Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «CHEVROLET LACETTI» avtomobiliga texnik xizmat ko’rsatish reglamenti
- 60 000 km da almashtiriladi: - atrof-muxit harorati 90°S
davriyligi.
Ba’zi xorijiy avtomobillar (Peugeot-206, Renault Megane, Skoda Oktavia) uchun esa, 120 ming km yo’l bosib o’tganda o’tkaziladigan servis xizmat ko’rsatishlar soni va almashtiriladigan 5-10 ta detal, uzel va avtoekspluatatsion suyuqliklari nomlari keltirilgan. Misol tariqasida 2.2-jadvalda “Lasetti” avtomobilining texnik xizmat ko’rsatish reglamenti keltirilgan. Undan ko’rinadiki, nazorat amallari umumiy amallarining 80-85 foizini, ijrochilik amallari (detal, uzel va avtoekspluatatsion materiallarni almashtirish) 15-20 foizini tashkil etadi. SHaxsiy avtomobil egalari kafolatdan keyingi davrda servis xizmat ko’rsatish bo’yicha davriylik va amallarni hamda ish hajmlarini o’z hohishlari bo’yicha tanlab olishlari mumkin, ammo ko’pchilik hollarda ular reglament tavsiyalariga rioya qiladilar. Ba’zi zavodlar avtomobil yoshiga qarab ish xajmining oshishini ko’zda tutadi. Masalan, VAZ da ish hajmini 5-8 yil ishlash davomiyligida – 10 %, 8 yildan ortig’ida – 20 % oshirish tavsiya qilinadi. Avtomobillar servisi bo’yicha TXK va JT me’yorlari “Fuqarolar avtomobillariga TXK va T haqidagi Nizomda keltirilgan, ammo unda har qaysi avtomobil bo’yicha ish hajmlari ko’rsatib o’tilmagan”. Avtomobilsozlik firmalari avtoservis ish hajmi me’yorlarini mijozlarga ko’p ham ma’lum qilavermaydilar TXK bo’yicha ish hajmi me’yorlari avtomobil markalari bo’yicha ayrim ma’lumotlarda keltirilgan “UzDEU avto” ning chiqargan avtomobillari bo’yicha ma’lumotlar “UzDEU avto hissadorlik jamiyatining Neksiya, Tiko, Damas, Matiz, Lasetti avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash vaqt me’yorlari”da [56] berilgan. Quyidagi (2.3 jadvalda Rossiyaning VAZ, Yaponiyaning Toyota va UzDEU avtomobillarining TXK ish hajmlari berilgan). Zavod tavsiyalarida odatda, joriy ta’mir ish hajmlari ko’rsatilmaydi. Bu esa, avtomobillar ishonchliligi umumiy bahosini (TXK va JT me’yorlari), ishlab chiqarish mintaqalaridagi postlarni, ustaxonalarning texnologik hisobini qiyinlashtiradi. Firmaviy avtoservisda texnik hujjatlarning but emasligi (ayniqsa avtomobil egalariga yetkazilmasligi), ishlash sharoiti hisobining sustligi, joriy ta’mir ish hajmining yo’qligi bu tizimning kamchiligi hisoblanadi. 2-jadval.«CHEVROLET LACETTI» avtomobiliga texnik xizmat ko’rsatish reglamenti Izoh: I - tekshirish, zarurat bo’lsa sozlash, ta’mirlash, tozalash yoki almashtirish. R - almashtirish. (1) Avtomobildan og’ir sharoitlarda ekspluatatsiya qilinganda (qisqa masofada qatnash, dvigatel uzoq vaqt davomida salt holatida ishlashi yoki changli joyda ekspluatatsiya qilinishi, -30°S dan quyi haroratda ekspluatatsiya qilinishi, sifatsiz yonilg’idan foydalanilganda) oldin sodir bo’lishiga qarab 5000 km yoki 3 oyda almashtirish amalga oshiriladi. (2) Avtomobil changli sharoitda ekspluatatsiya qilinganda unga qisqaroq mudatda texnik xizmat ko’rsatish talab qilinadi. (3) Ximmotologik kartaga qarang. Belgilar: I - tekshirish, zarurat bo’lsa sozlash, ta’mirlash, tozalash yoki almashtirish. R - almashtirish. (2) Avtomobil changli sharoitda ekspluatatsiya qilganda unga qisqaroq mudatda texnik xizmat ko’rsatish talab qilinadi. (3) Ximmotologik xaritaga qarang (4) Gidrouzatma (tormoz/ilashish muftasi) suyuqligi har 15 000 km da almashtiriladi, agar avtomobil quyidagi og’ir sharoitlarda ishlasa: - avtomobil tog’li yoki tepalikli joyda boshqarilsa; - tez-tez tirkama shatakka olinsa. (5) Avtomobil og’ir sharoitda ekspluatatsiya qilinganda unga qisqaroq mudatda texnik xizmat ko’rsatish talab qilinadi: qisqa masofada qatnaganda, uzoq vaqt turib qolganda, changli joyda ekspluatatsiya qilinganda va shahar sharoitda tez-tez to’xtab ishlaganda. (6) 1.8 DOHS rusumi (ZF 4HP16 avtomatik uzatmalar qutisi). Avtomobildan og’ir sharoitlarda foydalanilganda avtomat uzatmalar qutisi moyi har 60 000 km da almashtiriladi: - atrof-muxit harorati 90°S yoki undan yuqori tog’li sharoitda, yoki - tog’li yoki tepalikli joyda, yoki - tez-tez tirkama shatakka olinsa, yoki - avtomobildan taksi, militsiya mashinasi sifatida yoki yuk tashishda foydalanilganda. (7) Agar zarur bo’lsa, g’ildirak qayta o’rnatiladi yoki muvozanatlanadi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling