Avtotransport vositalari servisi asoslari


Avtomobillarni zanglashdan himoyalash


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Avtomobillarni zanglashdan himoyalash. Iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda avtotransport
vositalarining zanglashiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillarga, havo harorati va namligi, tuman va havo
tarkibidagi tuzlarni mavjudligi kiradi. Avtomobillarni yopiq inshootlarda saqlash davomida shamollatish
tizimini mukammal ishlashiga e’tibor qaratilishi zarur. Aks holda zanglashning jadallashishiga sabab
bo’lishi mumkin. Bizning respublikamizda avtotransport vositalari, ayniqsa qishloq joylarida og’ir


ekstremal sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadi va saqlanadi. Izlanishlarning ko’rsatishicha, paxtachilikda
qullaniladigan meneral o’g’itlar, gerbitsidlar va defolyantlar transport vositalarining kuzovlari va boshqa
qismlariga iqlim sharoitlariga qaraganda ko’proq zarar yetkazadi. Atrof muhitni ayniqsa shaharlarda,
ifloslanishning ko’payishi, havo tarkibidagi agressiv kimyoviy moddalarni oshib ketishiga, bu esa o’z
navbatida avtomobillarda zanglashni tezlashishiga va havo tarkibidagi agressiv kimyoviy moddalar ko’p
joylarda 2-2,5 barobarga oshib ketishiga olib keladi. Har xil mamalakatlar metrologik xizmatlarining
ma’lumotlariga ko’ra, atmosfera oltingugurt ikki oksidi bilan ko’proq ifloslanmoqda, bu o’z navbatida
havodagi namlik bilan qo’shilib sulьfid kislotasini hosil qiladi. Bu kislota mashinalar detallariga(ayniqsa
kuzovga tegishli) o’tirib zanglashni tezlashtiradi.
SHaharlarda qish paytlari sirpanishning oldini olish uchun yo’llarga sepiladigan tuzlar ham
zanglashni kuchaytiradi. Avtomobillar detallarining zanglashining umumiy hajmida elektrokimyoviy
zanglash, zanglash tezligi kattaligi bilan muhim o’rin tutadi. U metall yuzalardagi elektr tokini
o’tkazadigan elektrolitni (tuzlar, kislotalar va ishqorlarni suvdagi eritmasi) hosil bo’lishi
natijasida paydo bo’ladi.
Avtomobillarning barcha tashqi va ichki detallari zanglashga uchrashi mumkin. Kuzov
detallarining yupqa (0.5-1.2 mm) po’latdan tayyorlanishi va faqat ozgina qalinlikdagi gruntovka bilan
himoyalanganligi, ularda 2-2,5 yilgi ekspluatatsiyadan keyin zanglash natijasida ishdan chiqqan joylarini
paydo bo’lishiga olib keladi. Avtotransport vositalarini zanglashdan saqlash uchun birinchidan uni oldini
olish, ikkinchidan avtomobillarni zararli muhit ta’siridan, ya’ni zanglashdan himoyalash bo’yicha barcha
tadbirlarni amalga oshirish kerak. Albatta zanglashni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo’qotish maqsadga
muvofiq, lekin buni qisman amalga oshirish mumkin. Iqlim ta’sirini oldini olish asosan avtomobillarni
yopiq joylarda, shamollatishini yaxshi tashkil qilish bilan amalga oshiriladi. Zararli moddalar ta’sirini
kamaytirish borasida, esa qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlarni zararsizlaridan foydalanish yo’li
bilan maqsadga erishiladi. Lekin bu masala kelajakda hal qilinishi mumkin xolos. Avtotransport
vositalarini loyihalashda va ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallarni to’g’ri tanlash va ijobiy
konstruktiv ishlamalar bilan zanglashni kamaytirish mumkin. Masalan, avtomobillar kuzovlarini
tayyorlashda ruhlangan po’latlardan foydalanilmoqda. Bu uslub "Ford" (AqSH), "Sitroen" (Frantsiya),
"Deymler-Bents" (GFR) firmalari tamonidan ishlab chiqarishda qo’llanilmoqda. SHu bilan birga
kuzovlarni detallarini loyihalashda har-hil iflosliklar va namlik yig’iladigan «cho’ntak» joylarni mumkin
qadar kamaytirish, tarkibida agressiv moddalar kam bo’lgan yonilg’i moy mahsulotlaridan foydalanish
lozim.
Keyingi yillarda avtomobillarni ekspluatatsiya va ta’mirlash davrida zararli muhit ta’siridan
himoyalash keng qo’llanilmoqda. Avtomobillarning tashqi qismini himoyalash uchun, ular yuzasiga
zanglashga qarshi yupqa plyonka material qoplanmoqda. Buning uchun asosan quyidagi materiallar:
plastik moy (PVK (GOST 19537-74), VTV-1 (TU 38181180-78), UNZ po TU 38001277-76), mastikai
(mastika № 579, № 580, BMP-1, №4010) va konservatsiya moyi qullanadi. Zanglashga qarshi plyonka
detallarni zanglashdan saqlash bilan birga, shovqinni ham kamaytirishga yordam beradi.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling