Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

5-rasm. Ananaviy tuzilishdagi VAZ, Tiko va Matiz
avtomobillari gaz taqsimlash mexanizmining issiqlik
tirqishini sozlash shakli. 1-koromislo; 2-sozlovchi vint;
3-kontrgayka.
Bu vaqtda mexanizmda hisobga olinmagan zarbli yuklanishlar hosil bo’ladi, natijada klapan va
taqsimlash valini foydalanib bo’lmaslik darajasigacha yeyilishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun
motor moyini almashtirish vaqtida, tsilindrlar kallagining qopqog’i taqsimlash vali biln birgalikda yechib
olinib, gidroitargichlar yechib olinishi va benzin yoki kerosinda yuvib tashlanishi zarur. Bu gidroitargich
ichidagi kirliklardan xalos bo’lishni ta’minlaydi.
KSHM va GTM larni ta’mirlash. Dvigatelni joriy ta’mirlashdagi eng asosiy va muhim ishlar
quyidagilardan iborat: porshen halqalari, porshenlarni, porshen barmoqlarini, o’zak va shatun bo’ynidagi
vkladishlarni (ta’mirlash o’lchamlariga moslab), blok qistirmasini almashtirish, klapanning egarini
silliqlash, so’ngra mahsus aralashma bilan artish, maxsus eritmalar bilan moy yo’llarini yuvish va
tozalash, reduktsion klapanni tozalash yoki almashtirish va boshqalardir. TSilindr bloki gilьzalarini
almashtirish ishlari uning pastki va yuqori qo’yim o’lchamlarining yeyilishi, darz ketishi, chuqurchalar
hosil bo’lishi natijasida bajariladi. SHu bilan birga hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan ko’pgina yengil
avtomobillarning gilьzalari tsilindr bloki bilan birgalikda quyma tarzida bo’ladi. Gilzalarning yeyilish
darajasi uning yuqori qismidan 5, 15, 50 va 90 mm chuqurlikda ikki perpendikulyar tekislik bo’yicha
nutromer asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun nutromer maxsus kolibr yordamida nolga
keltiriladi (6-rasm) va har bir tsilindrning o’lchamlari rasmda keltirilganidak aniqlanadi. Gilьzalarning
yeyilishi natijasida, o’lchamlar me’yoriy ko’rsatgichlardan farq qilib qoladi, shu bilan birga yeyilish
gilьza diametri bo’yicha notekis bo’ladi, bu holda ular yo’nish yo’li bilan keyingi o’lchamlarga keltiriladi
va porshen hamda uning halqalari gilьzaning yangi o’lcham guruhiga mos ravishda tanlab olinib
o’rnatiladi.
Porshenlarni almashtirish, uning etagida chuqurchalar hosil bo’lganda, tag qismi va kompression
halqa atrofidagi yuza qismi kuyganda, hamda halqalarni o’rnatish ariqchalari kengayib ketganda
bajariladi. Gilьzalarda yeyilish kam bo’lib, porshenlarda yuqorida keltirilgan kamchiliklar yuzaga
kelganda, dvigatelni avtomobildan yechmasdan turib, porshenlarni almashtirish mumkin. Bunda
karterdagi moy to’kib olinadi, karter va tsilindr bloki kallagini yechiladi, shatun boltlarining gaykasi
burab olinadi, shatunning pastki qopqog’i yechiladi va porshen shatun bilan birgalikda yuqori tomondan
sug’urib olinadi. Keyin porshen bobishkasidan press yordamida porshen barmoqlari yechib olinadi va
porshen shatundan ajratiladi. Kerak bo’lsa, shatunning yuqori qismidagi bronza vtulkasi ham press
yordamida yechib olinib almashtirilishi mumkin. Buning uchun porshen yassi shchup bilan birgalikda
yuqori qismi bilan tsilindrga kiritiladi.



Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling