Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

5- rasm. ISUZU avtomobillari ilashma muftasi
tepkisini sozlash.
Ilashma tepkisining yurish yo’li tekshiriladi va tepki bilan ilashmani ishga tushirish bolti
oralig’idagi masofa sozlanadi. Ilashma tepkisi balandligi (A) 160...170 mm gacha, tepkining to’liq yo’li
(V) 159...169 mm gacha, erkin yurish yo’li 15...25 mm gacha bo’lishi zarur. Ilashma tepkisi va ilashmani
ishga tushirish bolti oralig’idagi tirqish 0,5 ...1,0 mm gacha bo’lishi kerak.
Ilashish muftasining yuritmasidan havoni chiqarish asosan bosh yoki ishchi tsilindrlarning
manjetlari almashtirilganda yoki yuritma quvuri zichsizligini bartaraf qilinganda amalga oshiriladi (7.57-
rasm).Buning uchun ishchi tsilindr chang va iflosliklardan tozalaniladi. Ilashish muftasi yuritmasining
suyuqlik quyish sig’imining qopqog’i ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi. Suyuqlik sathi sig’imning


rezbali qismidan 15-20mm dan yoki ”min” belgisidan past bo’lmasligi kerak. Ishchi tsilindrning chiqarish
klapani(59) ning rezina qopqog’i olinib, o’rniga rezina shlanga tiqiladi va bir uchi 13...12 hajmda tormoz
suyuqligi to’ldirilgan shisha idishga tushiriladi.
6-rasm. Turli avtomobillarda ilashish muftasi yuritmasidan havoni chiqarish
Yuritma tepkisi qarshilik sezilguncha, ya’ni tepkining yurish yo’li o’zgarmagunga qadar tez-tez
bosib harakatlantiriladi, so’ngra tepkini bosib turib klapan 1-2...3-4 aylanaga buraladi va tepki oxirigacha
bosilgach klapan mahkamlanadi hamda tepki sekin qo’yib yuboriladi. Bu holat shisha idishda havo
pufakchalari chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Operatsiya vaqtida vaqti-vaqti bilan sig’imdagi tormoz
suyuqligi sathi tekshirilib va me’yoriga keltirib turiladi. Nihoyat klapan qotirilib, shlanga yechib olinadi.
Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisiga texnik xizmat ko’rsatish. Qutilarning qanday ishlashi har kungi
ko’rikda hamda avtomobilning harakatlanishida tekshirib turiladi. Zichlikka, uzatmalarning oson va
shovqinsiz ulanishiga alohida e’tibor beriladi.
Tekshirilayotgan agregatlarning ishlashi vaqtida taqillashlar va shovqinlar bo’lmasligi kerak.
Uzatmalar ulanganda shesternyalar to’liq birikib qolishi lozim, uzatmalarning o’z-o’zidan uzilib qolishiga
yo’l qo’yilmaydi. Uzatmalar qutisi korpusining qizishi, avtomobil to’xtatilganda qo’lni kuydirmaydigan
darajada bo’lishi kerak. KXK va davriy TXK da nazorat qilib, eshitib hamda haroratga qarab
tekshirishdan tashqari, qutilar korpusi kirlardan tozalanadi, qotirilganligi tekshiriladi va tortib qo’yiladi,
moy sathi tekshiriladi (7.58-rasm), zarur bo’lsa me’yoriga keltiriladi yoki moylash kartasi bo’yicha
almashtiriladi. Bu ish ko’targich yoki ko’rish ariqchalariga ega bo’lgan maxsus postlarda bajariladi.
qutidagi moy dvigatel to’xtashi bilan, ya’ni quti sovib ulgurmasdan to’kiladi va yangisiga almashtiriladi.
7-rasm. ISUZU avtobus-larida uzatmalar
qutisining moy sathini tekshirish: 1-moy quyish
tiqini; 2- moy to’kish tiqini.


ISUZU avtomobilining uzatmalar qutisidagi moy sathi quyidagicha tekshiriladi:
1- moy quyish tiqini yechiladi;
2- barmoqni moy quyish tiqini teshigiga kiritilib moy sathi tekshiriladi.
3- agar moy sathi belgilangandan kam bo’lsa, me’yoriga keltiriladi (Besco 5W-30 turidagi transmissiya
moyi).
4- moy quyish tiqini 39 Nm moment bilan qotiriladi. ISUZU avtomobilining uzatmalar qutisidagi moyni
almashtirish tartibi:
1. Dvigatel o’t oldiriladi va transmissiya salt yurish holatiga qo’yiladi.
2. Dvigatel o’chiriladi, to’kish tiqini yechiladi va moy to’kiladi.
3. Moy to’kish tiqini 39 N.m moment bilan joyiga qotiriladi.
4. Moy quyish tiqini yechiladi.
5. Moy quyish tiqini teshigi orqali teshikni pastki qirrasigacha moy quyiladi.
6. Qo’llanadigan moy - transmissiya moyi, turi Besco (5W-30)
7. Moy quyish tiqini 39 N.m moment bilan qotiriladi.
Uzatmalar qutisi turi
Moy miqdori (L)
6MT
5MT
Bazaviy avtomobil uchun
3.5
2.8
4WD (4 g’ildiragi yetaklanuvchi) avtomobil uchun
-
3.5
Agregatlardagi moy sathi shchup yordamida yoki nazorat teshigi orqali tekshiriladi. Agar moy
sathi pasaygan bo’lsa, toza moy quyib sath to’g’rilanadi va sapun kanallari tozalab qo’yiladi. Moy
almashtirish kuyidagicha bajariladi: qutidagi ishlab bo’lgan moy to’kib tashlangandan so’ng, uning
o’rniga 1-2 l miqdorda yuvish moyi qo’yiladi. Avtomobil orqa kuprigining birorta g’ildiragi ko’tarib
qo’yiladi, dvigatel ishga tushiriladi va birinchi uzatma ulanadi. Transmissiya ishlay boshlaydi, buning
evaziga qutining ichki bo’shligi yuviladi va cho’kindilardan tozalanadi. Bir necha daqiqadan so’ng yuvish
moyi to’kib tashlanadi, uning o’rniga esa toza moy quyiladi. Moy almashtirilayotgan paytda, to’kish
teshigi tiqinining magniti xam tozalanadi. Taqsimlash qutisining boshqarish richaglarini zarur vaziyati,
tortqilar uzunligini rostlash orqali ta’minlanadi. SHu maqsadda tortqi barmoqlari shplintlardan ozod
qilinadi va ayridan ajratiladi. Fiksatorlar aniq ishlagan vaqtda, shtoklarni to’liq ulangan holatga
o’rnatiladi. Richaglar uzatmalar ulangan vaziyatga qo’yiladi va ayrini aylantirib, tortqining kerakli
uzunligi o’rnatiladi. So’ng tortqi o’z joyiga qo’yiladi, barmoq shplintlanadi va chegaralovchi gayka
qotirib mahkamlanadi.
Gidromexanik uzatmalar qutisining asosiy kamchilik va nuqsonlariga yetaklovchi disk
prujinasining ishdan chiqishi, diskaning (standart talablariga javob bermaydigan moyda ishlashidan)
yeyilishi va qiyshayishi, markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan rostlagichlar rostlanishining
buzilishi, rostlash vintining yomon taqalib turishi natijasida, uzatmani qayta ulash mexanizmi
rostlanishining buzilishi va boshqalar misol bo’la oladi. Gidromexanik uzatmaning asosiy nosozligini
ifodalovchi ko’rsatkich, bu, moy gidrotransformatordan to’kib yuborilayotganda, uni nazorat qilib
turiladigan harorati bo’lib, uning eng yuqori chegarasi 125
0
S dan ortiq bo’lmasligi, taglikda (yilning eng
issiq vaqtida) 110
0
S, minimal harorat esa 70
0
S yoki 60
0
S bo’lishi kerak. Moyning harorati taglikdagi
datchik orqali va to’kish klapanidan nazorat qilinadi. Gidrotransformatordagi moyning qizishini nazorat
qilish lampochkasi 120-125
0
S da yonadi. TXK paytida har 15 ming km masofadan so’ng gidromexanik
uzatmaning moyi almashtiriladi. Taglikdagi moy sathi (TXK vaqtida) uzatmalar qo’shilgan holda 40-50
0
S
haroratda (drossel qiya, kichik ochiqligida) avtomobilni tormozlab tekshiriladi. TXK vaqtida (5 ming km
dan so’ng) uayt-spirti bilan avtomatik uzatma tozalab yuviladi. Elektromagnit klemmalari tozalanadi va
nazoratni ulab-uzgich ham tozalanib, starter bilan qo’shilib ishlashi tekshiriladi. 30 ming km dan so’ng
moy qabul qilgich yechib olinib tekshiriladi, yana 30 ming km dan so’ng boshqarish mexanizmi (periferik
zolotnikli) tekshiriladi va sozlanadi.
Uzatmalar qutisining oldingi uzatma ulanganda, shovqin bilan ishlab, harakatlar yaxshi
qo’shilmay qolganda (bu sixronizator halqasini ishga yaroqsiz bo’lib qolishidan kelib chiqadi),
sixronizator muftasi tishlarining tashqi, yonbosh sirtlari yeyilganda, podshipniklar, vallar yeyilganda,
shesternya tishlari singanda joriy ta’mirlanadi. Yeyilgan detallar holatiga qarab, (birikish jufti bilan)
almashtirib, ta’mirlanadi. Detallarni almashtirish-uzatmalar qutisini qismlarga ajratmay, uzoq muddatli
shikastlanmay ishlashini ta’minlaydi va bu almashtirilgan detalning uzoq muddatli ishlashi natijasida
tannarxi kamayadi, hamda ta’mirlashga kam mehnat sarf etiladi. Uzatma shesternyasining sixronizator


gupchagi va boshqa detallarini yechib (chiqarib) olishda maxsus yechgichlardan foydalaniladi. Asosiy va
kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatish. Kardanli va asosiy uzatmalarni nazoratdan o’tkazish
avtomobil harakatlanganda amalga oshiriladi. Bunda, transmissiyada aylantiruvchi moment uzatish rejimi
tortishdan tormozlanishga yoki aksincha, o’zgarganda, shovqinlar va taqillashlar kuzatilmasligi lozim.
Kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatishda kardanli birikma flanetslarini mahkamlanishi
tekshiriladi va tortib qo’yiladi. Agar kardan valida avtomobilning ishlash jarayonida kuzovga ta’sir
etuvchi tebranishlar paydo bo’lsa, kardan vali yechib olinib muvozanatlanadi. Kardan vali moslamaga
mahkamlanadi (7.59-rasm) va raqamli indikator щchupini valning markaziy qismiga tekkazgan holda,
uning urishi tekshiriladi. Bu kattalikning qiymati standart 0,5 mm, ruxsat etilgani esa 1.0 mm gacha
bo’lishi kerak. Agar urish me’yordan oshib ketsa press yordamida to’g’rilanadi yoki almashtiriladi.
Xizmat ko’rsatishda kardan sharnirlarining podshipniklari va vallarning shlitsali birikmalari
moylanadi. Buning uchun № 158, US-1 va boshqa moylash materiallari ishlatiladi. Yengil avtomobillarda
kardan sharnirlar transmission moyda, Litol-24, plastik moylash materialida yoki tayyorlovchi zavod
ko’rsatmalariga mos keladigan boshqa materiallarda moylanadi. Moyni kardan krestovinasiga maxsus
shprits yordamida o’tkazish klapanida yoki uning o’qlari podshipniklarining salniklari ostida moy paydo
bo’lguncha yuboriladi. Agar avtomobilga moy to’ldirilishi nazarda tutilmagan kardan sharnirlar
o’rnatilgan bo’lsa, moylash ishlari faqat qismlarga ajratilganda amalga oshiriladi.
8-rasm. Kardan valini o’qbo’yicha urishini
tekshirish
Etaklovchi ko’prik karteridagi moy sathi TXK davrida tekshiriladi (9-rasm) va moy quyish
teshigining qirrasigacha to’ldiriladi. Moyni to’liq almashtirish, moylash xaritasiga muvofiq va ish
mavsumi o’zgarganda amalga oshiriladi. Yetaklovchi ko’prik karteridagi moyni almashtirish jarayoni
xam transmissiyaning boshqa agregatlari uchun qabul qilingan texnologiya asosida bajariladi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling