Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘G‘risida
Download 292.82 Kb. Pdf ko'rish
|
131-сон 27.06.2007. Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hududlar
Kod raqamlari Toshkent shahri 01—09 Toshkent viloyati 10—19 Sirdaryo viloyati 20—24 Jizzax viloyati 25—29 Samarqand viloyati 30—39 Farg‘ona viloyati 40—49 Namangan viloyati 50—59 Andijon viloyati 60—69 Qashqadaryo viloyati 70—74 Surxondaryo viloyati 75—79 Buxoro viloyati 80—84 Navoiy viloyati 85—89 Xorazm viloyati 90—94 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 95—99 1 1 (I tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son) II tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari oliy davlat organlari, boshqaruv organlari va vazirliklarning avtomobillariga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i. III tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning avtomobillariga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari. Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. IIIE tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi. (IIIE tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25- martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171- son) Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari. (III tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son) IV tip — “CMD” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xati asosida diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining bitta xizmat avtotransport vositasiga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda. V tip — “D” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida: diplomatik va konsullik muassasalari boshliqlari (Favqulodda va Muxtor Elchi, Vakil, Bosh konsul) va ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga; diplomatik vakolatxonalar diplomatik agentlari va ular oila a’zolarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda. 1 VI tip — “UN” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida: BMT vakolatxonalari va BMT ixtisoslashtirilgan tashkilotlari boshliqlarining va Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga; BMT vakolatxonalari va BMT ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xodimlarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni ko‘k rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda. VII tip — “T” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida: diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari ma’muriy-texnik tarkibi xodimlarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga; Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari va uy xizmatchilarining xizmat avtotransport vositalariga; BMT yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan boshqa vakolatxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan yirik muruvvat loyihalari va texnik ko‘maklashish dasturlarining avtotransport vositalariga; ushbu loyihalarning Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xodimlari shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari boshliqlari hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga; Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining xizmat va shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga hamda ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga; Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan faxriy konsulliklar xodimlarining shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda. Download 292.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling