Avtotransport va atmosfera havosi
Download 194.1 Kb.
|
Avtotransport va atmosfera havosi
INSON JAMIYAT VA TABIAT
1. Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi. Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va ongi tabiat qonunlariga bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo‘nalishlarda doim muloqotda bo‘ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog‘laydi. Insonni yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiayatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo‘ladi. Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan munosabati o‘zgarib brogan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga olib keldi. Feodalizm tuzimida mehnat vositalarinig takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va sur’ati o‘sib brogan. Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga ta’sirning yuqori darajasiga yetkazdi. Atrof muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antripogen moddda va energuya almashinuvi, ya’ni xom-ashyolarni tabiatdan ortig‘I bilan olinishi va zararli chiqindi holiday atrof muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rovijlanishida biogen, antropogen va texnogen bosqichlar ajratiladi. 2. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni ajratish mumkin. Ayrim yirik shahar, sanoat markazlari, alohida tumanlarda mahalliy, Orolbo‘yi, Chernobilda mintaqaviy ekologik tang vaziyatlar vujudga kelgan. Ozon tuynuklari muammosi, kislotali yomg‘irlar, cho‘llashish, Dunyo okeanining ifloslanishi va boshqalar umumsayyoraviy muammolar hisoblanadi. Yer yuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning keskin ko‘payishi global ekologik inqiroz havfining real ekanligi ko‘rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil ichida ekologik muammolarni hal etish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmasa ekologik inqiroz muqarrardir. Ekologiya deganda organizmlarning o‘zaro va muhit bilan aloqadorligini o‘rganadigan biologik fan tushuniladi. Shuning bilan birga ekologiya deganda inson va organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu jumladan inson) va muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muammolarini o‘rgatishga alohida ilmiy yondashish (ekologik ) ham tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish deganda hozirgi va kelgusi avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni musaffo holiday saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalgam oshiriladigan mahalliy, davlat va halqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari mazmun va maqsadga ega bo‘lgan tushunchalardir. Ekologiya tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish, atrif tabiiy muhitni muhofaza qilish tushunchalari tabiatni muhofaza qilish tushunchasiga ma’nodoshdir. 3. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘ziga kerakli bo‘lgan ozuqalarni olishdan tashqari, tabiatdan olayotgan ne’matlarning holatiga ahamiyat bera boshlagan. Kishilar tabiiy hodisa va jarayonlarning sabablarini, ular o‘rtasidagi aloqalarni aniqlamoqchi bo‘lgan, albatta. Ishlab chiqarish qurollarining ancha takomillashgan turlari – o]q-yoy, murakkabroq baliq ovlash asboblari, qadimgi aholining tabiatan o‘zi uchun zarur bo‘lgan narsalarni ko‘proq olishga va hayvonlarni kengroq maydonda tutishga, ov qilishga imkon beradi. Bularning hammasi qadimgi kishilar jamoasi yashagan joyning tezda buzilishi, ozuqa kamayishiga olib kelgan.insonlar o‘zlarining hayotlari uchunmuhim tabiiy zahiralarni himoya qilish yuzasidan ba’zi choralarni ko‘ra boshlagan. Qimmatli hayvonlar, ov qilinadigan va yeyishga yaroqli yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan joylar muqadda deb e’lon qilinib, bu yerlarda ov qilish va o‘simliklarni terish man etilgan. Quldorlik jamiyatida ham tabiatni muhofaza qilish buyicha choralar ko‘rilgan. Chunki ibtidiy-sinfiy jamiyatning deyarli hammasida qurg‘ochchilik bo‘lib, yerlarni sug‘ormasdan yashab bo‘lmas edi. Yog‘och-taxtalarga ehtiyoj katta bo‘lgani uchun, ularda o‘rmon daraxtlarini qo‘riqlash haqida qonunlar vujudga kela boshlagan. Masalan, Vavilon podshosi Hammurappi eramizdan avvalgi 1792-1750 yillar, bundan qariyb 4 ming yil oldin har doim yog‘ochga muhtoj bo‘lganidan o‘rmonlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rgan. Feodalizm davrida dehqonchilik yaroqli yerlarni tubdan kengaytirish maqsadida Yevropadagi mamlakatlarda yoppasiga o‘rmonlar kesib y6uboriladi. Buning ustiga kemalar qurish uchun ko‘p miqdorda chinor, eman va boshqa qimmatli daraxtlar kesilgan. Shuni aytish kifoyaki, bitta kema qurish uchun 4000 dona eman kerak bo‘lgan. O‘rta asrlar tarixida Ispaniyaning g‘arbiy floti uchun yarim million eman daraxti kesilgan. Ana shu davrdan buyon 400 yil o‘tgan bo‘lsa ham Ispaniya hozirgacha o‘rmon xo‘jaligini tiklab olgani yo‘q. Shunga qaramasdan feodalizm davrida TMQ aniqroq shakl oldi. O‘z yerlarida ov hayvonlarini saqlashdan manfaatdor feodallar ularni qo‘riqlash uchun qonunlar chiqara boshladilar. Har qanday qonunni buzgan kishi jazolanar edi. 3. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘ziga kerakli bo‘lgan ozuqalarni olishdan tashqari, tabiatdan olayotgan ne’matlarning holatiga ahamiyat bera boshlagan. Kishilar tabiiy hodisa va jarayonlarning sabablarini, ular o‘rtasidagi aloqalarni aniqlamoqchi bo‘lgan, albatta. Ishlab chiqarish qurollarining ancha takomillashgan turlari – o]q-yoy, murakkabroq baliq ovlash asboblari, qadimgi Download 194.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling