Avtotransport vositalari servisi asoslari
Gazlarning karterga o’tishi
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiritish taktidagi havo siyrakligi
- Siqilgan havoning tsilindrdan chiqib ketishi
- SHovqin va tebranishlar
Gazlarning karterga o’tishi tsilindr-porshen guruhi (TSPG) detallarini yeyilishiga bog’liq bo’lib,
ish jarayonida ko’payib boradi. Gazning hajmi, diagnostikalash jihozi yordamida, yuklanish va eng katta burovchi momentda aniqlanadi. U gaz schetchigi yordamida aniqlanib, moy o’lchash tayoqchasi o’rniga ulanadi va ma’lum vaqt ichida karterga o’tgan gaz miqdori aniqlanadi. Kiritish taktidagi havo siyrakligi havo to’ldirish tezligiga, kompressiyaga, havo tozalagich karshiligiga, klapanlarning egarida to’liq o’tirmasligiga va ish jarayonining notekis borishiga bog’liq bo’ladi. SHuning uchun havoning siyrakligi va uning doimiyligi dvigatelni texnik holatini xarakterlaydi. Havoning siyrakligi vakkummetr yordamida, kiritish kollektori orqali aniqlanadi. Dvigatel mexanizmlarini holatini aniqlash, ta’minot va o’t oldirish tizimlari sozlangandan so’ng bajariladi. Dvigatelning soz holida, uni starter bilan aylantirganda ko’rsatgich 0.5-0.57 MPa ni, hamda salt yurishda 0.64-0.745 MPa ni tashkil etishi va bu ko’rsatgich o’zgarmay turishi kerak. Siqilgan havoning tsilindrdan chiqib ketishi bo’yicha: bu vaqtda porshen yuqori yoki pastki chekka nuqtada bo’lib, klapanlar berkilgan holatda bo’ladi, diagnostikalash natijasida porshen halqalarining yeyilganligini, ular egiluvchanligining yo’qolganligi, singan yoki qurum bosib qolganligini, tsilindrning yeyilganligini, klapanlar va porshenlar hamda tsilindr bloki va kallagi zichligi buzilganligini aniqlash mumkin. Dvigatel holati K-69M pribori yordamida, chaqmoq yoki forsunka o’rnida tsilindirga yuborilgan havoning sarfini monometr yordamida aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi. SHovqin va tebranishlar bo’yicha: mexanizmlarning ishlashi jarayonida tebranish va shovqin hosil bo’ladi. Bu shovqinlar chastotasi balandligi va fazasi mahsus asbob yordamida aniqlanadi va etalon ko’rsatgich bilan solishtirib texnik holat aniqlanadi. Dvigatelga eshitish nuqtalari orqali trubkasimon stetoskop yordamida diagnoz qo’yish 2-rasmda keltirilgan. 2-rasm. Dvigatelga eshitish nuqtalari(a) orqali trubkasimon stetoskop(b) yordamida diagnoz qo’yish: a- shakl: 1-klapan qismi; 2-porshen; 3-itargichlar; 4-taqsimlash shesternyalari; b-shakl: 1- naycha (sterjen); 2-membrana; 3-rezina trubkalar; 4-quloq eshitgichlari. Karterdagi moyning ko’rsatgichlari bo’yicha: dvigatel detallarining yeyilishi, havo va moy filьtrining ishlash sifati, sovitish tizimining zichligi, hamda moyning yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi. Buning uchun vaqti-vaqti bilan karterdagi moydan namuna olib turish, uning qovushqoqligini, tarkibidagi suv, kremniy va yedirilgan mahsulotlar miqdorini aniqlab turish kerak. Moydagi metall mahsulotlari miqdori bilan birikmalarning texnik holati aniqlanadi. Kremniy miqdorining oshishi - havo tozalagichlarning nosozligini, suvning paydo bo’lishi - sovitish tizimining nosozligini, qovushqoqlikning kamayishi -moyning yaroqsiz holga kelib qolganligini ko’rsatadi. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling