Avtotransport vositalari servisi asoslari


Sovitish tizimini joriy ta’mirlash


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Sovitish tizimini joriy ta’mirlash. Sovitish tizimining zichligi shikastlangan mis o’tkazgichlarni
kavsharlash, zarurat tug’ilsa almashtirish yo’li bilan ta’mirlanadi. Radiatorlarning ta’mirlashda, ularning
yaroqsiz holga kelgan o’tkazgichlarini 5% gacha berkitib qo’yilishga va 20% gacha yangisiga
almashtirilishiga ruxsat etiladi. Jez qorishmasidan tayyorlangan radiatorlarni kavsharlash qiyinchilik
tug’dirmaydi. Alyuminiy qorishmasidan tayyorlangan radiatorlarni kavsharlash juda mushkul. Buning
uchun diametri 3-5 mm li SVAK simi, 34A markali kavsharlash qotishmasi, F-34A markali kukunsimon
flyus ishlatiladi. Kavsharlashga tayyorlangan yuza 400-560
0
S haroratda alanga bilan qizdiriladi. Agar
yuza bir tekis qizdirilmasa, kavshar yuzaga bir tekis yoyilmaydi va qumoq-qumoq bo’lib qoladi. Amalda
kavsharlash yuzasini bir tekis qiziganligini aniqlash uchun yog’och sterjendan foydalaniladi. U bir tekis
qizdirilgan yuzaga tekkazilganda, ko’mirsimon tusga kiradi va yuzada qora iz qoldiradi. Radiatorni
avtomobilga o’rnatishdan avval 0,1 MPa bosim ostidagi siqilgan havo bilan 3-5 min mobaynida
tekshiriladi. Suv bilan tekshirilganda bosim 0,1-0,15 MPa ni tashkil etishi kerak.
Dvigatelning moylash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi.
Dvigatelning ishlash jarayonida, uning karteridagi moy sathi kamayib, sifati o’zgaradi. Bular dvigatelning
buzilishiga va boshqa nosozliklarni keltirib chiqarishga olib keladi. Dvigatelning ishlash jarayonida moy
sifati yomonlashishiga sabab, uni metall zarrachalari va yonilg’i qo’shilib ifloslanishi hamda
oksidlanishidir. SHuningdek, moyga uning moylash sifatini yaxshilovchi qo’shimchalarning miqdorini
moy tarkibida kamayib borishi, moy sifatini pasaytiradi.
Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar, metall zarrachalaridan iborat bo’lib, bular ikki
ishqalanuvchi sirtning bir-biriga nisbatan sirpanishidan hosil bo’ladi. Mineral aralashma (qum, chang)lar,
havo bilan moyga qo’shilib, uning moylash xususiyatini kamaytiradi. Moy tarkibida, mexanik
aralashmaning miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. SHu bilan birga havodagi kislorodning ta’siri bilan


moy oksidlanib qoladi va karterga tushib, qizigan va kirlangan moy bilan aralashib ketadi. Kislotalar
oksidlovchi modda hisoblanib, tsilindrlar devorini, porshen halqasining yemirilishida va zanglashga
uchrashida asosiy omil hisoblanadi. SHuningdek, bu modda podshipniklarda ishqalanishga qarshilik
ko’rsatuvchi muhit yaratadi. Smolalar esa porshenda va porshen halqasida loksimon qatlam hosil qiladi,
hamda ularni qo’zg’aluvchanligini keskin kamaytiradi. Mayda kolloid holda va erigan yoki quyqa
ko’rinishida karterga tushuvchi (qattiq aralashmalar, ya’ni: karbon, karboid va kokslar) moy kanallari va
naychalaridan o’tib (moy aylanib o’tishini sustlashtirib) ishqalanuvchi sirtga ta’sir etib, ularda qirilgan,
chizilgan yuzali (abraziv) yeyilish hosil qiladi. Karbyuratorli dvigatellarni sovuq holatda yurgizish
natijasida, tsilindrlar devori orqali, karterga benzin o’tib ketishi yoki reduktsion klapan plunjerining
yeyilishi, kirlanib qolishi va ochiq qolishi natijasida tizimdagi moy bosimi kamayib ketadi. Moy nasosi
reduktsion klapanining plunjeri yeyilib yoki kirlanib qolsa (berkilib qolib), tizimdagi moy bosimining
oshib ketishiga sabab bo’ladi. Tarkibida 4-6% dan oshiq yonilg’i bo’lgan moylar to’kib tashlanib,
yangisiga almashtiriladi.Dvigatel karterida moy sathining kamayishiga zichlikning buzilishi, moy
ushlagich va boshqa birikmalardan moyning sizib chiqishi va kuyishi sabab bo’ladi. Porshen halqasining
yeyilishi tufayli, yonish kamerasiga o’tib ketadigan moy, yonilg’i bilan qo’shilib, kuyib yonadi. Bundan
tashqari, dvigatelning ish jarayonida, mayin va dag’al moy filьtrlar ifloslanib qolib, moyni tozalash
qobiliyati kamayadi, buning natijasida tirsakli valning yelkalarini va vkladishlarini yeyilib ketishi
jadallashadi. Moylash tizimining nosozliklari quyidagilardan iborat:
- karterdagi moy sathi moy o’lchash shchupidagi "MIN" belgicidan kam;
- moyning bosimi tirsakli valning o’rtacha aylanishlar sonida 0,1-0,15MPa dan kam;
- dvigatelni salt ishlashida(500 ob/min) bosim 0,05MPa dan kam.
Bundan tashqari, moy tarkibiga yonilg’ining qo’shilib borishi moy qovushqoqligini va moy bosimining
kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Moyning sifati, hamda qorayib ketganligi, bosma qog’ozga tomizib
aniqlanadi. Bundan tashqari (jips mahkamlangan joyni bo’shab qolishidan), moy sizib oqsa hamda mayin
va dag’al filьtrlar tez-tez kirlanib qolsa, bu ham moylash tizimi nosozligidan darak beradi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling