Avtomobilning yurish rovonligi xususiyati. Reja


Download 253.75 Kb.
bet3/4
Sana19.12.2022
Hajmi253.75 Kb.
#1033518
1   2   3   4
Bog'liq
8. Avtomobilning yurish rovonligi xususiyati

4.1. Avtomobilning tebranishi
Avtomobil yo’lda yurib harakatlanayotganda uning kuzovi, kabinasi, ramasi va ramaga o’rnatilgan mexanizmlar fazoda joylashgan bo’lib, oltita erkinlik darajasiga ega (uchta chiziqli va uchta burchakli), ular o’zaro tik bo’lgan OX, OU, OZ o’qlar bo’ylab va o’qlar atrofida tebranib harakatlanadi (26.3-rasm).

26.3-rasm. Avtomobilning tebranishi
To’g’ri chiziqli tebranish:
Z-Z o’q bo’ylab sakrab-tushib tebranish;
X-X o’q bo’ylab tortilib-qaytib tebranish;
U-U o’q bo’ylab qimirlab tebranish.
Burchakli tebranish:
U-U o’q atrofida qimirlab tebranish (galopirovanie);
X-X o’q atrofida tebranib tebranish;
Z-Z o’q atrofida ta’sir ko’rsatib tebranish.
Avtomobilning yurish ravonligini osonlashtirish uchun ikkita erkinlik darajasiga ega bo’lgan tizim deb qabul qilinadi:
Birinchisi Z-Z o’q bo’ylab tik tebranish;
Ikkinchisi-ko’ndalang U-U o’q atrofida burchakli tebranish. Ikki xil tebranishlar birgalikda odam organizmiga katta ta’sir qiladi. Misol: piyoda yurgan odamning o’rtacha qadami 0,75m va yurish tezligi 3-4 km/soat bo’lsa, odamning yuqoriga tebranishi (3000-4000)/(0,75·60)=67-89marta/min. Bo’ladi, tezlik 4-5 km/soat bo’lsa tebranish soni 90-110 marta/min. Bo’ladi. Yengil avtomobilning tebranishi minutiga 60-80 marta, yuk avtomobilniki minutiga 100-130 martaga teng. SHuning uchun avtomobilning tik tebranishini yumshoq osmalar va amortizatorlar yordamida kamaytiriladi.
Avtomobilning burchakli tebranishini esa, osma konstruktsiyasini takomillashtirish va avtomobil massasini bo’ylama o’q bo’yicha to’g’ri taqsimlash hisobiga va amartizator hisobiga kamaytirish mumkin.
Haydovchini toliqmasligi uchun uning o’rindig’i prujinali osma bilan, yo’lovchilarni toliqmasligi uchun o’rindiqlar prujinali yoki yumshoq bo’lishi zarur.
Amortizatorlar prujinali, ressorli, gidravlik va rezinali bo’lib, ular g’ildirak bilan rama yoki kuzovning orasiga o’rnatiladi.
Osma va amortizatorlar ishining samaradorligi tik tebranishni so’nish koeffitsienti h orqali aniqlanadi:
. (14.12)
bu yerda Ka-amortizatorning qarshilik koeffitsienti, N·c/m; mk-g’ildirakka tushgan ressorlangan, massa, N·c2/m;
So’nish koeffitsienti bilan osma bikrligi (erkin tebranishning burchakli chastotasi- ) orasidagi bog’lanishni tik tebranishning so’nish nisbiy koeffitsienti orqali aniqlanadi:
, (14.13)
Zamonaviy avtomobillar uchun 0,15-0,3. Erkin tebranish amplitudasini bir davr ichida so’nish intensivligini tik tebranishlar dekrementi deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi:
-.
bu yerda, Z1, Z2-tebranishning dastlabki va ohirgi davrdagi amplitudalari;
Z1', Z2'- ishorasi manfiy bo’lgan tebranishning dastlabki va oxirgi davrdagi ampletudalari.



Download 253.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling