“Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va 60711100 “Energiya mashinasozligi” bakalavr yo‘nalishi


Download 217.89 Kb.
bet7/11
Sana26.09.2023
Hajmi217.89 Kb.
#1688189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
EM 2-kurs amaliyot dasturi

7-bob. Moddiy taʼminot

37. Malaka amaliyotini oʻtash davrida talabaga ish haqi toʻlanishi yoki toʻlanmasligidan qatʼi nazar, uning belgilangan tartibda stipendiya olish huquqi saqlab qolinadi.


38. Malaka amaliyotiga rahbarlik qilgani uchun qabul qiluvchi tashkilot rahbari tashkilotdan tayinlangan amaliyot rahbarini moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirishi mumkin.
39. Andijon mashinasozlik instituti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari xususiyatlaridan kelib chiqib, talabalar malaka amaliyoti oʻtashi uchun yoʻriqnoma va koʻrsatmalarni taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, mazkur nizom asosida ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.


8-bob. Yakuniy qoida

40. Mazkur nizom boʻyicha yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.



ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI.
Ishlab chiqarish amaliyoti o‘quv jarayonining yakuniy qismi bo‘lib uning maqsadi talabalar Institutda olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish korxonalarida mustaxkamlashdan iboratdir. Ishlab chiqarish amaliyoti avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar va avtomobillar qismlarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarda, avtotransport, avtoservis va ta’mirlash korxonalarida o‘tkazilib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar hamda bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Ishlab chiqarish amaliyotida talabalar avtomobil va avtomobillar qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda avtomobil qismlarini tayyorlash va yig‘ish ishlarini bajarish texnologiyasi, ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash hamda ularni tashkil qilish usullarini va ishlab chiqarish jarayonini tahlil qiladilar. Talabalar avtomobil va traktorlarning komplektlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar strukturasi, ularning ichki va tashqi aloqalari, avtomobil va traktorlar ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari bilan hamda korxonalarda foydalaniladigan stanoklar va jihozlarning har xil turlari bilan tanishadilar.
Talabalar avtomobil va traktorlarning asosiy detallariga ishlov berishning texnologik jarayonlari, mashinalarni tayyorlashning asosiy bosqichlari, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari, avtomobil va traktorlarni ishlab chiqaruvchi korxona bo‘limlarining xususiyatlari bilan tanishadilar, mashinalarni ishlab chiqarish, yig‘ish va ularga xizmat ko‘rsatishning ba’zi operatsiyalarini bajarish ko‘nikmalarini egallaydilar, ishlab chiqarish ko‘nikmlarini egallaydilar.
Shuningdek, ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlikni ta`minlash masalalari bilan amaliy tanishadilar. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida joriy etilish sharoitlarida avtomobillarning sifat darajasiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganadilar.

Download 217.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling