Avtotransport vositalari servisi asoslari
Avtoservisning me’yoriy hujjatlari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- UzDEU va xorijiy avtomobillarining servis xizmat ko’rsatish davriyligi va TXK ish hajmlari haqida ma’lumot
Avtoservisning me’yoriy hujjatlari
Avtomobillar servisida quyidagi me’yoriy hujjatlar mavjud: Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha qator davlat standartlari ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasining O’zDSt 1049:2003 standartida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha umumiy talablar keltirilgan. Ushbu standart avtomototransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatishga bo’lgan umumiy talablarni o’rnatadi, belgilangan muddatlarda va yetarli sifatli xizmatlarga foydalanishga, xizmatlar va ularni bajaruvchilar haqida ma’lumotlarni olishga foydalanuvchilarning huquqlarini o’rnatadi. Buyurtmalarni qabul qilish va rasmiylashtirish, foydalanuvchilar bilan hisob kitob qilish qoidalarini belgilaydi, bajaruvchilarning va foydalanuvchilarning vazifalarini va mulkiy javobgarligini o’rnatadi. Unda ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifati majburiy talablariga javob berishi lozim bo’lgan 20 dan ortiq davlat standartlar va ularning nomlari keltirilgan. 3-jadval.UzDEU va xorijiy avtomobillarining servis xizmat ko’rsatish davriyligi va TXK ish hajmlari haqida ma’lumot Avtoservis tarmog’i bo’yicha ishlab chiqilgan quyidagi Nizomlar asosida servis xizmati amalga oshirlmoqda: - “Avtomobil transporti xarakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom”; - “Fuqarolar avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom”; - “Avtomobillarga kafolatli texnik xizmat ko’rsatish to’g’risida Nizom”; - “«O’zavtotexxizmat» hissadorlik jamiyati korxonalarida yengil avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizom” va boshqalar. Avtomobilsozlik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llanilayotgan quyidagi me’yoriy hujjatlarni keltirish mumkin; - avtomobillarning har qaysi markalari bo’yicha “Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha zavod rahbariy Yo’riqnomasi”; - “Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish bo’yicha Yo’riqnoma”; - “Avtoservis ishlab chiqarishni tashkil etish Yo’riqnomasi”; - “UzDEU avto” hissadorlik jamiyatining Neksiya, Tiko, Damas, Matiz, Lasetti avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash vaqt me’yorlari; - GM Uz kompaniyasining servis xizmat ko’rsatish amallari bo’yicha ish hajmlari ma’lumotnomasi; - “Avtomobilning servis kitobchasi”; - “Ehtiyot qismlar katalogi” va boshqalar. Avtoservis korxonalari faoliyati bo’yicha quyidagi me’yoriy hujjatlarni keltirish mumkin: - “ATXKSda yengil avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash xizmatlarini ko’rsatish haqidagi Nizom”; - “Bajarilgan xizmatlar, ehtiyot qismlar va materiallar narxnomalari (preyskurantlari)”; - “Ta’mirlanadigan detallar, uzellar va agregatlarni mijozlardan qabul qilish va ulardan avtomobillarni ta’mirlashda foydalanish va hisob-kitob qilish to’g’risidagi Nizom”; - “Avtotexxizmat korxonalarida yengil avtomobillar kuzovlari va kuzov detallarini ta’mirlashga qabul qilish, ta’mirlash va egasiga topshirish haqida texnik talablar” va boshqalar. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling