Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

10-rasm. Porshen yig’masini tsilindrga o’rnatish:
1-tsilindr blokidagi gilьza; 2-moslama; 3-
porshenning shatun va halqalar bilan birgalikdagi
yig’masi
Tirsakli val vkladishlari, podshipniklar taqillaganda va reduktsion klapan hamda moy nasosi soz
bo’lib, tirsakli valning 500-600 aylmin tezligida magistralidagi moy bosimi 0,05 MPa dan kam bo’lganda
almashtiriladi. Vkladishlarni almashtirish, ular bilan tirsakli valdagi tayanch va shatun bo’yinlari
orasidagi tirqish me’yoridan ko’payib ketganda ham amalga oshiriladi. Avtomobil dvigatellarining turiga
qarab, tayanch bo’yni bilan vkladish orasidagi me’yoriy tirqish 0,026-0,12 mm, shatun bo’yni bilan
vkladish orasidagi me’yoriy tirqish esa 0,026-0,11 mm oralig’ida bo’ladi. Tirsakli val podshipniklaridagi
tirqish, nazorat qiluvchi jez plastinkalari yordamida aniqlanadi. Moylangan plastinka vkladish va val
bo’yni orasiga qo’yiladi, hamda qopqoq boltlari dinamometrik kalit yordamida har bir dvigatel uchun
belgilangan me’yoriy burovchi moment bilan tortiladi. (ZIL-130 dvigatelida tayanch podshipniklari 110-
130 Nm, shatun podshipniklari 70-80 Nm). Agar 0,025 mm li plastinka qo’yilganda tirsakli val juda bo’sh
aylansa, bu - tirqishning katta ekanligini ko’rsatadi. U holda tirsakli val bo’yni orasiga har biri 0,025
mmga qalinroq bo’lgan moylangan plastinkalar qo’yib borilib tirsakli val his qiluvchi kuch bilan
aylanadigan bo’lguncha davom ettiriladi va plastinkaning qalinligiga qarab kerakli o’lchamdagi
vkladishlar tanlanadi. Tirsakli val bo’yinlarining holati tekshirilgach (yuzada yeyilish va tirnalish izlari
bo’lmasligi kerak), tanlangan vkladishlar yuviladi, artiladi va motor moyi bilan moylanib joyiga
o’rnatiladi.
Tirsakli val shatun bo’ynining yeyilishi masalan: Isuzu avtomobilida 65.902-65.992 mm gacha,
chegaraviy qiymat esa 65.85 mm gacha bo’lishi mumkin. Tirsakli valning o’q bo’yicha siljishini sozlash
ishlari ko’pgina dvigatellarda tayanch shaybalarini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. ZMZ-53
dvigatellarida orqa tayanch shaybasi va tirsakli val orasidagi tirqish 0,075-0,175 mm, ZIL-130
dvigatellarida esa 0,075-0,245mm ni tashkil etadi. YaMZ va VAZ dvigatellarida esa, siljish (0,08-
0,23mm) yarim shaybalar yordamida sozlanadi. Isuzu avtomobilida tirsakli val erkin yo’li 0.104-0.205
mm bo’lib, chegaraviy qiymat 0,35 mm ni tashkil etadi.
Ekspluatatsiya jarayonida o’q bo’yicha siljish kattalashib boradi, shuning uchun ta’mirlashda
shayba va yarim shaybalarning qalinligi, keyingi ta’mirlash o’lchamdagisidan foydalaniladi. Blok
kallagining asosiy nosozliklariga blok bilan birlashuvchi yuza qatlamidagi darz ketish, sovitish
ko’ylagidagi darz ketish, klapan yo’naltiruvchisi teshiklarining yeyilishi, klapan o’rindiqlari faskasining
yeyilishi va unda chuqurchalar hosil bo’lishi, klapan o’rindig’ini presslangan yeridan bo’shashib ketishi
misol bo’la oladi. Kallak birikmasini ta’mirlash uchun uni bo’laklarga ajratish muhim o’rin tutadi. Sifatli
bo’laklarga ajratish detallarni ishdan chiqishini oldini oladi. SHuning uchun bo’laklarga ajratishda
maxsus yechgichlardan foydalaniladi(7.24-rasm).
Alyumindan tayyorlangan tsilindr kallagi yuzasidagi 150 mm gacha uzunlikda bo’lgan yoriqlar
payvandlanadi, payvandlashdan avval yoriqning ikki tomonidan 4 mm diametrda teshik teshiladi. Keyin
kallak elektropech yordamida 200 S gacha qizdiriladi, undan so’ng yoriq temir cho’tka bilan tozalanadi
va payvandlanadi. Sovitish ko’ylagi yuzasida uzunligi 150 mm gacha bo’lgan yoriqlar epoksid yelimi
yordamida yelimlanadi. Yelimlashdan avval yoriqqa xuddi payvandlashdan avvalgidek ishlov beriladi,
atseton bilan moysizlantiriladi, ikki qatlam alyumin kukunlari aralashtirilgan epoksid yelimi surtiladi va
18-20 S haroratda 48 soat ushlab turiladi. Alyumindan tayyorlangan tsilindr kallagi yuzasidagi 150 mm
gacha uzunlikda bo’lgan yoriqlar payvandlanadi, payvandlashdan avval yoriqning ikki tomonidan 4 mm
diametrda teshik teshiladi. Keyin kallak elektropech yordamida 200 S gacha qizdiriladi, undan so’ng


yoriq temir cho’tka bilan tozalanadi va payvandlanadi. Sovitish ko’ylagi yuzasida uzunligi 150 mm gacha
bo’lgan yoriqlar epoksid yelimi yordamida yelimlanadi. Yelimlashdan avval
yoriqqa xuddi payvandlashdan avvalgidek ishlov beriladi, atseton bilan moysizlantiriladi, ikki qatlam
alyumin kukunlari aralashtirilgan epoksid yelimi surtiladi va 18-20 S haroratda 48 soat ushlab turiladi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling