“Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va 60711100 “Energiya mashinasozligi” bakalavr yo‘nalishi
-yil “31” avgustdagi 1-sonli Kengashida tasdiqlangan
Download 217.89 Kb.
|
EM 2-kurs amaliyot dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon mashinasozlik institutidan malaka amaliyoti rahbari
2022-yil “31” avgustdagi 1-sonli Kengashida tasdiqlangan
Andijon mashinasozlik instituti talabalarining malaka amaliyotini oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM”idan KO‘CHIRMA 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur nizom Andijon mashinasozlik instituti tomonidan talabalarning amaliyotni oʻtash tartibini ishlab chiqish, tasdiqlash va uni tashkil etishda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. 2. Mazkur Namunaviy nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: malaka amaliyoti – nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy koʻnikma va malaka hosil qilishni nazarda tutuvchi taʼlim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida davom ettiriladigan tarkibiy qismi; qabul qiluvchi tashkilot – talabalar malaka amaliyotini oʻtashi uchun Andijon mashinasozlik instituti bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzgan, malaka amaliyotini oʻtash uchun shart-sharoitlar mavjud boʻlgan tashkilot; Andijon mashinasozlik institutidan malaka amaliyoti rahbari – oʻquv yuklamasida talabalar malaka amaliyotiga rahbarlik qilish qayd etilgan institutning tegishli kafedrasi professor-oʻqituvchisi; qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari – qabul qiluvchi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan talabalarga malaka amaliyoti davomida ularni texnik xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiruvchi, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirishga koʻmaklashuvchi, amaliyot davrida talaba egallagan koʻnikmalarni baholash masʼuliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi. 3. Malaka amaliyoti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari oʻquv (ishchi oʻquv) rejalariga muvofiq ikkinchi kursdan boshlab tizimli ravishda Andijon mashinasozlik instituti tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan malaka amaliyoti dasturi asosida amalga oshiriladi. bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari oʻquv (ishchi oʻquv) rejalarida keltirilgan umumkasbiy, mutaxassislik fanlari blokidagi tegishli fanlarning amaliy mashgʻulot darslarini bevosita ishlab chiqarish sohasining yetakchi korxona, muassasa, tashkilotlarida malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tasdiqlangan dars jadvali asosida tashkillashtirish hamda ushbu mashgʻulotlarni malaka amaliyotining bir qismi sifatida qabul qilish mumkin. Bunda, oʻquv (ishchi oʻquv) rejalarda belgilangan va taqsimlangan soatlarni toʻliq bajarilishini taʼminlash shart. Malaka amaliyoti mazmuni uning reja-jadvali va dasturlari bilan belgilanadi. 4. Andijon mashinasozlik instituti talabalari ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs oxirida emas, balki ikkinchi kursdan boshlab oʻtkazish hamda barcha turdagi amaliyotlarni ishga yoʻllanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada oʻtashini yoʻlga qoʻyish tavsiya etiladi. 5. Andijon mashinasozlik institutidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining oʻziga xosligidan kelib chiqib malaka amaliyoti turi aniqlanadi va oʻquv (ishchi oʻquv) reja asosida Andijon mashinasozlik instituti Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda, talabalarning malaka amaliyotini oʻtash davri qabul qiluvchi tashkilotning faoliyat yuritayotgan davriga moslab qoʻyish tavsiya etiladi. 6. Malaka amaliyotini oʻtkazish boʻyicha tegishli qabul qiluvchi tashkilot hamda Andijon mashinasozlik instituti oʻrtasida tuziladigan shartnomada tahsil olayotgan kursidan qatʼi nazar talabani darsdan tashqari vaqtda vakant joyga ish haqi toʻlanadigan lavozimga vaqtinchalik ishga qabul qilish toʻgʻrisida bandlar kiritilishi mumkin. 7. Talabalar malaka amaliyotini oʻtashlari majburiy hisoblanadi, malaka amaliyotini uzrli sabablarga koʻra oʻtay olmagan talabalar Andijon mashinasozlik instituti rektorining buyrugʻiga muvofiq belgilangan boshqa muddatda amaliyotni oʻtashi shart. Download 217.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling