Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L
Obyekt Harakatlanish
Download 1.64 Mb.
|
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘l qoplamasi (holat)
- Yo‘lning umumiy yo‘nalishi
Qorong‘i paytlarda yo‘lni yoritilganlik yomonlashganligi oqibatida ko‘z qamashganda ko‘rish keskin yomonlashadi. Yo‘lning bir qismi va undagi narsalarning ko‘pi yoritilmaydi va haydovchi uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni faqat taxmin qila olishi mumkin. Yoritilgan joylarda obyektlar to‘satdan paydo bo‘ladi, ularni aniqlashda ko‘p vaqt sarflanadi. Qorong‘i paytlarda va ko‘rinish yomon bo‘lgan paytlarda va vaqtlarda haydovchi bir soniyada 1-2 obyektni qabul qilishi (ko‘rishi) mumkin. Obyektning foni va atrof-muhitdan keskin farq qilishi katta ahamiyatga ega. Yozda haydovchi qora yo‘l fonida uzoq masofada ochiq kiyim kiygan piyodani ko‘radi, qora kiyim kiyganni ko‘rmasligi mumkin, qishda qorli yo‘l fonida aksincha qora kiyimli piyoda yaxshi ko‘rinadi, ochiq rangli kiyim kiygan deyarli ko‘rinmaydi. Qorong‘i paytlarda narsalarning rangini deyarli sezish mumkin emas. Ular rangi bilan emas, balki konturi va ochiqligi bilan farq qiladi. Keskin farq qilib bo‘lmaydigan ochiqlik bo‘lmaganda haydovchi obyektlar konturining farqiga bormaydi. Shuning uchun kunduzi ochiq havodagiga ko‘ra tunda obyektlarni aniqlash masofasi 2 barobar qisqaradi, ammo ular haydovchiga uzoqda turgandek tuyulishi mumkin. Qorong‘i paytlarda yo‘lning yoritilganligi keskin farq qilishi sababli yo‘lning har bir yangi qismiga haydovchining ko‘zi moslashishi kerak. Adaptatsiya (moslashuv) vaqti davomida narsalarni farqlash va baholash yanada ko‘proq qiyinlashadi. Yorug‘lik adaptatsiyasi ham qorong‘ilik adaptatsiyasi ham xavfli hisoblanadi. Agar uzoq vaqt qorong‘ilikda turgandan keyin, ochiq chiroq yoqilsa ko‘zda biroz og‘riq paydo bo‘ladi. Lekin odam deyarli bir vaqtni o‘zida hamma narsani ko‘radi, chunki yorug‘lik adaptatsiyasiga bir necha lahza talab qilinadi. Ko‘z qamashgandan keyin, kuchli yorug‘likdan keyingi qorong‘ilikka moslashuviga bir necha lahzadan 2 daqiqagacha vaqt talab qiladi. Bu haydovchining o‘ziga xos xususiyatiga, yorug‘lik kuchi va uning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Haydovchi uchun burilishlarda, chorrahalarda, yo‘lning bo‘ylama baland-past joylarida to‘satdan ko‘zning qamashgani juda xavfli hisoblanadi. Sezish axborotni qabul qilishning ruhiy (psixologik) jarayoni bo‘lib, u orqali haydovchi narsalarning holati va xususiyatini anglaydi (jumladan, yo‘lda qo‘zg‘aladigan yoki qo‘zg‘almaydigan narsalar, ularning formalari, o‘lchami, rangi). Sezish asosida ancha murakkab ruhiy jarayon – qabul qilish shakllanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling