Avtotransport vositalari servisi asoslari


Firma usulidagi avtoservis to’g’risida tushuncha va uning sohadagi


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

 Firma usulidagi avtoservis to’g’risida tushuncha va uning sohadagi
etakchi o’rni
Firma usulida xizmat ko’rsatish – bu avtomobil ishlab chiqaruvchi firmaning o’z avtomobillariga
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdir. Bu usulda xizmat ko’rsatilganda
quyidagi tadbirlar to’liq bajarilishi lozim:
- har bir firma o’z avtomobillariga servis xizmat ko’rsatishni tashkil etadi;
- servis avtomobilning qaerda sotilishidan qat’iy nazar tashkil etiladi;
- servis to’liq shaklda, ya’ni sotish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning barcha turlari, ehtiyot
qismlar va avtoekspluatatsion materiallar bilan ta’minlash amalga oshiriladi;
- firma usulida ishlovchi barcha servis korxonalari o’z firmalari tomonidan texnologik jixozlar, texnik
hujjatlar, me’yoriy hujjatlar va ko’rsatmalar bilan to’la ta’minlanadi;
- firma o’z servis korxonalari uchun kadrlar va mutaxassislarni tayyorlaydi va ularning malakasini
muntazam oshirib boradi.
Har qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi firma yoki kompaniya o’z avtomobillarini sotish va ularga
servis xizmati ko’rsatish uchun “Diler” yoki “Distribyutor” bilan savdo shartnomasi tuzadi. Dunyo
avtoservisi amaliyotida avtomobillarga firma usulida xizmat ko’rsatishning quyidagi shakllari mavjud:
- avtomobilsozlik kompaniyalari o’z firmalari orqali servis xizmatini tashkil etish;
- shartnoma asosida ishlovchi asosiy sohasi boshqa bo’lgan firmalar yordamida servis xizmatini tashkil
etish (AYoQSH egalari–“British Petroleum”, “SHel”, “Esso”, sug’urta kompaniyalari va hokozolar);
- ixtisoslashgan olib sotuvchi firmalarning maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislari tomonidan
servis xizmatini tashkil etish (“Toyota” Yaponiya va boshqalar);
- avtomobillar sotuvchi agentlar tomonidan servis xizmat ko’rsatishni tashkil etish (“Reno” Frantsiya,
“Fiat” Italiya);
- avtomobillarning ayrim qismlari va tizimlarini ishlab chiqaruvchi firmalar tashkil etgan servisdan
foydalanish. Masalan, AQSHda dizel-motor ishlab chiqaruvchi firmalar “Katerpiller”, “Kammins”,
Germaniyada “Raba Man”, “Porshe”, Rossiyada “Russkiy dizelь” va hokozo.
Amalda avtomobilsozlik kompaniyalari firma usulida xizmatni tashkil etishning bir yoki bir necha
variantlardan iborat kombinatsiyalarni qo’llaydilar. Masalan, Frantsiyaning “Reno” firmasiga qarashli
avtomobillarga firma usulida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda 13 ming atrofida “Dilerlar” faoliyat
ko’rsatadi, Italiyaning “Fiat” kompaniyasida esa, ularning soni 11 mingni tashkil etadi.
O’zbekistonda ham firma usulida xizmat ko’rsatish shakllangan va oxirgi vaqtda tez suratlar bilan
rivojlanib bormoqda:
- sobiq ittifoq avtomobil zavodlarining “AvtoVAZ” “AvtoZAZ”, “Moskvich”, “AvtoGAZ”, “KamAZ”
servis xizmat ko’rsatish markazlari va boshqalar;
- xorijiy avtomobil kompaniyalarining “Toyota”, “Mersedes-Bents”, “Xunday” va boshqa firmalarning
servis xizmat ko’rsatish stantsiyalari;
- O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan “UzOtoyo’l”, “Isuzi”, “UzDEU avto”, “DjiEm Uz”
kompaniyalarining servis xizmat ko’rsatish markazlari.
“UzDEU avto” hissadorlik jamiyatining O’zbekiston ichki bozorida 45 ta kafolatli xizmat
ko’rsatuvchi dilerlari, tashqi bozorda esa 19 ta mintaqaviy korxonalari mavjud bo’lib, “DjiEm Uz” yopiq
hissadorlik jamiyati tashkil bo’lgandan so’ng ichki bozordagi dilerlar soni 2008 yilda yana 2 taga ortgan.
Ichki bozordagi eng katta dilerlarning 17 tasi “Avtotexxizmat” hissadorlik jamiyatiga birlashgan.


“DjiEm Uz” ning ichki bozorda diler korxonalarini tanlash mezonlarida [27] davogarlarga
quyidagi talablar qo’yilgan:
1. Korxonaning yuridik maqomi bo’yicha talablar. Unda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona
“yuridik shaxs” maqomiga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lib, mustaqil xo’jalik
yurituvchi korxona bo’lishi lozimligi ko’rsatib o’tilgan.
2. Korxonaning ishlab chiqarish texnika imkoniyatiga talablarda quyidagi asosiy hollar ko’rsatilgan:
- asosiy faoliyat sifatida avtoservis xizmati ko’rsatish sohasida 5 yildan kam bo’lmagan tajribaga ega
bo’lish;
- shaxsiy aylanma mablag’lar 500 mln. so’mdan kam bo’lmasligi;
- oxirgi 12 oy davomida korxonaning oylik tovar aylanmasi 100 mln. so’mdan kam bo’lmasligi;
- texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha pullik xizmatlar hajmi umumiy tovar aylanmasi hajmining 10 % dan
kam bo’lmasligi;
- avtosalonning namoyishlar zali (ixtisoslashgan avtomagazin) va “DjiEm Uz” YoHJ ning avtomobillari
va ehtiyot qismlarini sotishga mo’ljallangan maxsus shaxsiy maydonlari bo’lishligi.
3. Avtosalon (avtomarkaz) qurilishiga talablarda quyidagilar ta’kidlangan:
- avtosalonni qurishda “DjiEm Uzbekistan” tomonidan tasdiqlangan, “CHevrolet” talablari asosida
yaratilgan qurilish rejasi dasturi amal qilib olinishi lozimligi (2.11, 2.12-rasmlar);
- avtosalonning sotish binolariga bo’lgan 8 banddan iborat talablar keltirilib, unda bino va inshoatlarning
o’zaro o’rnashishi, tarkibi, jixozlanishlari va 4 postli texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasining ishlab
chiqarish bazasi va malakali servis xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar
bo’lishi lozimligi.
4. Namoyishlar zali, avtomobillar saqlash joyi, axborot aloqa vositalari va avtosalon xodimlariga
talablarda quyidagi asosiy hollar keltirilgan:
- diler “SHevrolet” tomonidan tasdiqlangan brendlar majmui (savdo belgisi, logotiplar, ko’rsatkichlar va
boshqalar) ishlatilishi va mebellar tanlanishi, binoning ichi rasmiylashtirilishi;
- mijozlar uchun qabulxonaning va kutish xonalarining jixozlanishi;
- ehtiyot qism va aksessuarlar saqlash va ularni sotish uchun maydon ajratilishi;
- diler “SHevrolet” tomonidan tavsiya etilgan axborot aloqa vositalari va dasturlaridan foydalanishi va
dasturlarning himoyasini kafolatlashi;
- diler kamida 2 ta “DjiEm Uzbekistan” YoHJda servis xizmati
ko’rsatish bo’yicha o’qitilgan mutaxassis va sotiladiga avtomobillar soniga
ko’ra 1 ta yoki 2 ta savdo maslahatchisini ishga olishi;
- avtomobillarni saqlash uchun qattiq qoplamali maxsus joylar ajratilgan bo’lishi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling