Avtomobilning yurish rovonligi xususiyati. Reja


Avtomobilning tebranishi va unga ta’sir etuvchi omillar


Download 253.75 Kb.
bet2/4
Sana19.12.2022
Hajmi253.75 Kb.
#1033518
1   2   3   4
Bog'liq
8. Avtomobilning yurish rovonligi xususiyati

4. Avtomobilning tebranishi va unga ta’sir etuvchi omillar.
Avtomobil tebranmay ravon harakat qilganda uning ish unumi va o’rtacha tezligi ortadi, xizmat muddati ko’payadi, yonilg’i sarfi kamayadi va haydovchi hamda yo’lovchini kamroq toliqtiradi. SHuning uchun tebranishni kamaytirish, yurish ravonligini yaxshilash zamonaviy avtomobillarga qo’yilgan asosiy ekspluatatsion talablardir.
Avtomobilni tebranishiga asosan yo’lning notekisligi sabab bo’ladi.
Avtomobil ko’p massali tizim bo’lgani uchun uning tebranishi juda murakkabdir.
Avtomobilning tebranishini tadqiq qilish uchun avtomobil massasini ikki guruhga bo’linadi: ressorlangan va ressorlanmagan.
Avtomobilning ressorlangan massasi osmaning elastik qismiga uzatiladigan massasi bo’lib, unga yuki bilan kuzov, kabina, rama va unga biriktirilgan ichki yonuv dvigateli, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi kiradi.
Ressorlanmagan massaga massalari m1 va m2 bo’lgan oldingi va orqa ko’priklar va g’ildiraklar, bikrligi Sp1 va Sp2 bo’lgan osmalar, Ssh1 va Ssh2 bikrlikka ega bo’lgan shinalar hamda K1 va K2 qarshilikka ega bo’lgan amortizatorlar kiradi (26.2-rasm).
Agar avtomobilning og’irligi tufayli shinaning ezilish deformatsiyasini Zsh, osmalarning ezilish deformatsiyasini Zp desak, umumiy ezilish (deformatsiya):

U vaqtda osma-larning umumiy keltirilgan bikrligi quyidagicha bo’ladi:


26.2-rasm. Avtomobilning tebranuvchi tizimlari va elastik
massalarning bikrligi

Tebranish tik bo’lganligi uchun, u quyidagi qonunga bo’ysunadi:



bu yerda, Z-og’irlik markazining berilgan vaqtda neytral holatdan siljishi.
Avtomobilni tebranishi so’nuvchi bo’lgani uchun yuqoridagi ifodani yechimi quyidagicha bo’ladi:
, (14.10)
bu yerda lekin ;
bu yerda, Sp-oldingi va orqa osmalarning umumiy bikrligi; Zp-oldingi va orqa osmalarning umumiy ezilishi. Ssh-oldingi va orqa shinalarning umumiy bikrligi; Ga-avtomobilning yuk bilan og’irligi; t-tebranish boshlangandan so’ng o’tgan vaqt.
Avtomobilning oldi va orqa osmalarning umumiy bikrligi Sp=200-.600 N/sm, shinasining bikrligi Ssh=2000-4500 N/sm ga tengdir.
To’la yuklangan yengil avtomobilning resorlangan m massasini uning ressorlanmagan massalarining yig’indisiga nisbatini avtomobilni ressorlanganlik koeffitsienti deyiladi:
, (14.11)
bu yerda, oldingi va orqa g’ildiraklar va ko’priklarning ressorlanmagan massalari, koeffitsient qancha yuqori bo’lsa, avtomobilning ravon yurishi shuncha yaxshi bo’ladi.
SHuning uchun ni qiymatini oshirish uchun ressorlanmagan massalarning og’irligini kamaytirish lozim. Ressorlanmagan massani kamaytirish hisobiga ressorlangan massa ko’paytiriladi.
Engil avtomobillar uchun =6,5-7,5; yuk avtomobillar uchun =4-5 ga teng bo’ladi.
Ressorlanmagan massalarni ozaytirilishi turtki kuchlarini kamaytiradi. Ressorlangan massalarni ko’payishi turtkilarni kamayishiga sabab bo’ladi.
Yuk avtomobilning yurish ravonligini oshirish uchun ularni doim to’la yuklash lozim. Bu holda m massa yukning hisobiga ortadi va natijada koeffitsient ham ortadi.

Download 253.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling