Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L
Download 1.64 Mb.
|
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ
Latent davri davomida sezish va qabul qilish, vaziyatni baholash va oldindan ko‘rish, shuningdek xulosa qilish jarayonlari kechadi. Oddiy reaksiya latent davrining taxminiy davomiyligi yorug‘likka 0,2 tovushga 0,14 soniyani tashkil qiladi. Latent davrining davomiyligi haydovchining o‘ziga xos psixofiziologik xususiyatlari, uning holati va tajribasi, yo‘l- transport vaziyati xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi.
Motor davrida bajariladigan amal murakkabligi haydovchining yoshi va ishorasining kutilmaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy reaksiya motor davrining o‘rtacha vaqti (laboratoriya sharoitida) 18-22 yoshli haydovchi uchun qizil ishorada 0,48-0,56, 45-60 yoshda 0,78-1,96 soniya, murakkab reaksiyada esa tegishlicha 1,05-1,96 va 1,59-2,61 soniyani tashkil etadi. Bir yoshdagi bir xil ish stajli bir xil sharoitdagi turli haydovchilarning motor davri unchalik farq qilmaydi. Bunga kundalik hayotda avtomobil boshqarishda tizimli ravishda bajarish va bir necha marta takrorlash bilan erishiladi. Reaksiya vaqti qancha ko‘p bo‘lsa, haydovchiga xavfli oqibatlarning oldini olishi uchun amal bajarish shunchalik qiyin kechadi. Turli haydovchilar uchun umumiy reaksiya vaqti 3-4 marta farq qilishi, ya’ni amalda bir haydovchi boshqasiga nisbatan ancha murakkab vaziyatda turib bir xil ishoraga tezroq javob berishi mumkin. Yo‘lning to‘g‘ri qismida, burilishlar, balandlik va pastliklar bo‘lmaganda, bir xil vaziyatli joylarda haydovchining holatni qabul qilish qobiliyati yomonlashadi va ishorani qabul qilishi uzayadi. Agar 100-150 km masofada to‘g‘ri yo‘l yursa, haydovchi uyqusirashni va lanjlikni seza boshlaydi. Bunday yo‘l qismlarida yo‘l intensivligi va haydovchining vaziyatga tayyorligi keskin pasayadi, xavfli vaziyat vujudga kelishi uning uchun hamma vaqt kutilmagan hodisa hisoblanadi. Harakatlanish tezligi oshishi bilan e’tibor intensivligi oshadi, shu sababli ishorani qabul qilish vaqti kamayadi. Ba’zan ishorani qabul qilish eng kam vaqti tezlik soatiga 80 km va undan yuqori bo‘lganda kuzatiladi. Haydovchi kuzatadigan yo‘l sharoiti uzluksiz o‘zgarib boradi va u har doim yangi xulosaga kelishiga to‘g‘ri keladi. Vaziyatni to‘g‘ri baholab, uning rivojlanishini to‘g‘ri tasavvur qilish uchun qabul qilish va sezish yetarli emas. Fikrlash – bu oliy anglash bo‘lib, u orqali odam ongiga nafaqat qabul qilinadigan obyektlarning tashqi qiyofasi, balki ularning mehnati anglanadi. U aynan ko‘rinmaydigan narsalarni anglashga imkon beradi, o‘zi va boshqa odamlarning xatti-harakatlari natijasida vujudga keladigan hodisalarni oldindan ko‘ra bilishni ta’minlaydi. Haydovchi ish faoliyatida, yaqindagi maqsadiga yo‘naltirilgan, amalda bajarish paytida yuzaga keladigan operativ fikrlash xarakterlidir. Haydovchi fikrlashining xususiyati shundaki, bunda yo‘l vaziyatini baholash va xulosaga kelish vaqti cheklangan, bir qarorga kelib, unga amal qilish juda tez bo‘lishi kerak. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling