor – Chaman – Kvetta – Qarachi;

    • Qizil o‘rda – Uchquduq – Nukus – Toshhovuz – Ashgabad – Mashxad – Bender – Abbos.

Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash bo‘yicha quyidagi bir nechta xalqaro shartnomalar qabul qilingan:

    • Transkavkaz yo‘lagini tashkil qilish to‘g‘risidagi Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston, O‘zbekiston o‘rtasida 1996-yil may, 1998-yil sentabr oylaridagi shartnomalar;

    • BMT hamkorligida 1997-yil aprel va 1998-yil fevral oylarida o‘tkazilgan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR), Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi bitimlar;

    • O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida

1998-yil aprelda «Toshkent – O‘sh – Irkishtom» avtomobil yo‘lini loyihalash, qayta qurish va foydalanish bo‘yicha bitim;

    • Toshkent shahrida 1999 yil aprel XXR, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Turmaniston va O‘zbekiston Respublikalari o‘rtasidagi ishchi yig‘ilishida zamonaviy Ipak yo‘lining «Lanyungan – Qashqar – Toshkent – Turkmanboshi – Baku – Poti – Batumi – Konstansa»dan Rotterdamigacha boruvchi qismi bo‘yicha o‘zaro bayonnoma;

    • Toshkent shahrida 1999 yil sentabrda Buyuk ipak yo‘lini tiklash bo‘yicha navbatdagi xalqaro anjumanda Ipak yo‘li transport yo‘lini tiklash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bayonnoma.

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 18 avgustdagi 396-sonli «Avtotransport vositalarining katta tezlikdagi harakatini ta’minlovchi Andijon – Toshkent – Nukus – Qo‘ng‘irot xalqaro avtomagistrali qurilishini loyihalash to‘g‘risida»gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan istoqbolli rejasiga asosan mavjud avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion sifatlarini yaxshilash borasida muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkent – O‘sh Avtomobil yo‘lining 110-195 kilometrlarida katta hajmda qayta qurish ishlari o‘tkazildi va qisqa muddat ichida «Qamchiq» va «Rezak» dovonlarida umumiy uzunligi 2500 km bo‘lgan avtomobil yo‘llari tonnellari qurildi va foydalanishga topshirildi.
Respublikadagi umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘l tarmoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari (5-jadval) 1995 yildan 2010 yilgacha atigi 2,6 % ko‘payadi. Bu esa respublikada kelajakda yo‘l tarmoqlari asosan tez yurar avtomagistrallar va yirik shaharlarni aylanib o‘tuvchi yo‘llar qurilishi hisobiga ortishi ko‘zda tutilgan.
Quyidagi ichki omillar transport vositalari va haydovchiga aks ta’sir etib, uni boshqarishni murakkablashtiradi va yo‘l-transport hodisalariga olib kelishi mumkin:






  1. Download 1.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling