“Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va 60711100 “Energiya mashinasozligi” bakalavr yo‘nalishi


-bob. Talabaning malaka amaliyotini oʻtash boʻyicha huquq va majburiyatlari


Download 217.89 Kb.
bet5/11
Sana26.09.2023
Hajmi217.89 Kb.
#1688189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
EM 2-kurs amaliyot dasturi

4-bob. Talabaning malaka amaliyotini oʻtash boʻyicha huquq va majburiyatlari

23. Talaba:


malaka amaliyotini oʻtash joyi, reja-jadvali, dasturi va tartibi bilan oldindan tanishish;
malaka amaliyotini oʻtkazish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirish;
malaka amaliyotini oʻtash yuzasidan zarur axborotlar olish;
malaka amaliyoti boʻyicha uslubiy materiallar bilan tanishish hamda malaka amaliyoti rahbarlaridan yoʻl-yoʻriqlar olish huquqlariga ega.
Talabaga:
malaka amaliyoti dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni reja-jadvaliga muvofiq toʻliq hajmda va sifatli bajarish;
malaka amaliyoti kundaligini har kuni va tartibli yuritish;
Andijon mashinasozlik instituti va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan malaka amaliyoti rahbarlarining dasturda koʻzda tutilgan ishlarga oid barcha topshiriqlarini bajarish;
hisobotga tegishli hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish;
qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar
va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatlari yuklatiladi.
24. Talaba malaka amaliyotini oʻtagandan soʻng Andijon mashinasozlik institutida malaka amaliyoti boʻyicha hisobotini kafedra yigʻilishi bayoni bilan belgilangan muddatda himoya qiladi.


5-bob. Malaka amaliyotini oʻtash bosqichlari

25. Malaka amaliyoti uch bosqichga boʻlinadi:


tayyorlov bosqichi;
asosiy bosqich;
yakuniy bosqich.
26. Tayyorlov bosqichida malaka amaliyotini oʻtashning birinchi kunida Andijon mashinasozlik institutidan malaka amaliyoti rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari yigʻilish oʻtkazadi. Yigʻilishda talabalar malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bilan tanishadi, uning maqsadi, vazifalari va mazmuniga taalluqli koʻrsatmalar oladi, talaba tomonidan bajariladigan ishlar va ularni malaka amaliyoti kundaligida qayd etib borish tartiblari bilan tanishtiriladi.
Talabalar qabul qiluvchi tashkilotga yetib borgandan soʻng malaka amaliyotini oʻtashning dastlabki kunlarida qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari, oʻziga xosligi bilan tanishadilar.
27. Malaka amaliyotini oʻtashning asosiy bosqichida talaba bevosita qabul qiluvchi tashkilotda malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturida koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajaradi.
28. Malaka amaliyoti oʻtashning yakuniy bosqichida talabalar tomonidan malaka amaliyotini oʻtash jarayonida qilingan ishlarning natijalari tahlil qilinadi
va baholanadi.



Download 217.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling