Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet8/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ

Halokatlilik koeffitsiyenti deb yo‘l bo‘lagining reja va kesimidagi har xil elementlaridagi YTHning sonini yo‘lning etalon qismidagi hodisalar soniga nisbatiga aytiladi.
Harakat miqdori 5000 avt/sutkadan oshmaydigan, ikkita bo‘lakli, qat- nov kengligi 7,5 m, yo‘l yoqasining kengligi 3,0 m, aholi yashaydigan punktdan o‘tmagan, ko‘tarmaning balandligi 1,0 metrdan oshmaydigan, rejada va kesimda ko‘rinishi ta’minlangan to‘g‘ri yo‘l bo‘lagi etalon yo‘l qismi deyiladi.
Bunday yo‘l bo‘lagida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haydovchi- ning, piyodaning tartibsizligi yoki transport vositasining nosozligi oqibatida sodir etilgan deb hisoblanadi. Avtomobil yo‘lining xavflilik darajasi bu usulda yakuniy halokatlik koeffitsiyenti orqali aniqlanadi.


    1. mavzu. HAYDOVCHINING PSIXOFIZILOGIK VA RUHIY SIFATLARI


Insonning psixofizilogik xususiyatlarini uning organizmidagi jismoniy va ruhiy jarayonlar belgilaydi. Bunday xususiyatlarga qabul qilish, e’tibor oshirish, fikr yuritish, esda saqlash, his etish, iroda va shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari kiradi,
Haydovchi ish faoliyati jarayonida har xil ishlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, u o‘z smenadoshidan mashinani qabul qilib olishi, uni yo‘nalishga chiqishga tayyorlashi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishi, yoqilg‘i qo‘yishi, transport vositasini boshqarib, yo‘lovchi yoki yuk tashishi, yuklarni ortish-tushirishni kuzatishi (ayrim hollarda bu ishda o‘zlari ishtirok etadilar, ish oxirida avtomobilni smenadoshiga topshiradi) va h.k. Lekin ushbu ishlarning ichida haydovchi uchun eng asosiysi avtomobilni boshqarishdir.
Avtomobil boshqarish jarayoni haydovchini transport vositasi, yo‘l va tevarak-atrofdagi muhit bilan bog‘lab, bir butun tizimni tashkil qiladi. Bu sistemaning barcha tashkil etuvchilari bir-biri bilan bog‘liq. Haydovchi doimiy ravishda yo‘ldagi narsalarga (avtomobil, piyoda, svetofor, yo‘l belgilari), atrof-muhit holatini (harorat, namlik, yoritilganlik) nazorat qila- di. Haydovchi bajarayotgan ishi mohiyatidan kelib chiqib, o‘zi va transport vositasining imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakatlanish tartibi (tezlik, yo‘nalish)ni belgilaydi. Bundan tashqari, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilib, harakatlanish rejimi ko‘zlaganidan chetga chiqsa uni tuzatadi. Haydovchi-Avtomobil-Yo‘l tizimida asosiy bug‘in (zveno) haydovchi hisoblanadi. Avtomobilni boshqarish paytidagi haydovchining ish jarayon- larini boshqa murakkab mashinalar operatorlari faoliyatiga ham o‘xshatish mumkin (uchuvchi, yagona energo tizim boshqarish pulti navbatchisi). Ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlar esa axborotlarni qayta ishlash, xulosa qilish, boshqarish, nazorat qilish amallaridir. Lekin haydovchining ish faoliyatidagi boshqarish usullari boshqa turdagi operatsiyalardan tubdan farq qiladi. Boshqa operatorlar axborotni priborlar ko‘rsatmasidan olsa, haydovchi bevosita yo‘l vaziyatini kuzatib boradi, priborlardan oladigan axborot u uchun ikkinchi darajali hisoblanadi. Haydovchi oladigan
axborotlarning xarakteri va hajmi tez-tez o‘zgarib turadi.
Axborotning katta oqimi yoki uning jadal o‘zgarishi, (masalan, intensiv harakatlanishda) uni o‘z vaqtida qabul qilish, qayta ishlash va to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini bermasligi mumkin.
Uzluksiz harakatlanish, taqiqlovchi ishoralar, yo‘l belgilari, harakat ishtirokchilarining xatti-harakatlari oqibatida buzilib turadi. Haydovchining bajaradigan boshqarish amallari shunchalik ko‘pki, ularni bajarishda bir qism amallar xato bajarilishi mumkin. Shaharlarda intensiv harakatlanish sharoitida yo‘nalishdagi avtobus yoki taksi haydovchisi ish smenasida (7-8 soat) qariyb 5,5 ming boshqarish amallarini bajaradi. Axborotni olish qayta ishlashga vaqt yetmasligi sababli shulardan qariyb 20 foizi xato bajariladigan amallar bo‘ladi. Ayniqsa, to‘satdan xavfli vaziyat vujudga kelganda haydovchi vaqt tanqisligi natijasida tang ahvolda qoladi, kechikish esa yo‘l-transport hodisasiga olib kelishi mumkin.
Haydovchining axborot qabul qilish xususiyati, yo‘lda joylashgan narsalar, yo‘l holati, transport vositasi haqidagi axborotlar haydovchiga sezgi organlari orqali ta’sir etib, tevarak-atrofdagi narsalarning inson ongida alohida ko‘rishishlarini namoyon etadi.
Insonning axborot qabul qilish xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

      • ko‘rish

      • sezish;

      • eshitish;

      • teri-mushak tebranish;

      • his etish;

      • hid sezish.

Haydovchining ish faoliyatida ko‘rish va sezish eng asosiy qobiliyatlar hisoblanadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling