Avtotransport vositalari servisi asoslari
KSHM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
KSHM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish. Dvigatelning buzilishi va unda hosil bo’luvchi
nosozliklarini oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar kompleksi bajariladi. Bu diagnostikalash, KXK va davriy TXK davridagi dvigatel bo’yicha bajariladigan diagnostikalash, maxkamlash, sozlash va moylash ishlari hisoblanadi. SHu jumladan zamonaviy yengil avtomobillar uchun ham shu maqsadda davriy servis xizmat ko’rsatish ishlarini bajarishda yuqorida keltirilgan amallar bajariladi. Xizmat ko’rsatish davrida asosiy e’tibor mahkamlash va nazorat-sozlash ishlariga qaratiladi. Maxkamlash ishlarini bajarishdan maqsad dvigatel birikmalarini (dvigatelning rama tayanchiga, tsilindr kallagi va karterni tsilindrlar blokiga va h.k.) zichligini tekshirishdan iborat. Gaz va sovitish suyuqligining chiqib ketmasligini oldini olish uchun, tsilindr kallagining blokka maxkamlash momenti tekshiriladi. Bu vazifa avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavod ko’rsatmasiga binoan belgilangan ketma- ketlikda(3-rasm), hamda me’yoriy burash momentida dinamometrik kalitdan, avtochilangar asboblari to’plamlaridan foydalanilanib bajariladi. CHo’yan kallaklar issiq holatda, alyumin kallaklar esa sovuq holatda mahkamlanadi. 3-rasm. Neksiya SONS-dvigatellarining tsilindr kallaklari gaykalarini mahkamlash ketma-ketligi Dvigatellarda KSHM va GTM bo’yicha sozlash ishlari klapan sterjenining yuqori qismi bilan turtgichlar yoki karomislolar oralig’idagi tirqishni sozlash, dvigatel tayanchining rama bilan birikmasini qotirish, tsilindrlar kallagi va karterni tsilindr bloki bilan birgalikda qotirish ishlaridan iborat bo’lib, diagnostikalash ishlari natijasiga ko’ra bajariladi. Klapan tirqishlarini sozlash ishlari davriy TXK da yoki zaruratga ko’ra bajarilib, GTMning ravon ishlashini ta’minlaydi, gaz taqsimlash jarayonini me’yorlaydi, tsilindrlarning yonilg’i aralashmasi bilan to’lishini ta’minlaydi, bular o’z navbatida dvigatelning quvvatini va kompressiyaning oshishiga imkon yaratadi. TSilindr, tsilindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexanizmidagi boshqa detallar dvigatelni isishiga qarab 80-150°S gacha, klapanlar esa 300-600°S gacha qiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik tirqishi kamayadi, bu esa detallarni issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishiga, klapanlarni o’z uyalariga zich o’tirmasligiga olib keladi. Dvigatel ishlaganda, chiqarish klapanida issiqlik tirqishi haddan ziyod kichik bo’lsa, tarelka o’ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo’ladi, klapan egari yumshab, gazlar chiqib ketishi oqibatida uning yeyilishi tezlashadi. Ikkinchidan yuqori harorat ta’sirida klapanlar ishlashida kuchli taqillashlar paydo bo’ladi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan yeyila boshlaydi. Issiqlik tirqishi, odatda, po’lat shchup yordami bilan 20-25°S haroratda aniqlanadi (4 -rasm). 4-rasm. Gaz taqsimlash mexanizmlaridagi issiqlik tirqishini rostlash va shchup bilan tekshirish shakli: a- rostlash vinti va klapan tirqishi oralig’i, b-kulachok va turtkich usti sozlash shaybasi oralig’i, v-klapan o’zagi va karamislo tumshug’i oralig’i. 1-shchup, 2-rostlashvinti, 3- klapan qalpog’i, 4-ariqcha, 5-kulachok, 6-kirgizma, 7- turtkich, 8-gayka, 9-buragich, A-eyilishni e’tiborga olgandagi shayba qalinligi, B-shayba qalinligi, V-issiqlik tirqishi. Buning uchun porshen siqish taktida tsilindrdagi yuqori chekka nuqtaga keltiriladi va birinchi tsilindrga tegishli klapanlar bilan koromislo orasidagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi va zarur bo’lsa sozlanadi, qolgan klapanlar va koromislolar orasidagi tirqish esa, tsilindrlarning ishlash ketma-ketligi bo’yicha bajariladi. Klapanning issiqlik tirqishini sozlashda quyidagilarni ham e’tiborga olish zarur, tutashuvchi sirtlarning yeyilishi hisobiga ariqcha (4) hosil bo’ladi va u o’lchash jarayonida shchup ostida qoladi. Natijada haqiqiy tirqish shchup bilan o’lchangan tirqishdan katta bo’ladi. SHuning uchun yuritma richagini klapan bilan tutashadigan zonasidagi yo’lini o’lchash uchun indikatordan foydalangan ma’qul. Ko’pgina avtomobillarda (5-rasm), taqsimlash vali kulachoklari bilan 1-koromislo orasidagi tirqishni sozlash 2-sozlovchi vintni burash bilan bajariladi, so’ngra 3-chegaralovchi gayka bilan chegaralanadi. Zamonaviy Neksiya, Espero va shunga o’xshash dvigatellar GTM tuzilishlarida gidrokompensatorlarning paydo bo’lishi klapan mexanizmida tirqish sozlanishini avtomatik ravishda ta’minlaydi, ammo gidrokompensatorlar moyning sifati va uni tozalanish darajasiga judayam sezgirdirlar. Moyning kokslanishi, yeyilgan va yemirilgan detallarning zarrachalari gidroitargichni qotib qolishiga sabab bo’ladi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling