Avtotransport vositalari servisi asoslari
Avtoservis sifatini belgilovchi va kafolatlovchi qonunlar, standartlar, havfsizlik va ekologik talablar
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
Avtoservis sifatini belgilovchi va kafolatlovchi qonunlar, standartlar, havfsizlik va ekologik talablar
Avtoservis sifatiga mijozlar qo’yadigan talablar davlat qonunlarida aks ettirilsa, ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi. Avtomobillar servisi sifatini ta’minlovchi quyidagi huquqiy- me’yoriy hujjatlar mavjud: - davlat qonunlari va standartlari; - tarmoq, muassasalar standartlari, qoidalari va talablari (DStlar, nizomlar, qo’llanmalar va xakozolar); - xizmat ko’rsatuvchi korxonalar standartlari; Avtoservis sifati haqida quyidagi qonunlar va davlat standartlari mavjud: - “O’zbekiston Respublikasining yo’l harakati xavfsizligi haqidagi qonun” (1999 yil); - “Iste’molchilarning huquqini himoya qilish to’g’risida”gi qonun (1996 yil); - “Tovarlar va xizmatlarni sertifikatsiya qilish to’g’risida”gi qonun; - O’zbekiston Respublikasining standarti O’zDSt 1049:2003 “O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Avtomototransport vositalariga texnik qarov va ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatishga bo’lgan umumiy talablar”. Ushbu standart avtomototransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatishga bo’lgan umumiy talablarni, belgilangan muddatlarda va yetarli sifatli xizmatlardan foydalanishga, xizmatlar va ularni bajaruvchilar haqida ma’lumotlarni olishga foydalanuvchilarning huquqlarini o’rnatadi, buyurtmalarni qabul qilish va rasmiylashtirish, foydalanuvchilar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi, bajaruvchilarning va foydalanuvchilarning vazifalarini va mulkiy javobgarligini o’rnatadi. Unda texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlarning nomlari va ularni bajarish borasida qo’yiladigan talablarni belgilovchi 20 dan ortiq davlat standartlari keltirilgan. SHuni ta’kidlash lozimki, avtomobil ishlab chiqarishdagi ayrim amallarni bajarishga qo’yiladigan talablarga tegishli standartlar (ularning soni 70 dan ortiq) va texnik shartlarining ko’pchiligi avtomobillarga servis xizmati ko’rsatishda ham qo’llaniladi. O’zbek standarti O’z Dst 1057:2004 “Avtotransport vositalari. Texnik holat bo’yicha xavfsizlik talablari” umumiy foydalanish avtomobil yo’llarida harakatlanadigan, ekspluatatsiyadagi yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar va avtopoezdlarga mo’ljallangan. Standartda avtotransport vositalari (ATV) ning texnik holati bo’yicha xavfsizlik talablari, ATV va uning yo’l xarakati xavfsizligi (YHX) ni va atrof muhit muhofazasini ta’minlovchi qismlarining oxirgi holat parametrlari qiymatlari o’rnatilgan. O’zR Davlat standarti O’z Dst 1058:2004 “Avtotransport vositalari. Texnik ko’rik. Nazorat usullari” umumiy foydalanish avtomobil yo’llarida ekspluatatsiya qilinadigan yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar va avtopoezdlarga talluqlidir. Mazkur standart ATVning YXH, atrof muhitni muhofazasini ta’minlovchi element, birikma va tizimlari texnik holatini nazorat qilish usullarini va ATVni ekspluatatsiya qilishga ruxsat etilmaydigan mezonlarini o’rnatadi. Tarmoq, muassasalar standartlari, qoidalari va talablari quyidagi hujjatlarda o’z aksini topgan: - “Avtomobil transporti xarakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom”; - “Fuqarolar avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom”; - “Avtomobillarga kafolatli texnik xizmat ko’rsatish to’g’risida Nizom”; - “«O’zavtotexxizmat» hissadorlik jamiyati korxonalarida yengil avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizom” va boshqalar. Xizmat ko’rsatuvchi korxonalar standartlari: - “«Avtotexxizmat» Toshkent hududiy ochiq hissadorlik jamiyati korxonalarida yengil avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizom”. Nizomda avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasi (ATXKS)da bajariladigan ishlar va xizmatlarning taxminiy ro’yxati, buyurtmani rasmiylashtirish, qabul qilinayotgan va egasiga qaytarilayotgan avtomobillarga bo’lgan umumiy talablar keltirilgan (8.1, 8.2-rasmlar); - “Korxonalar sifat tizimi standarti”. Bu standart iste’molchilarning mahsulot sifatiga bo’lgan talabini qondirilganlik darajasini baholovchi samarali uslubni o’rnatish, iste’molchilarni kompaniya mahsulotlari va dilerlar hizmatlari bilan qondirilganlik darajasini oshirish uchun dilerlar bajargan xizmatlar sifati ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi. 1-rasm. Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirga qabul qilish bo’yicha buyurtmachi arizasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling