Avtotransport vositalari servisi asoslari
Elektr uzatmalar va yordamchi elektr jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 14-mavzu. Avtomobilni tranmissiyasiga TXK va T ishlari texnologiyasi. Reja
- Tayanch iboralar
Elektr uzatmalar va yordamchi elektr jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish
Elektr uzatmasi mexanizmlar va yordamchi elektr jihozlariga oyna tozalagichlar, faratozalagich va farayuvchlar, isitgichlar va elektroventilyatorlar, oynako’targichlar, oyna va o’rindiq elektrisitgichlari, o’rindiq, orqa ko’rinish oynasi va antennalarini holatini sozlovchi motoreduktorlar kiradi. Mazkur mexanizm va qurilmalarning ishlash rejimi (doimiy yoki qisqa vaqt) elektrodvigatellar, har xil turdagi elektrbuyumlar (termometall saqlagich, isitish elementi va h. k) ning ishonchliligiga bog’liq bo’lib, ishlash qobiliyati tekshiriladi. Bunda ularning me’yoriy texnik hujjat (NTD) larga mos ishchi tsikllari qanday bajarilishiga alohida e’tibor beriladi. Navbatdagi TS da elektruzatmalar iste’mol qiladigan tok kuchini o’lchash tavsiya etiladi. Nazorat savollari 1. . Batareyali o’t oldirish tizimiga TXK 2. 19. Batareyali o’t oldirish tizimi nosozliklari 3. 20. Tranzistorli-kontaktli o’t oldirish tizimiga TXK 4. 21. Tranzistorli-kontaktsiz o’t oldirish tizimiga TXK 5. 22. Elektr asboblariga TXK 14-mavzu. Avtomobilni tranmissiyasiga TXK va T ishlari texnologiyasi. Reja: 1. Transmissiyadagi asosiy agregatlar (ilashish muftasi, mexanik va avtomatik uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi, kardanli uzatma va orqa ko’prik, asosiy uzatma va h.k.) bo’yicha uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari. 2. Transmissiya agregatlariga TXK va T ishlari texnologiyasi. Tayanch iboralar: transmissiya, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, taqsimlash qutisi, kardanli uzatma, yarim o’q, orqa ko’prik, asosiy uzatma, nosozlik, buzilish, diagshnostika, TXK, ta’mirlash, texnologiya. Ma’lumki, avtomobil transmissiyasining asosiy agregatlariga ilashish muftasi, kardanli uzatma, shesternyali yoki gidromexanik uzatmalar qutisi, taqsimlovchi quti va yetaklovchi ko’prik (asosiy uzatma va differentsial) kiradi. Avtomobillarning transmissiyasi agregatlari barcha nosozliklarning 10-15% ni va texnik xizmat ko’rsatish umumiy mehnat hamda materiallar sarfining 40% ini tashkil etadi. Transmissiya agregatlarining asosiy nosozliklari. Transmissiya agregatlaridagi nosozliklar avtomobilning ekspluatatsiya qilish jarayonida, shuningdek, ayrim detallarning rostlanishini buzilishi, yeyilishi yoki sinishi oqibatida vujudga keladi. Agregatlarning boshlang’ich holatini tiklaydigan rostlash ishlarini bajarish yoki ayrim detallarni almashtirish natijasida nosozliklar bartaraf etiladi. Ilashish muftasidagi nosozliklar ko’pincha uning to’liq, ulanmasligi yoki to’liq ajralmasligi natijasida kelib chiqadi. To’liq ulanmaslikda aylantiruvchi moment dvigateldan to’liq uzatilmaydi, ilashish muftasining tepkisi quyib yuborilganda avtomobil o’rnidan juda sekin qo’zg’aladi yoki umuman qo’zgala olmaydi, ilashmadagi yetaklanuvchi disk esa juda tez yeyiladi va qisqa muddat ichida ishdan chiqadi. Ilashmaning to’liq ajralmasligi tufayli, uzatmalarni ulash chog’ida metallarni zarbli va qiyinchilik bilan qo’shilishi kuzatiladi hamda richakka ko’proq kuch bilan ta’sir etish talab etiladi. Bu nosozliklarga ilashmani ajratish yuritmasining rostlanishini buzilishi, yetaklanuvchi diskning moylanib qolishi yoki yeyilishi sabab buladi. Ilashmasi gidroyuritmali bo’lgan avtomobillarda esa gidroyuritma tizimiga havoni kirib qolishi yoki tizimdan suyuqlikni qisman oqib ketishi ilashmani nosoz ishlashiga sabab bo’lishi mumkin. Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisidagi nosozliklar uzatmalarni almashlab ulashda qiyinchiliklarni, uzatmalarni o’z-o’zidan uzilib qolishini yoki ishlash vaqtida shovqinlarni keltirib chiqaradi. Almashlab ulash mexanizmining ayrisi yoki kallagidagi boltlarni bo’shab ketishi, fiksatorlarni qadalib qolishi, shesternyalar, podshipniklari va vtulkalarini yeyilishi oqibatida uzatmalarni ulash kiyinlashadi. Sinxronizator muftasi va shesternyalar tishlarining yon tomonida hamda ishchi yuzalaridagi yeyilishlar, uzatmalarni to’liq, ulanmasligi, fiksator prujinalarining bo’shashishi tufayli uzatmalarni o’z- o’zidan uzilib qolishi sodir bo’ladi. Uzatmalar qutisidagi shovqin esa vallar podshipniklaridagi hamda shesternya tishlarining ishchi yuzalaridagi yeyilishlar va sinishlar, moy sathining pasayishi keltirib chiqaradi. Asosiy va kardanli uzatmalar, differentsial, yarim o’qlar va teng burchak tezligiga ega bo’lgan sharnirlardagi nosozliklar ularni uzoq muddat ishlatish yoki sifatsiz texnik xizmat ko’rsatish oqibatida yuzaga keladi. Asosiy uzatma va differentsialdagi nosozliklarga shesternya tishlarini, differentsial krestovinasini hamda podshipniklarning yeyilishi yoki sinishi, shuningdek, asosiy uzatma salniklarining zichligini buzilishi misol bo’ladi. Ularning hammasi harakatlanish chog’ida orqadagi ko’prik karterida shovqinning kuchayib ketishi bilan namoyon bo’ladi. Avtomobil o’rnidan qo’zg’alayotganda, burilayotganda yoki harakatlanayotganda taqillashlar hamda zarblarning mavjudligi, kardanli uzatmalardagi yoki teng burchak tezligiga ega bo’lgan sharnirlardagi nosozliklardan darak beradi. Bu nosozliklar, krestovina o’qlarini va sharnir kosachalarini ko’p yeyilishidan yuzaga keladi, Kardan valining muvozanati buzilganda, transmissiyada kuchli titrash va shovqinlar hosil buladi. Yarim o’qlardagi asosiy nosozliklar esa ularning shlitsalarini yeyilishidir. Transmissiya agregatlarining texnik holatini diagnostika qilish. U agregatlarning texnik holati haqida hamda zarur rostlash ishlarini bajargandan so’ng ularni yana ishlatish mumkinligi to’g’risida hulosa qilishga imkon beradi. Transmissiya agregatlarini avtomobil harakatlanganda, shuningdek, maxsus jihozda tekshirish mumkin. Bunday holatda, jihozni konstruktsiyasiga qarab ilashmani to’liq qo’shilmasligiga, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma va orqa ko’prikni esa(shovqin bo’yicha) tishli ilashmalarni yeyilganlik darajasiga diagnostika qilinadi. Transmissiyani diagnostika qilishning oddiy usuli 1-rasmda keltirilgan asbob yordamida yetaklovchi ko’prik, kardan vali va uzatmalar qutisidagi aylana lyuftlar yig’indisini aniqlash hisoblanadi. Asbob qamrovchi skobali dinamometrik qurilmadan va uni tashkil etuvchi qo’zralmas jag’lardan iborat. qamrovchi skobani tekshirilayotgan ob’ektga kiydiriladi, masalan, yarim o’qqa yoki kardan valiga, so’ng qo’zg’aluvchan jag’ni chervyak yordamida surib agregat detaliga mahkamlanadi.Lyuftni aniqlash uchun dastak kuch bilan buraladi va prujinali tovush daraklagichisi ovoz chiqargach, o’lchagich strelkasi tomonidan lyuft qayd qilinadi. O’lchagich shkalasini ixtiyoriy burchakka burish mumkin. SHuning uchun tekshirilayotgan agregatga o’rnatilgan asbobning strelkasini nolga keltirish zarur. Transmissiya agregatlariga texnik xizmat ko’rsatish KXK va davriy TXK jarayonida amalga oshiriladi. KXK da transmissiya agregatlari, avtomobilni o’rnidan jildirishda va harakatlanish vaqtida uzatmalarni almashlab ulab tekshiriladi. Yetaklovchi ko’prikning holati va zichligi nazorat qilinadi. Davriy TXK da KXK dagi ishlarga qo’shimcha ravishda ilashish muftasi tepkisining erkin yurish yo’li tekshiriladi va zarur bo’lsa rostlanadi, yuritma detallari plastik meteriallar bilan moylanadi. Uzatmalar qutisini, kardanli uzatmani, taqsimlash qutisini, orqa ko’prik karterini mahkamlanishi tekshiriladi, agregatlardagi moy sathlari me’yoriga keltiriladi, zichlagichlarning holati tekshiriladi, moylash xaritasiga mos ravishda agregatlardagi moylar almashtiriladi. Agar agregatlarda nosozliklar aniqlansa, ularni ishchi holatiga keltirish uchun ta’mirlanadi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling