Avtotransport vositalari servisi asoslari
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
11-rasm. TSilindr kallaklarini bo’laklarga ajratish shakli: 1-klapan birikmasini yechish moslamasi; 2-
klapanlarni harakatini chegaralovchi taglik Hozirgi vaqtda kallak va tsilindrlar bloki yoriqlarini yamash uchun “kempi” va “argon” payvandlash turlaridan ko’proq foydalanilmoqda. Bu usullardan foydalanish ta’mirlash vaqtini tejashga imkon beradi. Kallakni tsilindrlar bloki bilan tutashish joyidagi o’yilish va chuqurliklarni frezalash yoki silliqlash yo’li bilan ta’mirlanadi. Ishlov berilgan kallak nazorat plitasida tekshiriladi. Bunda 0,15 mm li shup plita va kallak orasidan o’tmasligi kerak. Yo’naltiruvchi vtulkalarning teshigi yedirilgan bo’lsa, yangisiga almashtiriladi. Almashtirishda gidravlik press va maxsus moslama ishlatiladi. Klapan faskalarining yeyilishi va o’yilishi, tozalash yoki silliqlash yo’li bilan bartaraf qilinadi. Tozalash ishlari uchiga klapanni o’ziga majburan tortib turadigan «so’rg’ich» o’rnatilgan pnevmatik drel yordamida bajariladi. Klapanlarni tozalashda, tozalash pastalaridan (15 gramm M20 yoki M12 elektrokorund kukuni, 15 gr. M40 bor karbidi va motor moyi aralashmasi) va GOI pastasidan foydalaniladi. Tozalangan klapan va uning egarida aylana bo’ylab a - 1,5 mm kenglikda xira iz hosil bo’ladi. Tozalangan yuza sifatini klapanning yuqori qismida bosim hosil qiluvchi asbob yordamida ham tekshirish mumkin. 0,07 MPa ga yetgan bosim 1 min. ichida sezilarli darajada tushib ketmasligi kerak. Agar klapan egarlarining faskasini tozalash yo’li bilan tiklab bo’lmasa, u holda yuza yo’nish yo’li bilan ta’mirlanadi. Yo’nish 15, 30, 45, 75-li yo’nuvchi asboblar yordamida bajariladi. 30 li asbob kirituvchi klapan egarlari uchun, 45-li asbob chiqaruvchi klapan egarlari uchun mo’ljallangan. Yo’nishdan so’ng faska siliqlanadi va tozalanadi. 12-rasm. Klapan egarini almashtirish shakli: a-echgich yordamida egarni yechish; b-egarni qoqish; 1- echgich korpusi; 2-gayka; 3-shayba; 4-vint; 5-uch ushlagichli gayka; 6-tortish prujinasi; 7-ushlagich konusi; 8-echgich ushlagichi; 9, 12-o’rnatilgan egarlar; 10-tsilindrlar kallagi; 11-qoqqich Klapan egari o’yilib ketgan yoki bo’shab qolgan bo’lsa, maxsus yechgich yordamida chiqarib olinadi (12a-rasm), teshik esa ta’mirlash o’lchamiga moslab kengaytiriladi. Ta’mirlash o’lchami bo’yicha tanlab olingan klapan egari maxsus presslagich yordamida qoqiladi(12b-rasm) . Klapanlarning asosiy nosozliklari ularning faskasini yeyilishi, klapan sterjenini yeyilishi va egilishidan iborat. Klapanlarni saralashda, ularning to’g’riligi va ishchi faskalarini sterjenga nisbatan notekisligi aniqlanadi (13-rasm). Nazorat indikatorlar(10, 11) yordamida bajariladi. Klapan sterjeni va ishchi faskasining ruxsat etilgan tebranishi texnik shartlarda nazarda tutilgan. Me’yoridan yuqori tebranish hosil bo’lsa, klapan sterjeni to’g’rilanadi. Sterjen tag qismining notekis yeyilishi charx yordamida tekislanadi. Klapan faskasi maxsus charxlash jihozida silliqlanadi. Klapan turtkichlarining yoysimon va tsilindrsimon yuzalari yeyiladi. Uning sterjenini silliqlab, keyingi ta’mirlash o’lchamiga keltirish yo’li bilan tiklanadi. SHayin(koromislo)ning yeyilgan bronza vtulkalari yangisiga almashtirilib, uning ichki diametri ta’mirlash yoki me’yoriy o’lchamlarga keltiriladi. Yangi vtulkalar qo’yilganda, moyning o’tishi uchun teshiklar teshiladi. Detallarni tiklovchi maxsus ustaxonalari bo’lgan katta ASK lar va avtomarkazlarda tirsakli va gaz taqsimlovchi vallar ta’mirlanadi. Tirsakli valning yedirilgan tayanch va shatun o’rnatuvchi bo’yinlari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo’yinlari silliqlash jihozlari yordamida ta’mirlash o’lchamlariga keltiriladi. Silliqlashdan so’ng tirsakli va gaz taqsimlash valining bo’yinlari abraziv lentasi yoki GOI pastasi yordamida tozalanadi. Gaz taqsimlash valining yedirilgan mushtchalariga maxsus silliqlash jihozlari yordamida ishlov beriladi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling