Avtomobilning yurish rovonligi xususiyati. Reja
Ekspluatatsiyada uchraydigan omillarning avtomobilning yurish ravonligiga ta’siri
Download 253.75 Kb.
|
8. Avtomobilning yurish rovonligi xususiyati
4.2.Ekspluatatsiyada uchraydigan omillarning avtomobilning yurish ravonligiga ta’siri
Ma’lumki, avtomobilning tebranishi yo’lning notekisligi ta’sirida paydo bo’ladi. Serqatnov yo’llarda to’lqinsimon notekislar 1-2 yilda paydo bo’ladi va avtomobilning yurish ravonligini yomonlashtiradi. Avtomobilning yurish qismini texnik holati nosoz bo’lsa, uning yurish ravonligiga ta’sir qiladi. Ressor varoqlari orasiga moy kirib qolsa, ishqalanish ko’payib ketib, tebranishlar chastotasi oshib ketadi, natijada kuzovlar katta turtkilarga duchor bo’ladi. Amartizator suyuqligi qotib qolsa, amortizator salnigi ishga yaroqsiz bo’lib, moy sizib chiqayotgan bo’lsa, tebranishni so’ndirish xususiyati yo’qoladi. Yo’lning notekislik chastotasi avtomobilning erkin tebranish chastotasiga tenglashib qolganda, rezonans hodisasi ro’y berishi mumkin. Natijada g’ildiraklar yo’l sirtiga goh-goh tegmay g’ildirashi natijasida, yurish ravonligi, avtomobilning turg’unligi va boshqariluvchanligi qiyinlashadi. Avtomobil to’la yuklanganda uning oldingi va orqa ko’prigiga tushgan og’irlik kuchlari tebranishlar ta’sirida bir necha marta ortib ketadi. Nazorat savollari Avtomobilning yurish ravonligi nima va uning qanday o’lchamlarini bilasiz? Bitta erkinlik darajasiga ega bo’lgan bir massali tizimning tebranishini tushuntiring. Tebranish yo’lini (amplitudasi) tushuntiring, uni qanday aniqlanadi? Tebranish tezligi, tezlanish, tezlanishning tezligi qanday aniqlanadi? Tebranish davri va tebranishlar soni qanday aniqlanadi? Tebranishni so’nish va nisbiy koeffitsientlari hamda dekrementini tushuntiring. Avtomobil fazoda qanday tebranadi? Tebranishni qanday usullar bilan kamaytiriladi. Ekspluatatsiyada uchraydigan omillar avtomobilning yurish ravonligiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Download 253.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling