Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
13-rasm. Klapanlarni tekshirish moslamasi: 1-
maxovik; 2-valcha; 3-ustuncha; 4-vtulka; 5- barmoq; 6-kronshteyn; 7-rolik; 8-markaz; 9- prizma; 10, 11-indikatorlar; 12-plita TSilindrlar kallagini maxsus jihozlar yoki chilangarlik dastgohida yuqorida keltirilgan moslamalar (10-rasm) yordamida yig’iladi. So’ngra agregatlarni ajralish yuzalarining shpilkalariga zichlagichlar o’rnatiladi va kiritish hamda chiqarish kollektorlari o’z joyiga mahkamlanadi. Yig’ilgan kallak tsilindrlar blokiga o’rnatiladi va biriktirish gaykalari belgilangan ketma-ketlikda mahkamlanadi. Moy filtri, tekshirish naychasi termostat, suv nasosi, yonilg’i nasosi, havo filtri bilan birgalikda karbyurator, kompressor, generator, starter va boshqa agregatlar dvigatelga yig’iladi. 14-rasm. Dvigatelni sinash jihozi: 1-sovitish suyuqligi baki; 2-dvigatel; 3-plita; 4-shkivlarning himoya g’ilofi; 5-sovitish tizimiga keluvchi suvni berkitish krani; 6-dvigatelning oldingi tayanchini mahkamlash gaykasi; 7- suyuq yonilg’i bilan ta’minlash krani; 8-ustunni qotirish gaykasi; 9-yonilg’i berkitish krani; 10-chiqarish quvurini mahkamlash gaykasi; 11-ustun; 12- dvigatelning orqa tayanchini mahkamlash bolti; 13-kardan valini himoya g’ilofi; 14-elektrodvigatel; 15-suyuqlikli reostat; 16-reostatni boshqarish ushlagichi; 17-elektrodvigatelni boshqarish tugmasi; 18-yuklanishni ko’rsatuvchi raqamli ko’rsatkich; 19- ogohlantirish lampasi; 20-taxometr; 21- moy harorati ko’rsatgichi; 22-suv harorati ko’rsatgichi; 23- manometr; 24-boshqarish pulti korpusi; 25-uzatmalar qutisi ushlagichi; 26-karbyuratordrosselini boshqarish tortqisi; 27-qo’l tormozi richagi; 28-ilshish muftasi tepkisi; 29-vodoprovod suvini berkitish krani. Dvigatel yig’ib bo’lingach uni chiniqtiriladi va sinovdan o’tkaziladi. Dvigatelni chiniqtirish va sinash ishlari maxsus sinash jihozi (14- rasm) yordamida uch bosqichda amalga oshiriladi: sovuq, yuklanishsiz issiq va yuklanish ostida issiq. Har bir bosqich ikki qismdan iborat. Masalan, sovuq holda chiniqtirish tirsakli valning 400-600 ayl/min aylanishlarsonida 15 min, so’ngra 800-1000 ayl/min da 20 minut o’tkaziladi. Yuklanishsiz issiq chiniqtirishda avval tirsakli val 1000-1200 ayl/min da 20 minut, so’ngra 1500-2000 ayl/min da 15 minut aylantiriladi. Issiq yuklanish ostida chiniqtirishda 11-15 kVt yuklanish beriladi va 25min tirsakli val 1600-2000 ayl/min tezlik bilan aylantiriladi. So’ngra 29-44 kVt yuklanish berilib, tirsakli val 2500-2800 ayl/min tezlikda 25 min aylantiriladi. Sovuq chiniqtirishda dvigatelning tirsakli vali elektrodvigatel-14 yordamida aylantiriladi. Bu davrda dvigatel barcha birikmalarining geometrik shakllari va ishchi yuzalarning holati o’zgaradi va uncha katta bo’lmagan yuklanishda ishlashga maslashadi. Yuklashinsiz issiq chiniqtirishda (dvigatel salt yurish tartibida ishlaydi) ishqalanish yuzalarini navbatdagi moslashishlari nazarda tutilgan. Bunday chiniqtirishdan maqsad dvigatelni foydalanish uchun tayyorlashdan iborat. Har bir turdagi avtomobil dvigateli uchun chiniqtirishning muqobil tartibi o’rnatilgan. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling