Avtotransport vositalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining
hududiy kodlari
TAQSIMOTI
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 27-iyundagi 131-son
qaroriga
2-ILOVA
Avtomototransport vositalariga va ularning tirkamalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish
davlat raqami belgilari
I tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuridik
shaxslarning avtomobillariga
beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda,
chetki qismi,
raqam va
harflari qora rangda.
Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston
Respublikasi
bayrog‘i va “
UZ” harflari.
Oldingi
tahrirga qarang.
I tip — “DAV” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari
davlat boshqaruvi va
mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga
beriladi (mudofaa, ichki ishlar, bojxona, favqulodda vaziyatlar organlarining avtomobillari hamda II
tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami beriladigan avtomobillar bundan mustasno).
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi,
raqami va
harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi
bayrog‘i va “UZ” harflari.
(I tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
IE tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuridik shaxslarning elektromobillariga va
gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IE tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi
132-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va
harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng
tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Do'stlaringiz bilan baham: