Avtotransport vositalari servisi asoslari


KSHM va GTM lar bo’yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

KSHM va GTM lar bo’yicha tekshiruv nazorat va diagnostika ishlari. Dvigatel bo’yicha
nosozliklar va buzilishlarning asosiy qismi GTM va KSHM zimmasiga tushadi, hamda bajariladigan ish
hajmining yarmidan ortig’i shu nosozlik va buzilishlarni bartaraf etishga sarflanadi. Ko’rsatilgan
mexanizmlarni diagnostikalash, ularning diagnostika ko’rsatkichlarini aniqlashdan iborat bo’lib, bu ishlar
dvigatelni bo’laklarga ajratmasdan turib bajariladi.
Porshenni yuqori qismi zichligi bo’yicha diagnostikalash ishlari uning kompressiyasini, karterga
o’tuvchi gazlar miqdorini, moyning kamayishini, kiritish taktidagi havoning siyrakligi, siqilgan havo
tsilindrga yuborilganda, uning bosimi pasayishini aniqlashdan iboratdir.
Dvigatel kompressiyasi bo’yicha- bu ish tirsakli valni akkumulyator batareyasi tirsakli valni
aylantira olish chastotasida tsilindrda hosil bo’ladigan bosimni aniqlashdan iborat. Kompressiyani
aniqlash qizdirilgan dvigatelda va maxsus jihozlar yordamida (1-rasm) bajariladi. Dvigatellarning turiga
qarab bu ko’rsatkich, karbyuratorli dvigatellar uchun 0.44-12 MPa ni, dizel dvigatellari uchun kami bilan
2 MPa ni tashkil qiladi. Kompressiya, kompressometr yoki kompressograf yordamida, o’t oldirish
chaqmog’i (chaqmoq) yoki forsunka o’rnida aniqlanadi (bu ko’rsatkich me’yordan 30-40 % dan kam
bo’lmasligi kerak).
s)
1-rasm. Manometrli(a) va o’zi yozuvchi(b)
kompressometrlar hamda Isuzu avtomobili
dvigatelining kompressiyasini o’lchash shakli(s).
Moyning kamayishi bo’yicha avtomobilni ekspluatatsiya qilish davrida moy sathi me’yorigacha
to’ldirish yo’li bilan aniqlanadi. Moyning kamayishi halqalarni yeyilishi va klapanlar zichligini buzilishi


natijasida sodir bo’ladi. Moy sathi me’yoridan kamayishi yoki ko’payishi dvigateldan chiqadigan
gazlarning rangini o’zgarishiga olib keladi.
Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, u avtomobil ekspulatatsiyasi bilan bog’liq bo’lib, faqat
halqalarning yeyilishi bilangina emas, balki klapan vtulkalarining yeyilishi va zichlikni buzilishi
oqibatida ham bo’lishi mumkin.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling