Avtotransport vositalari servisi asoslari


-rasm. Transmissiya agregatlarining texnik holatini aniqlovchi asbob: a-lyuftomer; b- dinomometrik qurilma. 2-rasm


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

1-rasm.
Transmissiya
agregatlarining texnik holatini
aniqlovchi asbob: a-lyuftomer; b-
dinomometrik qurilma.
2-rasm. ZIL-130 avtomobilidagi mexanik
yuritmali ilashma tepkisining erkin yo’lini
rostlash 1-tortqidagi gayka; 2-ajratish ayrisini
tutashtirib turuvchi tortqi.
3-rasm. VAZ avtomobili ilashish muftasi
yuritmasining ishchi tsilindri va ajratish vilkasi: 1-
ilashish muftasining ajratish podshipnigi; 2-sharli
tayanch; 3-ilashish muftasini ajratish vilkasi; 4-
itargich; 5-sozlash gaykasi; 6-chegaralovchi gayka;
7-tarang tutish prujinasi
Qo’shimcha ravishda, har bir transmissiya agregatlari bo’yicha bajariladigan ishlarni alohida-
alohida ko’rib chiqamiz. Ilashish muftasiga texnik xizmat ko’rsatish. Ekspluatatsiya jarayonida ilashma
rostlab turiladi, ammo bundan oldin ilashma tepkisining erkin yo’li tekshiriladi. Buning uchun ikkita
surilgichi bo’lgan chizg’ichdan foydalaniladi. CHizg’ichning bir uchi kabina poliga tiraladi, surilgich esa
tepki maydonchasiga to’g’rilanadi. Ilashma tepkisi
harakatlanishga qarshilik keskin ortgunga qadar bosiladi va shu vaziyat ikkinchi surilgich yordamida
qayd qilinadi. CHizg’ichni ikkala surilgichi orasidagi masofa tepkini erkin yo’lini aniqlaydi.
Mexanik yuritmali ilashmalardagi tepkining erkin yo’lini rostlash (2-rasm) uchun tepki o’qining
richagi hamda ajratish ayrisini tutashtirib turuvchi tortqining (2) uzunligi o’zgartiriladi. Ko’pchilik yuk
avtomobillarida bunday rostlash ishlari tortqini yuritma detallaridan ajratmagan holda bajariladi, ya’ni


tortqidagi gaykani (1) burashning o’zi kifoya qiladi. Bunda gayka bo’shatilsa, tepkining erkin yo’li ortadi,
qotirilsa, erkin yo’li kamayadi. Gidroyuritmali ilashish muftasidagi sozlash ishlarini bajarishda asosan
ishchi tsilindr itargichining erkin yurish yo’li (4-5mm) me’yoriga keltiriladi. Buning uchun chegaralovchi
gayka bo’shatilib, so’ngra itargich sozlovchi gaykasi bo’shatiladi yoki qotiriladi (3-rasm). Sozlash ishlari
bajarilgandan so’ng ilashish muftasi yaxshi ajralmasa va uzatmalarga qo’shish qiyinchilik bilan kechsa,
bu tizimda havo borligidan darak berishi mumkin.
Neksiya avtomobilllarida sozlash yo’li bilan ilashish muftasi yuritmasi tepkisining to’liq
harakatlanish yo’li me’yoriga keltiriladi (3-rasm). To’liq harakatlanish yo’lini aniqlash uchun ilashish
muftasining tepkisi bilan rul chambaragining pastki qismigacha bo’lgan masofa-A aniqlanadi, so’ngra
tepki to’liq bosilib yana masofa-V aniqlanadi. A va V masofalar orasidagi farq 130-136 mm bo’lishi
kerak. Agar bu masofa me’yoridan farq qilsa, u holda sozlash ishlari bajariladi.
Tepki (30) ning to’liq harakatlanish yo’li (38)-chegaralovchi gayka bo’shatilib, (37)-tayanch
boltni burash bilan sozlanadi.Tepkining erkin harakatlanish yo’li esa (58)-chegaralovchi gayka
bo’shatilib, (57)-shtokning uzunligini o’zgartirish bilan sozlanadi. Tepkining erkin yurish yo’li 8-15 mm
oralig’ida bo’lishi kerak.
4-rasm. Neksiya avtomobilining ilashish muftasi bo’yicha sozlash ishlari
ISUZU avtomobillarida (5-rasm), agar ilashma muftasining kuchaytirgichi o’rnatilayotganda
ishchi sterjen uzunligi sozlangan bo’lsa, ilashma pedali sozlanmaydi. Ilashma muftasi kuchaytirgichining
ishchi sterjenini uzunligi - o’rnatilish yuzasi va kallakli shtiftning shplint uchun teshigi markazi
oralig’idagi masofa 156,5...157.5 mm gacha bo’lishi kerak.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling