Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet7/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ

avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar:

  1. avtomobil yo‘lining relyefi:

      • pastlik;

      • balandlik;

      • plandagi egri chiziq bo‘yicha yo‘nalish;

      • viraj;

      • serpantin.

  1. ob-havo sharoitlari:

      • yomg‘ir;

      • qor;

      • do‘l;

      • tuman;

      • bo‘ron;

      • girdob.

  1. sun’iy yoritilmaganlik;

  2. harakatni tartibga soluvchi texnik vositalar (yo‘l chiziqlari, yo‘l belgilari, va svetoforlar)ning yo‘qligi yoki yetarli emasligi;

  3. ajratuvchi, yo‘naltiruvchi va ushlab qoluvchi moslamalarning yo‘qligi yoki yetarli emasligi;

  4. yo‘l qoplamasining qoniqarsizligi, yo‘l sharoitining yomonligi.

Avtomobil yo‘lining harakatlanish uchun xavflilik darajasini aniq- lash yo‘ldan foydalanishda, harakatni to‘g‘ri tashkil qilishda, shuningdek, harakat xavfsizligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishda yoki yo‘lni ta’mirlashda birlamchi asosiy tayanch ma’lumot bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi paytda avtomobilning xavfli bo‘laklarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:

    • xavfsizlik koeffitsiyenti;

    • halokatlilik koeffitsiyenti;

    • YTH statistikasi;

    • ziddiyatlik vaziyat.

Transportdan foydalanish jarayonida yo‘lning sifatini va harakat xavf- sizligini baholashda asosiy vazifalardan biri harakat tartib-qoidalariga sezi- larli ta’sir qiluvchi yo‘l qismlari yoki uning alohida bo‘laklarini aniqlash- dan iborat. Bunday joylarda asosan yo‘l-transport hodisalari tez-tez ro‘y berib turadi.
Harakat xavfsizligi jihatidan yo‘l bo‘laklarini baholash usullaridan biri xavfsizlik koeffitsiyentidir. Uni yakka holda harakatlanayotgan yengil avtomobilning nazariy tezligini hisoblash yoki maxsus jihozlangan laboratoriya avtomobilini yo‘ldan tajribaviy o‘tkazish orqali aniqlanadi.
Avtomobil yo‘lining xavfli bo‘laklarini aniqlashda amaliyotda ko‘pincha halokatlilik koeffitsiyenti qo‘llanadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling